Mavzu : O’rta Osiyo ko’llari va suv sarfi hajmi


Download 33.77 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi33.77 Kb.
#1837047
Bog'liq
Umumiy Gidrologiya



Mavzu : O’rta Osiyo ko’llari va suv sarfi hajmi.
Reja :

  1. Ko’l deb nimaga aytiladi.



  1. O’rta Osiyo ko’llari haqida ma’lumot bering .



  1. Ushbu ko’llarning suv sarfi hajmi.



  1. Xulosa.

Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil rayonlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik Koʻl hisoblanadi.


Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sxaridagi barcha Koʻllarning umumiy maydoni 2,1 mln. km². Oʻzbekistonda 250 ga yaqin Koʻl bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana qarang Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan: 1) togʻ Koʻl, 2) tekislik Koʻl Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ Koʻl dan: Ixvach, Bodak, Shavorkoʻl, Urungach, Koʻksuv va boshqa maʼlum. Togʻ Koʻl toza, chuchuk va oʻta chuchuk suvlarning potensial manbaidir. Koʻlning Oʻzbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga taʼsir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relyef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xilligidan. Tekislik hududlardagi katta koʻl maydonlari, koʻp miqdordagi oqimli daryo suvlari shakllanadigan hamda namlikka boyroq togʻlarga tutashgan tekislik iqlimining quruqligi natijasida paydo boʻlgan.Koʻllar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar bilan suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda Koʻllar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.Tog’ daryolari vodiylarida chuqur to’g’on ko’llar mavjud. Ular tog’lar qulab, vodiyni to’sib qolishidan vujudga keladi. Pomir tog’laridagi Sarez ko’li shunday hosil bo’lgan. Tekislikdagi daryolar ilonizi o’zanlarda oqadigan suvga eski o’zanlar to’lib qolib o’tgan ko’llar paydo bo’ladi.Tog' daryolari vodiylarida chuqur to'g'on ko'llar mavjud. Ular tog'lar qulab, vodiyni to'sib qolishidan vujudga keladi. Pomir tog'laridagi Sarez ko'li shunday hosil bo'lgan. Tekislikdagi daryolar ilonizi o'zanlarda oqadigan suvga eski o'zanlar to'lib qolib o'tgan ko'llar paydo bo'ladi.

O‘rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash va Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi.Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Ular tog‘ning o‘rta va balanlik qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zanining to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichikroq ko‘llardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq, toza va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida o‘ziga xos iqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy geografik manzara hosil bo‘ladi, Issiqko‘l va Sarichelak shunday ko‘llardir. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Тashlama hamda sizot suvlar to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy va Aydarko‘l misol bo‘ladi.O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko‘li — Orol ko‘lidir. U kattaligi hisobga olinib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘llardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turardi. Ko‘l Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo quyiladi.

O’rta Osiyo ko’llariga Orol ko’li, Kaspiy ko’li, Sariqmish ko’li , Aydarko’li Issiqko’l, Oqko’l,Qorako’l ,Sassiqko’l,Balxash ko’li Zaysan ko’li Xususan O’zbekistondagi ko’llar ham kiradi.Sudochye , Nefrit, To’dako’l, Aydarko’li Arnasoy ko’li, Borsakelmas,Turkon ko’li, QuyiMozor ko’li.
Balxash ko’li-Balxash — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. Balxash-Olakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km², ozayganda 17 ming km² boʻladi. Uzunligi 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. Hudud: 16 996 km²Oqim manbasi: Ili, Qoratol, Lepsi River, Aqsu River, Karatal River, Bayan River.Suv toʻpalanadigan hudud: 413 000 km².Eni: 74 km Oʻrtacha chuqurligi: 5,8 m .Uzunligi: 605 km.
Sariqamish koʻli – Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston respublikalari hududidagi koʻl. U Kaspiy dengizi va Orol dengizining oʻrtasida joylashgan. Sariqamish Turkmanistondagi eng katta koʻl boʻlib, butun koʻl hududining toʻrtdan uch qismi ushbu davlat hududiga toʻgʻri keladi.
Suv sathi: 5 m
Hudud: 3 955 km²
Eng katta chuqurligi: 40 (130 fut) m
Hajmi: 68,56 km³
Yuzasi: 5 000 km²

HAydarko’li - Haydarkoʻl — Nurota tizma togʻlarining shimoliy etagidagi koʻl. Haydarkoʻl 1960-yillar oxirida asosan Janubiy Qozogʻistonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvlar hisobidan paydo boʻlgan. Koʻl Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan. Haydarkoʻl Shimoliy qirgʻoqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi.Hudud: 3 000 km²


Dengiz sathidan balandlik: 247 m
Hajmi: 44,3 km³
Mamlakat: Oʻzbekiston
Shoʻrlik: 1,5-2 ‰
Yuzasi: 3 000 km²
Issiqkoʻl — Qirgʻiziston shimoli-sharqidagi katta oqmas koʻl. Tyan-Shan togʻ tizmasida joylashgan. Issiqkoʻl dengiz sathidan 1607 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 6326 km². Koʻlga koʻp daryolar oqib keladi, ammo birorta daryo ham oqib chiqib ketmaydi. Koʻlning suvi musaffo va shoʻr. Hudud: 6 236 km²
Uzunligi: 182 km. Issiqko’l sayyohlarni toza suvi, qumli plyajlari, tabiati va mazali baliqlari bilan o’ziga jalb qiladi.Issiqko‘l-qirg‘iz xalqining durdonasi. U respublikaning shimoli-sharqida, Shimoliy Tyan-Shan tog’ tizmasida, dengiz sathidan 1608 metr balandlikda joylashgan.Issiqko’l-Qirg’izistondagi eng katta ko’l. Bu dunyodagi eng katta 25 ko’ldan biri va chuqurligi bo’yicha 7 -o’rinda turadi.Uning turli nomlari tarixda saqlanib qolgan. Issiqko‘l-iliq ko‘l degan ma’noni anglatadi.Ko’ldagi suv hajmi 1738 kv km, sohilning umumiy uzunligi 688 km. Ko’lning o’rtacha chuqurligi 278 m, eng chuqur joyi 668m. Issiqko‘l shimoldan janubga 58 km, g‘arbdan sharqqa 182 km ga cho‘zilgan. Unga 80 dan ortiq oqim oqadi.
Kaspiy ko’li Eski Oʻzbek tilida ham Xazar Dengizi deb atalgan. — Yevropa bilan Osiyo oraligʻida joylashgan yer sharidagi eng katta koʻl.
Kattaligiga qarab, uni dengiz deb ataydi. Nomi XVI asrning oxirlarida shu dengiz yoqasiga joylashgan Kaspiy qabilalariga bogʻliq shakllangan.
Orol dengizi – Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan.Chuqur joylari Orol dengizining gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi Ustyurt tegisligi yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan.Oqko’l — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi bir guruh ko’llar nomi (Oqko’l, Gazko’l, Sho’rko’l, Otako’l, Bog’otliko’l, maydoni 4 ming gektar, o’rtacha chuqurligi 1 metr, suvi sho’rroq. Ko’llarning tubi gil va qumtoshlardan iborat, soxillari asosan, yassi. Ko’llar kollektorlar orqali birlashtirilgan, shu sababli hammasining suv yuzasi bir me’yorda turadi. Tashlandiq va sizot suvlar hisobiga to’yinadi. Yuzasining 30-80% qamish va qo’g’a bilan qoplangan.

Zaysan — Qozogʻiston Respublikasidagi koʻl. Janubiy Oltoy va Tarbagʻatoy togʻ tizmalari oraligʻida, dengiz sathidan 395 m balandlikda joylashgan. Mayd. 1800 km², eni 30 km, chuq. 4—10 m. Zaysan Qora Irtish daryosi quyiladi, Irtish (Oq Irtish) daryosi oqib chiqadi. Noyabrdan maygacha muzlab yotadi. Irtish daryosida Buxtarma suv ombori qurilishi natijasida 3. shu suv ombori bilan tutashib, uning suv sathi 7 m ga koʻtarildi, yuzasi 5500 km² ga yetdi. Zaysaning suvi chuchuk va tiniq. Koʻlda kema qatnaydi.Sudochye ko’li Amudaryo deltasining g’arbiy qismida joylashgan. Maydoni – 333 km² (2006 yil holatiga ko’ra), dengiz sathidan 53 m balandlikda. Uni Amudaryoning Ravshan va Priemuzyak qo’ltiqlari oziqlantiradi. Orol dengizinig qurishidan oldin u bilan tor kanal asosida ulangan va baliq turlariga yumurtlama vazifasini o’tagan.Sudochyeda yiliga baliq ulovi 2000 t yetgan, maksimal chuqurligi 3 m tashkil qilgan.Sudochye ko’lining minerallashuvi 3-4%ni tashkil qiladi. Yilning issiq vaqtida 25-27°С gacha isiydi. Noyabr-dekabrda ko’l muzlaydi, fevral oxirida – aprel boshida ochiladi.Yaqin shaharlar: Qo’ng’irot, Chimboy, Nukus


Toʻdakoʻl — Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan suv ombori. 1952-yilda Zarafshon sel suvlarining Toʻdakoʻl pasttekisligiga oqib tushishi natijasida tabiiy ravishda hosil boʻlgan. Xabar.uz
Sirli Nefrit ko‘li manzarali kollardan biri Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani ob-havosiyu, purviqor tog‘lari, ziloldek suvlari bilan mashhur. Muxbiri ana shu manzaralarni fotokameraga muhrlashga harakat qildi.Ayniqsa, Toshkent shahridan 160 km., Bo‘stonliq tumani markazidan 90-100 chaqirim olisda joylashgan Ugom-Chotqol milliy bog‘idagi xalq orasida Nefrit ko‘li bilan mashhur ko‘llar sizni sirli olamga chorlaydi.Ushbu ko‘llar dengiz sathidan 1227 metr balandlikda joylashgan, bu noyob tabiiy suv havzalarini Urung‘och ko‘llari, deb atashadi ham. «Urung‘och» so‘zi uyg‘urchadan «yorqin nefrit», deya tarjima qilinarkan. Kichik Urung‘och ko‘lidagi suvning harorati 7-8 darajadan oshmaydi va unda hech qanday jonzot yashamaydi.
Uzunligi uch yuz ellik metr, eni yetmish sakkiz metr, chuqurligi o‘n metr atrofida. Undan boshqa yana bir, Yuqori Urung‘och ko‘li ham bor. Ikki ko‘l bir-biridan kattaligi, o‘lchami bilan farq qiladi. Yuqori Urung‘och ko‘li hech qachon qurib qolmaydi. Uning suvi feruza tusda va juda muzday.Fozilmon ko‘li (Sarbast).Ko‘l dengiz sathidan 1650 metr balandlikda (bu esa Eyfel minorasidan besh barobarga ko‘p degani) Nurota tog‘larining markazida ajoyib Fozilmon ko‘li joylashgan. U bitta chashmadan suv oladi hamda bahor oxirlarida ayniqsa juda go‘zal bo‘ladi. Afsuski, unda cho‘milish tavsiya etilmaydi, biroq osmonning undagi aksi (ayniqsa yulduzlisining) juda ham noyob holatni ko‘rish imkonini beradi.Suvi chuchuk. Ko‘lning uzunligi 300 metr, eni esa 50 metrni tashkil etadi. Chuqurligi 1,5 metrgacha boradi. Ushbu ko‘l faqatgina buloq hamda mavsumiy yomg‘ir va qor suvlari bilan to‘ladi. Ko‘lning flora-fauna olami xilma-xil bo‘lib, hayot tarzi yovvoyilashgan ot, kulrang g‘oz, yumronqoziq, ko‘l baqasi hamda shirmohi baliqlardan iborat. Bu yerdan uchib o‘tuvchi qushlar uchun mazkur keng maydon qishlashga juda qulay. Shu bois qish oylarida bu yerda turli yovvoyi qushlarni ham uchratish mumkin. Qish-qirovli kunlarda ko‘l yuzasi qalin muz bilan qoplanadi.

Tuzkon ko‘li.Jizzax viloyatida, Jizzaxdan 56 km shimoli-sharqda, Qizilqum cho‘lining sharqiy qismida joylashgan. Taxminlarga ko‘ra, Tuzkon ko‘li – Orol-Kaspiy davridagi suv havzasining bir qismidir. Ko‘ldagi suv hech qayerga oqmaydi, shuningdek, u biroz sho‘rroq bo‘lib, shimoli-g‘arbda Aydarko‘l bilan bog‘lanadi. Bu ko‘llarning umumiy maydoni – taxminan 3750 km2. Bir yilda ko‘llar tizimida 2000 tonnagacha baliq ovlanadi.


Oyoqog‘itma ko‘li
Buxoro viloyatining shimolida Oyoqog‘itma qishlog‘i yaqinida Oyoqog‘itma botig‘ida joylashgan. Bu ko‘lga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil bo‘lgan Sho‘rko‘l kollektori quyiladi.Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km kv. gacha ortadi, shu vaqtda chuqurligi 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Maydoni 5600 gektar. Suvi sho‘r. Oyoqog‘itma ko‘li atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.Ayni paytda ko‘l asosan baliqchilikka mo‘ljallangan. Suvi sho‘rligi bois baliqlarning ta’mi xushxo‘rligi bilan ajralib turadi. Baliqlarning sazan, do‘ngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. Viloyat turizm boshqarmasi tashabbusi bilan ko‘l yaqinida o‘tovlar, turizm va dam olish maskanlari, qarmoqchilar uchun alohida uylar tashkil etilgan. Shuningdek, yer tagidan (70 m) dan chiqadigan 70 gradusli issiq suv ham chiqadi. Ko‘lda O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdor balig‘i ham uchraydi.Quyimozor ko‘li (suv ombori).Buxoro viloyatida Quyimozor va Kogon oralig‘ida joylashgan. 1958-yilda Zarafshon darosining etak qismidagi chuqurliklardan birining atrofini ko‘tarib qurilgan.Dastlabki suv hajmi 280 mln. m. kub, maydoni 16,2 km kv. Eng keng joyi 5 km, o‘rtacha chuqurligi 17 m, eng chuqur joyi 40 m. 1968-yilda suv ombori kosasining qirg‘oqlari 2 m dan ortiq baland marzalar bilan ko‘tarildi. Uning suv hajmi 350 mln. m kubgacha, maydoni 17,3 km kv ga yetdi.Quyimozor suv omboriga maxsus kanal (18 km) orqali Zarafshon darosidan suv keltiriladi. Jamg‘arilgan suv o‘zani 72 km va sekundiga 100 m kub/s ga qadar suv oqadigan kanal orqali irrigatsiya shoxobchalariga tarqatiladi. Quyimozorda suv sathi o‘zgarib turadi. Uningtarkibiga Xorxo‘r va Duoba gidrouzellari kiradi. 1965-yildan beri Quyimozor suv ombori Amu-Buxoro mashina kanali suvini tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Magistral kanal bilan birgalikda suv ombori 94 ming gektar yerni sug‘oradi.Quyimozor irrigatsiya maqsadlarida qurilgan bo‘lsa-da, Buxoro va Kogon shaharlari aholisini ichimlik suv bilan ta’minlaydi. Uning suvi To‘dako‘l suv ombori suviga nisbatan chuchukroqdir. Quyimozor suv ombori 1960-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, unga suv Zarafshon darosidan quyiladi.2020 yil 19-avgustda Quyimozor suv ombori O‘zbekistonning xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoqlik hududi sifatida 2433 raqam bilan Ramsar ro‘yxatiga kiritildi.

Balxash-Eng katta uzunligi 620m.Yuzasi 18 200 km2.Oʻrtacha chuqurligi 5,8 m.Eng katta chuqurligi 26,5 m Suv hajmi 105 km3. Sariqamish ko’li-Yuzasi 5000 km².hajmi 68,56 km³, eng kattachuqurligi 40m.Oʻrtacha chuqurligi 8 m.


Orol dengizi · Suv sarfi, 2 525 m³/s.
Hududi :68 000 km²
Hajmi: 27 km³
Tushuvchi daryolar: Sirdaryo Amudaryo
Yuzasi: 3,500 km².
Kaspiy ko’li (dengizi).Eng katta uzunligi:1 030 km
Eng katta kengligi:435 km
Yuzasi:371 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi:187 m
Eng katta chuqurligi:1 025 m
Suv hajmi:69 400 km3
Suv aylanishi vaqti:250 yil
Qirgʻoq uzunligi:7000 km

Xulosa: Men ushbu berilgan mavzulardan foydalanib ozimga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim. O’zim uchun bilmagan ma’lumotlarni bilib oldim. Bilmagan ko’llarimni hududi va qayerda joylashganligini bilip oldim .Ko’llarni inson manfaatida muhim o’ringa ega ekan.Men berilgan mavzudan to’g’ri foydalangan holatda mavzuni o’zlashtirdim.



Foydalanilgan adabiyotlar:Bogoslovskiy B. B., Ozerovedeniye, M., 1960; Berg R. A., Po ozeram Sibiri i Sredney Azii. Puteshestviya L. S. Berga (1893-1906 gg.) i P. G. Igvatova (1898— 1902), M, 1965; Nikitin A. M., Ozera Sredney Azii, L., 1987.Сары-Камыш (Словарь современных географических названий nashri). Екатеринбург: У-Фактория. 2006.E. M. Pospelov, Geograficheskiye nazvaniya mira (Moscow, 1998), p. 369.OʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.tr.tavaz .com


Download 33.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling