Mavzu : Pedogogika kollejida olib boriladigan ma'naviy marifiy ish shakillari. Reja


Pedagogika kollejining yillik va istiqbol rejasi (nazariy)


Download 33.69 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi33.69 Kb.
#1041471
1   2   3   4
Bog'liq
xx pedogogika kollejda

2.Pedagogika kollejining yillik va istiqbol rejasi (nazariy)
Pedagogika kolejining oʻquv yili ish rejasini tuzish metodologiyasi
Pedagogika kollejini ilmiy-metodik boshqarishda yillik va istiqbol ish reja muhim oʻrin tutadi. Yillik ish reja bir oʻquv yiliga, istiqbol ish reja esa 3-5 yilga moʻljallab tuziladi. Kollejning oʻquv yili ish rejasini tuzish metodologiyasi kollejning oʻquv yili uchun ish rejasini tuzishda hisobga olinishi lozim boʻlgan umumiy asoslar meʼyoriy, ilmiy, tashkiliy-pedagogik, uslubiy asoslarni oʻz ichiga oladi. Bular ushbu sohaga doir qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarga
muvofiq belgilanadi.
Bu meʼyoriy asoslar quyidagilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim-tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlimga
oid qarorlari;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining
meʼyoriy hujjatlari (hayʼat qarorlari, buyruqlar, Nizomlar,
yoʻriqnomalar va ish rejani ishlab chiqish toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar);
5. Oʻrta maxsus taʼlim davlat taʼlim standartlari;
6. Kollejning joylashgan hududi boʻyicha taʼlim organlari,
hokimiyatlarning tegishli qarorlari va buyruqlari;
7. Kollej Ustavi;
8. Kollej “Pedagogika kengashi”, “Metodika kengashi”, “Metodbirlashma” toʻgʻrisidagi Nizomlar (Kollej taʼlim vazirligining maxsus buyrugʻi bilan tasdiqlangan);
9. Kollejda lavozimlar boʻyicha vazifalar taqsimoti;
10. Kollejda ish yuritish boʻyicha yoʻriknoma;
11. Boshka tegishli hujjatlar.
Yuqoridagilarni va kollejning hududiy joylashuvi, shart-sharoitlari, oxirgi 3 yillik ish rejasiga kiritilgan masalalar hisobga olingan holda ish reja tuziladi.
Rejani shakllantiruvchi ishchi guruh, faoliyati natijasida ish
rejasining dastlabki loyihasi ishlab chiqiladi, loyiha tegishlicha tahrir qilinib, zarur toʻzatish, oʻzgarish, qoʻshimchalar kiritilgan holda kollej pedagogika kengashida muhokama etib, tuman kollej taʼlim boʻlimiga (mudir oʻrinbosari - bosh mutaxassis, DTS va monitoring boʻlimlari koʻrib chiqqan holda) kelishish uchun tavsiya etiladi hamda tuman MTB mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻquv yili uchun ish rejaga qoʻyiladigan asosiy talablar
Kollej ish rejalarining hozirgi talablarga muvofiqligi quyidagi mezonlarga koʻra belgilanadi:

  • rejalashtirilgan davr uchun belgilangan maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlishi;

  • rejaning tegishli tahlillar natijalaridan kelib chiqqan holda
    tuzilishi;

  • rejalashtirilayotgan ishlar maqsadlari va ularga erishish
    vositalarining oʻzaro mosligi va birligi;

  • rejalarning bajarish mumkin boʻlgan darajada, yaʼni real ekanligi.
    Rejani ishlab chiqishda quyidagi shartlarga rioya qilish zarur:

  • Kollejning reja tuzilayotgan vaqtdagi ahvoli uning qanday
    darajalarga erishgan holda ekanligini hisobga olish;

  • rejalashtirilayotgan davr yakunida kollej hal qilishi lozim
    boʻlgan muammo va vazifalarni aniq belgilash;

  • Kollej faoliyatining eng samarali yoʻllari va usullarini ilmiy
    va amaliy jihatlardan toʻgʻri tanlash.

Kollejning oʻquv yili ish rejasini tuzishning ilmiy asoslari
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • taʼlim menejmentining xulosa, tavsiya, qoidalari;

  • pedagogika fani yutuqlarini amaliyotga joriy qilish;

  • didaktika tamoyillari va qonuniyatlari;

  • psixologiya fani yutuqlarini hisobga olish va ulardan amalda
    samarali foydalanish;

  • taʼlim jarayoniga innovatsion faoliyatni olib kirish;

  • taʼlim va tarbiyaning ilgʻor pedagogik texnologiyalari;

  • kollej sanitariya gigiyenasi talablari;

  • ijtimoiy tadqiqotlar natijalari;

  • ijtimoiy buyurtma talablari, kollej faoliyatini ilmiy jihatdan rivojlantirib borish tadbirlari va boshqalar.

Kollejning oʻquv yili uchun ish rejasini tuzishning tashkiliy-pedagogik asoslari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • tahlil etish, tanqidiy yondashuv taklif kiritish va tatbiq etish yuzasidan tashkiliy ishlar: oʻtgan oʻquv yilidagi asosiy umumiy koʻrsatkichlar (oʻtgan oʻquv yili rejasini bajarishdagi tajriba va xulosalar, davomiy ishlar, asosiy koʻrsatkichlar hamda ularni takomillashtirib borish maqsad va vazifalari);

  • mavjud yutuqlarni rivojlantirish va takomillashtirib borish;

  • mavjud kamchiliklar tahlili va ularni bartaraf qilish;

  • kollejning kelgusi 3-5 yil uchun istiqbol rejalari bilan uzviy
    bogʻliklik;

  • hududiy shart-sharoitlarni hisobga olish;

  • mahalliy imkoniyatlarni toʻliq ishga solish;

  • oila, mahalla, jamoatchilik bilan hamkorlik;

  • aniqlik va reallik;

  • tadbirkorlik va marketing faoliyati;

  • nazorat va monitoring ishlari;

  • kollej faoliyatini tashkiliy-pedagogik jihatdan rivojlantirib borish tadbirlari va boshkalar.

Kollejning oʻquv yili uchun ish rejasini tuzishning uslubiy
asoslari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Rejani tuzish ishini tashkil qilish usullari;

  • keyingi oʻquv yili ish rejani tuzish hamda oʻtgan oʻquv yilining
    vazifalarini bajarilganligini tahlil qilish boʻyicha kollej rahbari maxsus buyruq bilan ishchi guruh toʻzadi;

  • ishchi guruhga kollej rahbariyati, metodbirlashma rahbarlari,
    ota-onalar qoʻmitasi va mahalla kengashidan vakillar kiritiladi;

  • reja va uning ayrim boʻlimlari loyihalarining oraliq muhokamalari.
    Rejani rasmiylashtirish shakli va usullari:
    - asosiy shakli - reja matnini tegishli tarkibiy qismlar va boʻlimlar boʻyicha tuzish;

  • qoʻshimcha shakllari - foydalanishga qulay boʻlishi uchun yil, yarim
    yil, chorak, oy, hafta, kun boʻyicha hamda ayrim yoʻnalish, mavzular va
    shuningdek, ayrim ijrochilar boʻyicha turli shakllardagi jadvallar,
    siklogrammalar, varaqa (kartochka)lar koʻrinishida tuzish;

Ishchi guruh, tomonidan amalga oshiriladigan tahlilga umumiy
talablar quyidagilarni koʻzda tutadi:

  • aniq tarkibiy tuzilishga va mantiqiy izchillikka ega boʻlishi;

  • oldingi oʻquv yiliga qiyoslash;

  • asoslanganlik va baholarning aniqligi;

  • xulosalarning sabab-oqibat bogʻlikliklarini aniqlash va faktlar asosida tasdiqlash;

  • jadvallar, grafiklar, diagrammalardan foydalanish;

  • takliflarning aniq va pedagogik jixatdan asosli boʻlishi.
    Tahlil oʻtkazish uchun maʼlumotlarni olish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
    - pedagogik, psixologik va sotsiologik tadqiqotlar materiallari;

  • diagnostika va monitoring maʼlumotlari;

  • kollej ichki nazorati natijalari;

  • statistika materiallari;

  • kollej hujjatlari.

Kollej ishini tahlil qilishning asosiy yoʻnalishlari
tashkiliy-pedagogik boradagi ishlar (kadrlar bilan taʼminlanishi, salomatlik darajasi va sogʻlom turmush tarzini tahlil qilish, ARMda oʻquv adabiyotlar fondi va undan foydalanish darajasi);
- oʻquv-metodik ishlar darajasini tahlil qilish;
- tayanch va qoʻshimcha taʼlim darajasini tahlil qilish;
- kollej bitiruvchilarining ijtimoiy hayotda oʻz oʻrnini topishlari darajasi tahlili;

  • oʻrta maxsus taʼlimni amalga oshirish ahvoli;

  • pedagog kadrlar bilan ishlashni tahlil qilish;

  • maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ishlar darajasini tahlil
    etish;

  • ota-onalar, mahalla, jamoatchilik, homiylar bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish;

  • kollej faoliyatining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti
    tahlili;
    - kollej ichki boshqaruvining ish natijalariga taʼsirini tahlil
    qilish.


Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling