Mavzu : O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati Mundarija Kirish Reja; I bob. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish
Download 64.28 Kb.
|
O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Mavzu : O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati Mundarija Kirish
I BOB. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish 1.1. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi 1.2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati II BOB. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati va tarbiyaviy mashg’ulot usullari 2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati 2.2. Maktabdan tashqari faoliyat tarbiyaviy mashg’ulot usullari: og’zaki, amaliy ish usullari Xulosa
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligich qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21 %) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas. Download 64.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling