Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU: “Devoni hikmat”ning obrazlar tizimi


Download 130.51 Kb.
bet38/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

43-MAVZU: “Devoni hikmat”ning obrazlar tizimi

Reja:
1.Hikmatlarning xalq og’zaki ijodi bilan aloqasi va to’rtlik shaklida ifodalanishi.
2. Ularda axloqiy-ta’limiy yo’nalishning ustuvorligi.
3. Adibning badiiy mahorati.
Tayanch so’z va iboralar:“Devoni hikmat”,xalq og’zaki ijodi, Ahmad Yassaviy, to’rtlik, murabba’
Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o’qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og’zaki ijodiga nihoyatda yaqunligidadir. Hikmatlar, asosan, to’rtlik va murabba’ shaklida bitilgan.
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag’anlar,
Shaharlarda jonin qiynab ishlag’anlar,
Ho-yu havas, meammonni tashlag’anlar,
Chin oshiqdir, hargiz oni yolg’oni yo’q.
Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida muloxaza yuritganda, oshiqning shariat, tariqat, ma’rifat bosqichlaridan o’tib haqiqat martabasiga yetishini eskash o’rinli bo’ladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini hukmlarini o’zida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini uqtiradi. Shuning uchun ham “Shariatsiz tariqatga kirib bo’lmas”, ”Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib iymonini olur ermish” yoki “So’finaqsh bo’lding valek hargiz musulmon bo’lmading” kabi misralarni yozadi.

Zohid bo’lma, obid bo’lma, oshiq bo’lg’il,
Mehnat tortib ishq yo’lida sodiq bo’lg’il,
Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo’lg’il,
Ishqsizlarni imoni yo’q ham joni yo’q.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:




  1. Ahmad Yassaviy she’rlarida qanday taxallus qo’llagan?

  2. “Devoni hikmat” qanday yaratilgan?

  3. “Hikmatlar” da ulug’langan insoniy fazilatlarva qoralangan xususiyatlarqanday ifodalangan?

  4. Ahmad Yassaviy ijodidagi ishq va oshiqlik tushunchalariga izoh bering.

  5. Ahmad Yassaviy ijodining qanday ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati bor?



Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling