Mavzu : O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari. Darsning maqsadi
Download 287 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari
III. YANGI MAVZU REJASI:
1. Vazirlar Mahkamasi 2. Davlat qonunlari 3. Viloyat , tuman va shahar hokimliklari haqida. IV. YANGI MAVZU BAYONI: “ O’zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur tizimga : Vazirlar Mahkamsi; Vazirliklar; Davlat qo’mitalari; Boshqaruv funksiyasini amalgam oshiruvchi konsern va uyushmalar; Voliyat, tuman, va shahar hokimliklari. O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston ijro etuvchi hokimiyatni O’zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respubliksi Prezidenti tomonidan shakllantitiriladi. O’zbekiston Respubliksi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respubliksi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining palatalari tomonida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Respubliksi Bosh vaziri taqdimiga binoan O’zbekiston Respubliksi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respubliksi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o’z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respubliksi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respubliksi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarning ijrosini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respubliksining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. “ … O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, Respubliksi Prezidentining topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda Respubliksi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, Respubliksi qonunlarida, O’zbekiston Respubliksi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi …” Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling