Bo‘dum erdi o‘qteg, ko‘ngul erdi ya,
Ko‘ngul qilg‘u o‘qteg, bo‘dum bo‘ldi ya.
Mazmuni:
Qaddim o‘qteg (to‘g‘ri), ko‘nglim esa yoy (dek shay) edi,
Ko‘ngil orzulari hanuz o‘qdek, (lekin) qaddim yoy bo‘ldi.
Shoir bu yerda yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida o‘qqa, ko‘ngilni esa yoyga tashbeh beradi, ammo yigitlikqarilik bilan o‘rin almashgach, keksa dil orzulari hamon ilgarigiday
jo‘shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda ifodalamoqda. Qadningyoyga o‘xshatilishizamirida qahramonning mashaqqatli hayot girdobida qolganiga ishora yotadi.Yana shunisi diqqatga sazovorki, adib qo‘llagan bu tashbeh keyinchalik turkiyadabiyotda, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham an’anaviy obrazga aylanib qoldi. Yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga,yigitlikni arg‘umoqqa, bilimni kimyoga, so‘zni zahar yo shakarga,ko‘ngilni dengizga, shishaga, bilimni mash’alga, zolim amaldorlarni bo‘riga, xalqni qo‘yga va bekni qo‘ychivongao‘xshatish ham ana shunday yozma adabiyotda an’anaga
aylangan obrazlar silsilasiga mansub. Ijodkorning har bir obrazi o‘ziga xos «yuk» ko‘tarib turadi.
Ular shoirning badiiy maqsadiga san’atkorona bo‘ysundirilgan:
Kur arslonga o‘xshar bu beklar o‘zi,
Bushursa kesar bosh, e bilgi yaruq.
Mazmuni:
Beklar – bu jur’atli arslonga o‘xshaydi,
G‘azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli.
Ko‘rinib turganiday, bu yerda beklar dastlab dovyurak arslonga o‘xshatilsa-da, ularning asl qiyofasi keyingi misrada fosh etiladi. Bu toifaning «bosh kesish»i ochiqdanochiq ko‘rsatib o‘tiladi. Demak, bu yerda arslonning jur’ati, dovyurakligi emas, balki uning vahshiyligi, yovuzligi e’tiborga olingan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Yusuf Xos Hojib qo’llagan she’r san’atlarini aniqlang.
Shoir nima uchun turkcha so’zni tog’ kiyigiga o’xshatadi?
“Qutadg’u bilig” da komil inson g’oyasiqanday hal etilgan?
Asarning ona tilimiz tarixi, mavqeyi va ravnaqidegi ahamiyati haqida fikr
Bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |