XORIJIY MHT LARNING FUQAROLIK JAMIYATI SHAKILLANTIRISHDAGI ROLI
REJA:
Kirish
Fuqarolik jamiyatiga doir xalqaro hujjatlarning umumiy tavsifi va turlari
Inson huquqlari bo’yicha qonunchilikning taraqqiyot bosqichlari
Xorijiy MHT larning fuqarolik jamiyatining shakllanishi: bugungi holat, yutuqlar va istiqbol
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Uch mingyillik boshlariga kelib, inson huquqlari muammosi kutulmagan sur’atda keskinlashib ketdi. Hozirgi kunga qadar bir savol muammoni hal qilishda kundalangligicha turibdi: inson huquqlari bo’yicha halqaro huquq normalari nimani anglatadi va uning zamirida yuzaga kelgan milliy qonunchilikka kiritish jarayoni qanday darajada bo’lishi lozim. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolga erishgandan so‘ng O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi edi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi tashkilotlar bevosita inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan milliy demokratik institutlar sifatida tan olindi. Ular inson huquqlari xalqaro hujjatlarning implementatsiya jarayonida hamda milliy qonunchilik bazasiga kiritishda, demokratik an’analarning qaror topishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Istiqlol sharofati bilan dunyo xaritasida jahonda mustaqil yangi davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Mustaqillik yillarida tubdan yangi o'zbek milliy huquqiy tizimi shakllandi, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan, erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari yaratildi. Respublikamizda qisqa muddat ichida inson huquqlariga oid qonunlar tizimi ham yaratildi. Boshqa sohalar qatori davlat qurilishini iqtisodiy isloh qilish, ma'naviy yangilanish, siyosiy tizimni shakllantirish va jamiyatning demokratik asoslarini vujudga keltirish, inson huquqlarini va erkinliklarini himoya etish sohalarida ham yangi mustahkam huquqiy zamin yaratilganligini alohida ta'kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |