Mavzu : O'quv jarayonini manitoringini olib borishning elektron tizimi
Download 26.13 Kb.
|
O'quv jarayonini manitoringini olib borishning elektron tizimi
Murakkablikning oshib borishi bilan pedagogik testlash modeli. Bilim sohasi qismi yoki bir qancha qismlari, ajratilgan qismlari bo‘yicha n ta vazifaga ega. Har bir vazifa murakkablik ajratgan darajasiga ega. Ti; i=1, 2, 3 … n.
Murakkablikning m darajasi mavjud. Testdagi vazifalarda qiyinlikning barcha darajalari bo‘lishi shart. Bunda ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda k ta vazifani tanlaydi (k Test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modeli. Bu test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modelida ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda n ta vazifalarni tanlab oladi va test o‘tkazish uchun maksimum (tanlangan barcha vazifalarga javob berishni) vaqtni ko‘rsatadi. Testlash natijalari nafaqat o‘rganuvchilarni o‘sha vazifani bajarishini baholashi, balki berilgan vaqt o‘rganuvchilarning javob berishga ulgurishi ham kerak. Testning o‘zi klassik modellar, vazifaning murakkabligi yoki murakkablik jihatining oshib borishi bo‘yicha qurilgan bo‘lishi mumkin. Bir qancha ishlarda vazifalar testlash vaqti shunday o‘rnatiladiki, murakkabligi oshishi bo‘yicha xatto eng kuchli o‘rganuvchi ham testdagi vazifalarning hech biriga javob berolmaydigan qilib saralanadi. Bu usul o‘rganuvchi ko‘z oldida, barcha vazifalarni darhol testlash blankalarida ko‘rgan vaqtida, taklifi qabul qilinadi. Buning tub mohiyati shundaki, o‘rganuvchi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin vaqt qolsa, o‘zining javoblaridan shubhalanib to‘g‘ri javobni noto‘g‘risiga almashtirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun test vaqtini chegaralash yoki testdagi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin darhol blankalarning olib qo‘yilishi tavsiya etiladi. O‘zlashtirish darajasi bo‘yicha vazifalar bo‘linishi bilan pedagogik testlash modeli. Test vazifalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning 5 darajasining har biriga tuziladi. Boshida testlash 0 darajadan keyin 1, 2 va boshqalari bo‘yicha vazifalardan foydalanib o‘tkaziladi. Bir darajadan keyingi darajaga o‘tishdan oldin ushbu darajadagi o‘quv materiallarini egallagan darajasi hisoblanadi va keyingi darajaga o‘tish imkoniyati ko‘rsatiladi. O‘quv materialini egallagan bosqichini o‘lchash uchun har bir darajaning koeffitsiyentidan foydalaniladi. Vazifaga javob berish vaqti bilan pedagogik testlash modeli. Testlash natijalari har bir vazifaga javob berish vaqtini hisoblab ajratiladi. Bu vazifalarga mustaqil javob bermaganlik imkoniyatini hisobga olish uchun amalga oshirilgan: o‘rganuvchi javoblarni qo‘llanma yoki boshqa manbalardan topadi va barcha vazifaga to‘g‘ri javob beradi, lekin eng past ball to‘playdi. Boshqa tomondan, agar u boshqa chetki manbalardan foydalanmasa ham, biroq uzoq o‘ylab javob berishi uning nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmaganligidan dalolat beradi, natijada hamma javob to‘g‘ri bo‘lsa ham, past baholanadi. Vaqt hisobi modeli vazifalar murakkabligi modeli bilan birgalikdagi asoslanib, testlash natijalarining ishonchliligini oshiradi. Psixologik testlash modeli. Bu o‘rganuvchiga testli vazifalar ketma-ketligini ko‘rsatish va testlash natijalari bo‘yicha uning bilim darajasini ajratish uslubidir. Psixologik testlash modeli va pedagogik testlash modeli bir-biridan farq qiladi. «O‘quv multimedia ilovalari» maxsus o‘quv kursi dasturi o‘zida oliy va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonidagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilish sohalaridagi mutaxassislarning malakasini va qo‘shimcha kasbiy bilimini oshirish majmuali dastur tarkibiy qismi sifatini jamlagan. Xulosa qilib aytganda, elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi tizimni ishlab chiqish, joriy etish va foydalanish muhim ahamiyatga molikdir. Download 26.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling