Mavzu : Plezioxron ierarxiya tiimlari (pdh)
Download 139.24 Kb.
|
referat lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish
- PRI ning standartlari
- PDH tizimlarining kamchiliklari
- PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari
- SDH ni xosil qilishdan maqsad va uning afzalligi
- Foydalanilgan adabiyotlar: R.I.Isayev, R.K.Atametov, R.N.Radjapova “Telikommunikatsiya uzatish tizimlari” Foydalanilgan saytlar
Mavzu : Plezioxron ierarxiya tiimlari (PDH) Bajardi : Abdirashidov.A Tekshirdi : __________ Reja:
1.Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish 2. PRI ning standartlari 3. PDH tizimlarining kamchiliklari 4. PDH tizmining keyingi avlodi SDH yaratilishi 5. Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish RUTlarining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUTlarning ikki ierarxiya turi keng tarqalgan: Yevropa va Shimoliy Аmerika. Yevropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining oʼtkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng boʼlgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Guruxli signalni uzatish tezligi 2048 kbit/s ga teng. Аncha yuqori boʼlgan satxdagi RUTlarning guruxli signallarini shakllantirishda, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli qoʼllaniladi.Bunday oqimlar past satxli RUTlarning qurilmalarida shakllanadi. 1-rasmdan koʼrinib turibdiki, ierarxiyaning barcha pogʼonalari uchun birlashtirish koeffitsienti 4 ga teng. Xuddi shunga oʼxshagan holda shimoliy Аmerika ierarxiyasi ham tuziladi, faqat unda birlamchi RUT sifatida IKM-24 qoʼllaniladi va ierarxiyaning turli pogʼonasi uchun birlashtirish koeffitsienti har xil. Yuqoridagi ikki ierarxiya, pleziaxron raqamli ierarxiya nomini olgan. Bunday ierarxiyada raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron usulda amalga oshadi, yaʼni raqamli oqimlarni tezligi bir-birisidan ozgina boʼlsada, farq qiladi.Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi. 1-rasm: PRI ning standartlari Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini oʼz ichiga oladi. Shimoliy Аmerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (АQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (АRK) ning tezligiga mos boʼlgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Аmerika standarti, yaʼni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Bunday tezlik 32 АRK ning tezligiga toʼgʼri keladi. Аmalda 30 АRK plyus uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng boʼlgan ikkita sinxronizatsiyalash va boshqarish kanalidan foydalaniladi.PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning ierarxik ketma-ketligini oʼz ichiga oladi. Bunday ketma-ketlik quyidagi mulьtipleksirlash koeffitsientlari qatori: DSO ning 24 signalidan DS1 signalini shakllantirish uchun n=24ga, DS1 ning 4 signalidan DS2 signalini shakllantirish uchun m=4ga, DS2 ning 7 signalidan DS3 signalini shakllantirish uchun I=7ga va DS3 ning 6 signalidan DS4 signalini shakllantirish uchun k=6ga toʼgʼri keladi. PRI ning ushbu standarti DSO (yoki АRK) ning 24,96,672 va 4032 kanalini tashkil qilishga imkon beradi.DS1-DS2-DS3-DS4 satxli raqamli signallarni odatda tegishli ravishda birlamchi raqamli kanal (oqim)-BRK(O), ikkilamchi raqamli kanal (oqim)-IRK(O), uchlamchi raqamli kanal (oqim)-URK(O) va toʼrtlamchi raqamli kanal (oqim)-TRK(O) deyiladi. PRI ning ikkinchi standarti 1 544 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 1 544 (yoki DS1)-6 312 (yoki DS2)-32 064 (yoki DSJ3)-97 728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun mulьtipleksirlash koeffitsientlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3 ga teng. Bu ierarxiya DSO (yoki АRK) ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 satxli yapon PRI ning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi.PRI ning uchinchi standarti 2 048 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 2 048 (yoki Ye1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki Ye2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki Ye3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki Ye4: toʼrtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki Ye5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4 ga teng mulьtipleksirlash koeffitsientlariga toʼgʼri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 АRKni uzatishga imkon beradi, ular odatda IKM-30, IKM-120, IKM-480 va IKM-1920 raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladilar Turli standartdagi PRI raqamli oqimlarni multipleksirlash sxemasi 2-rasmda ifodalangan 2-rasm. PRI ning SHimoliy Amerika (SHAC), Yaponiya (YC) va Yevropa (YC) standartlaridagi multipleksorlash (-) va kross-multipleksirlash (---) sxemasi PRI ning uchta turli standartlarining parallel ravishda rivojlanishi jahon boʼylab ulkan telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishini toʼxtatib turganligi uchun, telekommunikatsiyalar boʼyicha Xalqaro elektr aloqa ittifoqi XTI tomonidan ularni bir xillashtirishga va imkon qadar birlashtirishga oid qadamlar qoʼyildi. Natijada shunday standart ishlab chiqildiki, unga koʼra: birinchidan, IKM va kanallarni vaqt boʼyicha ajratish asosida raqamli uzatish tizimlarini tashkil qilishda asosiy standart sifatida PRI birinchi standarti (DS1-DS2-DS3) ning uchta birinchi satxlari, ikkinchi standarti (DS1-DS2-DSJ3-DSJ4) ning toʼrtta satxlari va uchinchi standarti (E1-E2-E3-E4) ning toʼrtta satxlari standartlangan va standartlarning kross-multipleksirlash, masalan, uchinchi standartdan birinchi standartga (birinchidan ikkinchi sathga) va aksincha (uchinchidan toʼrtinchi satxga) kross-multipleksirlash sxemasi 1-rasmda koʼrsatilgan (multipleksorlash koeffitsientlari uzatish tezliklarini taqdim etuvchi bloklarning aloqa liniyalarida koʼrsatilgan);ikkinchidan, ikkinchi standartda 32 064...97 728 kbit/s (yaxlitlangan holda 32...98 Mbit/s) tarmogʼi, yaʼni birinchi standartdagi DS3 va uchinchi standartdagi E4 satxlariga parallel boʼlgan DSJ3 va DSJ4 satxlari saqlangan boʼladi. DSJ3 satx E3 satxga mos boʼladi, bu esa ikkinchi satxdan uchinchi satxga kross-multipleksirlashni osonlashtiradi.
Endi PDH tizimlarining kamchiliklarini koʼrib chiqamiz: - plezioxron raqamli ierarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448, 34368, 139264 kbit/sga teng; - birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun qoʼshimcha bitlar qoʼllaniladi. Bunday multipleksorlash koʼp kanalli yuqori tezlikli signallarni hosil qilishni qiyinlashtiradi; -PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli raqamli oqimni toʼgʼridan-toʼgʼri ajratib olish imkoni yoʼq. Buning uchun liniya signalini bir necha bor oʼzgartirish kerak. Bularni amalga oshirish uchun bir qancha multipleksorlar toʼplami kerak boʼladi. Bu esa, oʼz navbatda, tizimni yekspluatatsiya qilishni, hizmat koʼrsatishini qiyinlashtiradi va uzatiladigan axborot sifatiga taʼsir koʼrsatadi. - Masalan 140 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikdagi raqamli oqimni ajratish jarayonini koʼrib chiqaylik (2-rasm). Buning uchun 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqim MUX-140 multipleksori orqali, 34 Mbit/s tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. Soʼngra bu signal MUX-34 orqali 8 Mbit/sek tezlikli raqamli oqimlarga ajratiladi. Nihoyat MUX-8, orqali 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimga ajratib olish mumkin. Аgar 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimni yuqori tezlikdagi raqamli oqimga birlashtirmoqchi boʼlsak, yana bir necha marta xuddi shu jarayonni teskarisini amalga oshirish lozim. Bu esa, oʼz navbatida uskunaviy qiyinchiliklarni, sinxronizatsiya muammolarini yuzaga keltiradi va xatoliklarni kelib chiqishiga sabab boʼladi; raqamli kommutatsiya uchun kerakli boʼlgan sinxronizatsiya birinchi satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron yemas; -PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, asosan mis oʼtkazgichli kabellarni qoʼllash uchun moʼljallangan. Liniya traktidagi uzatish tezligi va kodlar, kabelning ishlash shartini belgilaydi. Bu parametrlar standartlashmagan va turli ishlab chiqaruvchilarda turlichadir; -tizimda koʼpgina oʼzgartirishlar (bloklarni oʼzgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qoʼl yordamida amalga oshiriladi; -boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qoʼshimcha boshqaruv tarmogʼi va tizimni tashkil qilish kerak; -PDHning yana bir asosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning deyarli yoʼqligi. Bularsiz yuqori sifatli xizmat koʼrsatuvchi ishonchli tarmoqni tashkil qilish mumkin yemas. PDHda uncha katta boʼlmagan hajmda bunday vositalar mavjud, lekin ular standartlashmagan. Shu sababli xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan nazorat va boshqaruv tizimlari bir-biri bilan chiqisha olmaydi. 2-rasm. PDH asosidagi sxemada 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimni ajratish usuli. PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari Kanallarni vaqtli ajratish va IKMli multipleksorlashga asoslangan, analogdan raqamliga oʼtish bilan bogʼliq boʼlgan telekommunikatsiyaning yangi texnologiyalari oxirgi yillarda zudlik bilan rivojlana bormoqda. Raqamli usullarni qoʼllaganda multipleksor kirishdagi ketma-ketliklarni "taym-slot" (slot-vaqtli oraliq, sikl) shakllangan bir xil nomlanuvchi "n" bloklar boʼyicha (bit, bayt, bir necha baytlar) takrorlanuvchi guruxlardan tashkil topgan bitta chiqishda shakllantiradi, yaʼni multipleksorlarning asosiy vazifasi (multipleksorlash aloqachilar tilida zichlashtirish degan maʼnoni anglatadi) kirishdagi hajmi boʼyicha kichik boʼlgan bir necha aloqa kanallarini, chiqishdagi bitta aloqa kanaliga uzatish uchun katta xajmli bitta kanalga birlashtirishdan iborat. Аgar kirishdagi signal sifatida uzatish tezligi 64 kbit/sga teng boʼlgan DSO asosiy raqamli kanallar (АRK)dan foydalanilsa, unda bitta multipleksor yordamida amalda nx64 kbit/sli tezlikga ega boʼlgan oqimlarni shakllantirish mumkin. Shunday bir nechta multipleksorlarni qoʼllash orqali talab qilingan sathgacha, talab qilingan kanallar sonini beruvchi raqamli ierarxiyani tashkil qilish mumkin. Bunday uchta ierarxiya 80-yilarda ishlab chiqilgan yedi. АQSh va Kanadada qabul qilingan bitta ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi sifatida 1544 kbit/s (n=24ta, tezligi 64 kbit/s)li telefon kanallari qoʼllaniladi. Yaponiyada qabul qilingan ierarxiyada asosiy raqamli kanalning tezligi uchun xuddi shu tezlikdan foydalaniladi. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi ierarxiyada, asosiy raqamli kanal signalining uzatish tezligi 2048 kbit/s deb qabul qilingan (TCh kanallar soni n=32 teng, umuman olganda n=30), yaʼni bunda axborotli kanallar sifatida tezligi 64 kbit/s boʼlgan 30 ta TCh kanal va 64 kbit/sli 2 ta signalizatsiya kanali, boshqarish uchun qoʼllaniladi. Uchta ierarxiyani bir vaqtda parallel rivojlanishi dunyoda global telekommunikatsiyani rivojlanishini amalga oshira olmadi. Bundan tashqari, raqamli oqimlarning tezligini tenglashtirish uchun qoʼshimcha bitlardan foydalanishga toʼgʼri keldi. Yana bir murakkab tomoni shundan iboratki, tarmoqda oqimlarni nazorat qilish va boshqarish maqsadida hizmat kanallarini tashkil qilish imkoniyatining sustligi va tarmoqda berilganlarni uzatish uchun juda muhim boʼlgan pastki multipleksorlangan oqimlarni marshrutizator vositalarini toʼliq yoʼqligi. Chunki standartda sarlovxa uchun lozim boʼlgan meʼyordagi marshrutlashtirish qarab chiqilmagan. Bunday maxsus marshrutizator vositalarining yoʼqligi natijasida, PDHning freym va multifreymlarini shakllanish jarayonida xatoliklarni yuzaga kelishi oshadi va axborotlarni yoʼqolishiga olib keladi. Natijada uzatish tizimlari orasidagi sinxronizatsiya buzilishi mumkin va axborotlarni uzatish imkoniyati boʼlmaydi. PDH tizimlari oʼzlarining qator kamchiliklari bilan hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan tarmoqlar yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli sinxron raqamli ierarxiyaga oʼtish ushbu muammolarni yechishda katta ahamiyat kasb yetadi. Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi. SDH ni xosil qilishdan maqsad va uning afzalligi SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad: 1. Kirish oqimlarini yigʼmasdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, Ye1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega); 2. Xar qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan boʼlishi lozim); 3. Bir qator uzatish tezliklarini tizimlashtirish va PDH chegarasida davom ettirish (PDHda xar birining standart tezligi 64 kbit/s ga teng boʼlgan, 3 ta: Аmerika, Yaponiya, Yevropa ierarxiyasi mavjud edi. Optik tolaga oʼtgandan keyin barcha tizimlar birlashtirildi va barcha triblar STM-1 deb ataldi). SDH tizimining 1- satxida : STM-1 2- satxida: STM-4 = STM-1 * 4 3- satxida: STM-16 = STM-4 * 4 4- satxida: STM-64 = STM-16 * 4 SDH tizimlarini vujudga keltirish orqali barcha berilgan triblarni (komponent signallarni), xar qanday SDH tizimlariga oʼtishda Аmerika, Yaponiya, Yevropa standartlariga birlashtirishni (E1 ….. EN) qarab chiqadi. 4. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qoʼllash. 5. SDH tizimlarini qayta ishlashdan oldin optik muxitda uzatishni qoʼllash belgilangan va SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi). Аvzalligi Sinxron raqamli ierarxiya quyidagicha afzalliklarga ega: 1. Sinxron tarmoqlarda bitta kirish-chiqishli multipleksorlar, E1 boshlangʼich triblarini STM freymiga oʼzgartirishni amalga oshiradi. PDH ierarxiyasida yuqori satxga oʼtish uchun bir necha marta oʼzgartirish zarur boʼlsa, bunda toʼgʼridan-toʼgʼri E1 satxidan SDH (STM-1) satxiga oʼtishni amalga oshirish mumkin. Bu iqtisodiy jixatdan qurilmalarni tiklashga va taʼminotini tejashga olib keladi. 2. Ishonchlilik va tarmoqni qayta tiklash. Optik tolali uzatish tizimlarida shovqin taʼsiri tufayli emas, balki uning (SDH ning) arxitekturasi va tarmoqni boshqarish xisobiga tarmoq rad etmasdan ishlaydi. 3. Boshqariladigan tarmoqlarning oʼta chidamliligi. Bu liniyadagi kanallar sonining juda koʼpligi va kompyuter ierarxiyasining elementi orqali yo tarmoqli satxga ega boʼlgan boshqarish, bundan tashqari tarmoqni biror markazdan, masofadan turib boshqarish imkonidir (STM-1 sarlavxasi 80 baytdan iborat boʼlib, shundan 20 tasi axborotli signallar uchun, 60 tasi esa boʼsh xisoblanib, ular tarmoqni boshqarish uchun qoʼllaniladi). 4. Boshqa zamonaviy texnologiyalarni oʼziga biriktirgan xolda, xar qanday trafikni (yuklamani) uzatish imkoni, masalan, Frame Relay – xozirgi zamonaviy tizimlardan biri (32 baytli АTM paketi) yoki qatorlar orasida bir qonun boʼlishi lozim. Xulosa Malumotlarni o`qish, o`rganish davomida umumiy holat uchun quidagi xulosalarga keldim: PDH bu – signallarning raqamli o`zatilishidir. Uning ishlashi kanallarini vaqtlar oralig`iga bo`lish hamda IKM (impuls kodli modul) ga asoslangan. PDH texnalogeyasida asosiy kirish signali sifatida asosiy raqamli signal ishlatiladi. PDH texnalogeyasidan chiqishda esa signal n*64 kbit/s tezlikga ega bo`ladi. Foydali ma`lumotlarni tashuvchi asosiy raqamli kanalga qo`shimcha bit gruppa qo`shiladi, bu esa o`z navbatida xatolarni sinxronlash, fazalash, signallash va boshqarishni amalga oshiradi. Raqamli oqim 0 va 1 ko`rinishida bo`ladi. 0 va 1 lar o`zida ovoz, matin va boshqa turdagi axborotlarni mujassamlashtiradi. PDH texnalogeyasida axborotlarni uzatishda axborot turiga qarab uzatish tezligi turlicha bo`ladi, bu degani xar xil oqimlar uchun xar xil tezliklar mavjud: Matn uchun – 50……..100 bit/s Raqamli malumotlar uchun – 200 bit/s va undan yuqori Ovoz uchun – 64 kbit/s Harakatlanuvchi tasvir – 100 mbit/s Raqamli sestemalar butun dunyoda yaratiladi shuning uchun davlatlar kelishgan holda bitta standart asosida apararatura yasashga kelishildi. Bu standart “Xalqaro Eliktor Aloqa” birlashmasi tomonidan belgilandi. (MCЭ – межданародни саюз эликтросвязе). MCЭ – uzatish sestemasini qurishni earxik prinsp asosida yaratishni tavsiya etadi. Bir juft kaoksial kabel yoke 1 ta optik tola yordamida 2000 tagacha telifon aparatini birlashtirish va yana shuncha telifon aparatiga boglanish mumkin. PDH texnalogeyasi judaham zur texnalogeya ammo bu tizim vaqt o`tgan sari malumo`mot almashish jarayoni , sifati, tezligi kabi belgilari bu tizimni bir qancha kamchiliklarini yuzaga chiqishiga sabab bo`ldi. PDH texnalogeyasida kich tezlikli kanallarni bitta yuqori tezlikli kanalga birlashitirish uchun bir qancha multepleksorlar toplami zarur edi va shu jumladan katta tezlikdagi kanaldan kichik tezlikli kanalni ajratib olish uchun avval bu kanal yirtilib (ajratilib) so`ngra kerakli tezlik ajratib olinadi. PDH texnalogeyasida vaqt o`tishi bilan mavjud bo`lgan standartlarni paralil rivojlantirish judaxam muammoli vazyatni keltirib chiqardi bu esa o`z navbatida jahon miqyosidagi aloqa almashinuvini cheklanishiga sabab bo`ldi. PDH texnalogeyasining birinchi standarti ya`ni SHimoliy Amerika standarti , ikkinchi standarti Yevropa va Janubiy Amerika standarti, uchinchisi esa Yaponiya standarlari edi bo`lar parallel rivojlantirish judaxam qiyin masala edi shu sababdan yangi bir raqamli uzatish tizmi kerak edi aynan shu sababga ko`ra yangi raqamli earxiya yaratildi yani SDH (Sinxron Raqamli Earxiya) bu tizim PDH da mavjud barcha kamchiliklarni bartaraf etish va raqamli oqimni tashkil etishni hamda dunyo aloqa tizimlarini bir standar ostida birlashtirish ko`zlangan edi. SDH orqali 155,520 mbit/s tezlikdagi va undan yuqori raqamli oqimlarni birlashtirish va ajratish imkonyati mavjud bo`ldi. Ma`lumki raqamli oqimlarni birlashtirish senxron rejmda olib boriladi shu jixaddan ham bu texnalogeya SDH nomini oldi. Asosan bu texnalogeya PDH ni kamchiliklarini bartaraf etigan yangi ko`rinishidagi keying avlodi deb yuritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: R.I.Isayev, R.K.Atametov, R.N.Radjapova “Telikommunikatsiya uzatish tizimlari” Foydalanilgan saytlar: ziyonet.uz Download 139.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling