Mavzu : ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari reja: kirish asosiy qism


Download 0.84 Mb.
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1548590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OCHIQ IQTISODIYOTDA PUL KREDIT SIYOSATINING XUSUSIYATLARI



MAVZU :OCHIQ IQTISODIYOTDA PUL KREDIT SIYOSATINING XUSUSIYATLARI
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko'rinishlari

  2. Kichik ochiq iqtisodiy siyosat modeli

  3. Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli

  4. Pandemiya davrida pul kredit siyosatining modeli

XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o'ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “0 ‘zbek modelini izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli korilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xojaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, mamuriy-buyruqbozlik tizimidan meros bolib qolgan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish boyicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror osishi taminlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari ortasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish taminlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-etiborini yuqori darajaga kotarishga erishilmoqda. „ Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy ozgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quwatlari ishga tushirilmoqda. Bu
ozgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va korsatilayotgan xizmat turlarining kopayib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin osishi, ularning ertangi kunga bolgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Manaviy jabhada ham tub ozgarishlar qilinib, jamiyat azolari ongida milliy istiqlol goyasi va mafkurasi shakllantirildi.
Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bolib otgan kengaytirilgan majlisida va boshqa majlislarda qilgan maruzalaridan bizga shu narsa malum bolib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mamlakatimiz ichida oz yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bolgan vazifalar ham juda kop ekan.
Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bolayotgan qaramaqarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez ozgarayotgani dunyoning koplab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning osish surati pasayib borishi roy berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, koplab kapital mablaglar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish omiga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta munosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar ortasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bolib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng kolamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modemizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy ozgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yolida gov bolib turgan barcha tosiq va cheklovlami bartaraf etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha harakatlar strategiyasi togrisidagi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilaming iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.


1-Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari
Yopiq iqtisodiyot aslida real holatda kuzatilmaydi. Aslida hech qaysi davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy aloqa qilmasdan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi va rivojlana olmaydi. Bu tushuncha fakat ochiq iqtisodiyot bilan solishtirib o’rganish uchun foydalaniladi.
Mamlakatning qanchalik darajada ochiq iqtisodiyotga moslashganlik yoki ochiq iktisodiyotdan foydalanish darajasini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:
Import kvotasi = Import / YaIM * 100 %
Import kvotasi - import hajmining mamlakatning YaIMida tutgan ulushini ifodalaydi .
Eksport kvotasi = Eksport / YaIM * 100%
Eksport kvotasi - mamlakat YaIMida eksport salohiyati qanchalik darajada ekanligini ifodalaydi .
Tashqi savdo aylanmasi kvotasi = tashqi savdo aylanmasi / YaIM * 100%
Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko’rinishlarda bo’lib, ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining qo’llanilishi bilan farq qiladi.
Kichik ochiq iqtisodiyotda r real foiz stavkasi barcha davlatlarda iqtisodiyotga bir xil darajada ta’sir ko’rsatadi yoki hamma davlatlarning bir biriga bo’lgan ta’siri bir xil darajada, ya’ni sezilarli darajada farq qilmaydi, deb qaraladi.
Katta ochiq iqtisodiy modelida bu masala boshqacharoq hal qilinadi, ya’ni tashqi savdo aylanmasi bo’yicha katta ta’sirga ega bo’lgan davlatlarning ushbu real foiz stavkasini o’rnatilishida va boshqa davlatlarga nisbatan bu foiz stavkaning ta’sirini aniqlashda katta ta’sirga ega ekanliklari alohida hisobga olinadi.
Y=C+I+G+Xn
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ta’sir etuvchi omillar eksport va importning (hajmi hisobida) o’zaro farqi , ya’ni Nx hisoblanadi .
Sof eksport Xn = X- M
bu erda :

  1. - eksport hajmi ; M - import hajmi .

Dunyoning ko’pgina davlatlarida sof eksport hajmi asosiy ayniyatning boshqa ko’rsatkichlariga nisbatan YaIM hajmiga kam ta’sir ko’rsatadi (o’rtacha 3-4 % YaIMdagi ulushi).
Asosiy ayniyatni o’zgartiramiz :

  1. –C- G = I + Xn

Ifodaning chap tomoni Y- C- G milliy jamg’armani beradi, ya’ni uy xo’jaligi iste’moli va davlat talabini kondirilgandan so’ng qolgan qismi hisoblanadi Shuning uchun Y –C- G ifodani S bilan belgilab olamiz .
S = Y –C- G .
Endi ifoda quyidagicha tus oladi : S = I + Xn yoki (I - S) + Xn = 0
(I - S) + Xn = 0 bu ayniyat milliy hisoblarning asosiy ayniyati bo’lib, xalqaro oqimlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi, ya’ni oldindan belgilangan jamg’arilgan kapital (I - S) va xalqaro oqimlar Xn .
(I - S) + Xn = 0 tenglamadagi har bir ishtirokchi ko’rsatkich o’ziga xos nomlanishga ega va o’ziga xos funktsiyaga ega .
(I - S) to’lov balansida kapital harakati schyoti deb ataladi va ichki investitsiyaning ichki jamg’arishdan ortiqligini ifodalaydi.
Investitsiya mamlakatdagi jamg’armalarni oshirishi mumkin, ya’ni tadbirkorlar investitsion loyihalarni chet el kapitali ishtiroki orqali moliyalashtiradilar. Bundan kelib chiqadiki kapital harakati schyoti tashqi qarzlar orqali moliyalashtiriladi, ya’ni ichki kapital jamg’armasi hajmiga teng bo’ladi.
Xn ni biz sof eksport deb atagan edik. (I - S) + Xn = 0 tenglamada esa Xn o’zida chetdan sof eksport evaziga olingan summani ifodalaydi va to’lov balansining joriy schyot yoki joriy operatsiyalar schyoti deb yuritiladi.
(I - S) + Xn = 0 ayniyatiga kaytadigan bo’lsak agar ayniyatda (I - S) miqdor musbat (ijobiy) qoldiqqa ega bo’lsa, Xn manfiy (salbiy) bo’ladi degani. Bu o’z - o’zidan kapital harakati schyotini musbat qoldiqqa ega ekanligini va to’lov balansi schyotida defitsit bo’lganligini anglatadi, bu shuni anglatadiki, biz jahon bozoridan eksportga qaraganda importni ko’proq qilishimiz kerak.
Aksincha agar (I - S) manfiy qiymatga ega bo’lsa Xn musbat bo’ladi. Unda kapital harakati schyotida defitsit va joriy operatsiyalar schyotida musbat (ijobiy ) saldoga ega bo’lamiz. Bunda mamlakat jahon bozorida kreditor rolini bajaradi va importga qaraganda eksportni ko’payganini anglatadi.
Agarda milliy jamg’arish mamlakat ichidagi jamg’armadan ortib ketsa, ortgan qismi chet elga investitsiya qilinishi mumkin.
Agarda aksincha mamlakat ichidagi investitsiya milliy jamg’armadan ortib kets, unda biznining mamlakatga investitsiya qilinishi kerak bo’ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling