Mavzu : O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik,fuqarolik jamiyatining xuquqiy kafolati Reja


Demokratik jamiyat barpo etishning huquqiy kafolati


Download 24.43 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi24.43 Kb.
#1156282
1   2
Bog'liq
Ozb konstitutsiya (13)

Demokratik jamiyat barpo etishning huquqiy kafolati
Toshkentda 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.

Unda mamlakatimiz parlamenti a’zolari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar, ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlari rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyada xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashdagi roli va ahamiyatini ochib berish, rivojlangan demokratik davlatlar konstitutsionalizmi tajribasini o‘rganish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi J.Makgregor va boshqalar mustaqil taraqqiyot yillarida O‘zbekiston erishgan ulkan yutuq va marralar, yurtimiz taraqqiyotining jadal sur’atlari Konstitutsiyamizning hayotiyligi va salohiyatidan, unda mujassam bo‘lgan prinsiplar va normalar puxta o‘ylanganidan dalolat ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq barcha sohalar izchil isloh qilinayotgani, xalq bilan muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyati Asosiy qonunimiz prinsiplarini hayotga yanada kengroq tatbiq etishga, jumladan, Konstitutsiyaning 2-moddasida belgilangan davlatning xalq irodasini ifoda etishi va uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutuvchi normaning amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyaga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohalaridagi islohotlar O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Xorijiy ekspertlar qayd etganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos holda, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash bilan birga, insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi prezidenti Zuxtu Arslonning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida nishonlanayotganida katta ma’no mujassam. Zero, Asosiy qonunimiz inson huquqlari sohasidagi ilg‘or xalqaro tajriba bilan birga o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida erishilgan yutuqlarga, xususan, Amir Temurning «Kuch – adolatdadir» degan xalqchil shioriga monand qabul qilingan. Bu O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonlarini yuksak bosqichga ko‘tarish, jamiyatda ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplarini ta’minlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


– O‘zbekistonda demokratik qadriyatlarni muhofaza qilish va ularni fuqarolar turmush tarziga singdirishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda, – dedi Indoneziya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Orif Hidoyat. – Mazkur xalqaro konferensiya konstitutsiyaviy sudlov organlari vakillariga inson huquq va erkinliklarining samarali himoyalanishini mustahkamlash va konstitutsiyaviy odil sudlovni ta’minlash borasida o‘zaro fikr almashish imkonini bermoqda. Zero, huquqiy tizimni modernizatsiya etish jarayonlarida Konstitutsiyaviy sudlar alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekistonda yagona Oliy sud, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tashkil etilgani, sudyalar hamjamiyati organi – Sudyalar oliy kengashi tuzilgani xorijlik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Konferensiya ishtirokchilarining fikricha, bularning barchasi fuqarolarning, jismoniy va yuridik shaxslarning, tadbirkorlarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlaydi.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishda, ishonchli himoyasini ta’minlashda, jamiyatda qonun ustuvorligini qaror toptirishda konstitutsiyaviy odil sudlovning rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur qonunga asosan Konstitutsiyaviy sudga konstitutsiyaviy qonunlarni, shuningdek, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni mamlakat Prezidenti imzolaguniga qadar ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolati berildi.

– Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 22-24 noyabr kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi sud-huquq sohasidagi munosabatlar rivojida ham yangi bosqichni boshlab berdi, – dedi Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi vazifasini bajaruvchi Yi-Su Kim. – Anjumanda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudlovni takomillashtirish borasidagi islohotlar bilan ham yaqindan tanishdik. Jumladan, Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolati berilgani Konstitutsiya ustunligi prinsipini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi prinsiplariga rioya etish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda xalqaro huquq normalari va rivojlangan davlatlar tajribasini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O‘zbekiston tashqi siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini rivojlantirish masalalari, konstitutsiyaviy qoidalar asosida davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribaga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.



Manbalar
„Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi“. LexUz.
„Ўзбекистонда Конституцияга ўзгартиришлар киритилди“. Bugun.uz. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral. Arxivlandi 2021-07-09 Wayback Machine saytida.
https://kknews.uz/oz/5171.html
Google.com
https://www.wikipedia.org
Download 24.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling