REJA ;
Praksis tushunchasi
Praksis natijalarini va tub ildizini o’rganish
O’rganish , va praksisni tuzatish mashqlari haqida
Bola miyasining nutq zonalariga zararli omilning nutq shakllanib bo’lganidan so’ng ta’sir ko’rsatishi hollarida afaziya yuzaga kelishi mumkin. Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to’liq rivojlanmaganligining yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o’rin tutadi. Bunday hollarda nutqiy nuqson hatto ahamiyatsiz tuyulgan zararli omillar ta’siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin. Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, nutq to’liq rivojlanmaganligini keltirib chiqaruvchi etologik omillarning murakkabligi va ko’p shaklliligi haqida umumiy xulosaga kelish mumkin. Nutq to’liq rivojlanmaganligi etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog’liq nutq to’liq rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega. Jarohatlanish vaqtiga bog’liq ravishda homiladorlik patologiyasi, tug’ruq travmasi bilan (miyaning intranatal jarohatlanishi) bog’liq markaziy nerv tizimi buzilishlari va bola tug’ilganidan so’ng infeksiyalar va travmalar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi postnatal zararlanishlarga ajratiladi. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi etiologiyasida perinatal ensefalopatiya-homiladorlik davri singari tug’ruq davrida ham zararli omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keluvchi miya zararlanishi, alohida o’rin tutadi. Agar perinatal ensefalopatiyaning sababi miyaning bachadon gipoksiyasi va
Do'stlaringiz bilan baham: |