Mavzu : Pulning kelib chiqishi, mazmuni. Hozirgi zamon pullari tabiati va mazmuni Mundarija


Download 48.33 Kb.
bet8/12
Sana11.11.2021
Hajmi48.33 Kb.
#173436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
TU-52 Olimova Sevara. Iqtisod kurs iwi

Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.

Birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—65 yillarda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa T

Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.

I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsa-taveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.

Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrna-gadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.

Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.

Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.

I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, I. surʼatlari 1980 yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990 yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000 yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.

Iqtisodiyotda, inflatsiya muomalada mavjud boʻlgan

 Va xizmatlar narxining oʻsishi degan maʼnoni anglatadi. Inflatsiya atamasi, koʻproq pulga talabning ortishiga taʼluqlidir, shunga qaramay, inflatsiya haqiqiy harid qilish qiymatini kuchsizlantirib tanozzulga ham olib keladi. Umumiy narh darajasi ortganda, har bir valyuta tovar va hizmat koʻrsatishga ega boʻlishi kamayib boradi. Harh-navo inflyatsiysi inflatsiya sur’ati bilan oʻlchanadi, yani narh indeksining foizi oʻzgaradi, xuddi isteʼmol narhi indeksi kabi. Inflatsiya iqtisodni shubhasiz inqirozga olib keladi. Masalan, inflatsiya beqarorligi kelejakda investitsiya va jamgʻarmalarni esankiratib qoʻyishi mumkin.

Inflatsiya darajasi yildan yilga farq qiladi. 1950 yildan byuon, AQSh dollari inflatsiyasi darajasi −0.7 % (1954) dan 13.3 % (1979) ga oʻzgarib turadi. 1991 yildan buyon, bu koʻrsatkich yiliga 1.6 % va 3.3 % oʻrtasida boʻlgan. 1950 yildan buyon 18 ta davlat giperiflyatsiyaga uchradi. Bunda inflatsiya darajasi oyiga 50 % edi. Yaqin yillarda Yaponiya negativ inflayatsiyani boshidan kechirdi, yaʼni yiliga 1 % deflyatsiyani. Koʻpgina davlat Markaziy Banklari inflatsiya darajasini past ammo pozitive holda ushlab turishga harakat qilmoqda. Bazilari bu koʻrsatkichni 1-3 % da ushlab turishni rejalashtirgan. Kumush va oltinga asoslangan iqtisodiyot bazan inflatsiyaga uchrasada, bu iqtisodiyotdagi inflayatsiya darajasi kamdam kam yiliga 2 % dan oshadi va umumiy yani asrlar mobaynida bu koʻrsatkich 0(nol) ga yaqin boʻladi. Qogʻoz pullarga asoslangan iqtisodiyot esa anchagina koʻproq inflatsiyaga uchraydi. Piter Bernolz bu haqda shunday degan: „Eng yuqori inflatsiya XX asrda metall pullar hech qanaqa kuchga ega boʻlmagan davlatlarda yuz berdi.“ 1971 yilda AQSH hukumati dollarning oltinga bogʻliqligini tamomila uzdi, yani AQSH hukumati oʻz valkyutasini oltin bilan taminlamadi. Oʻsh paytda koʻplab davlatlarning budjet zahiralari AQSH dollarida edi. Dollarning inflatsiyaga uchrashini bilgan davlatlar AQSH dan pulini oltinga almashtirib berishni talab qiladi, lekin AQSH buni rad etadi. Pul rezervi dollarda boʻlgan davlatlar giperinflatsiyani oldini olishga harakat qilsa ham 1971 yillarda shu davlatlarda inflatsiya darajasi juda yuqori boʻldi. Lekin 1985 yillardan keyin koʻplab davlatlarda inflatsiya darajasi 1971 −1985 yillarga qaraganda anchagina pasaydi.

 O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari  


Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning mikdori o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi: 
1.    Sokin  inflyatsiya.  Ushbu  inflyatsiya  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda mavjud  bo’lib,  ushbu  holatda  mahsulotlar, bajariladigan  ishlr  va  ko’rsatiladigan xizmatlarga  bo’lgan  narx-navolar  yiliga  o’rtacha  3%  dan  10%  gacha  oshishi 
mumkii.  Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi. 
2.    Shiddatli  inflyatsiya.  Ushbu  inflyatsiya  iktisodiy  rivojlanayotgan 
mamlakatlarda  mavjud  bo’lib,  ushbu  xolatda  mahsulotlar,  bajariladigan  ishlar  va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha   10% dan 100% gacha  ba’zi  holatlarda  200%  gacha  oshishi  mumukin.  Buning  natijasida muomaladagi  pul  massasi   ko’payadi  va  milliy  pul  birliginnng  xarid  qilish 
kobiliyati  tushadi.    Mamlakat  aholisi  o’rtasida  milliy  pul  birligini   jamg’arishiemas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi  jarayoni kuchayadi. 
3.  Jilovlanmagan  (giperinflyatsiya)  inflyatsiya.  Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar,  bajariladigan  ishlar  va  ko’rsatiladigan  xizmatlarga   bo’lgan  narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik  darajada oshadi.  Ushbu xolatda  milliy  ikgisodiyotda  inqiroz  yuzaga   chiqadi.    Buning  natijasida  ishlab chikarish va bozor boshkaruvsiz  faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi farq  ortadi.   Mamlakat  aholisi  qo’lidagi  kogoz  pullarga  tovarlar  sotib  oladi.    Bu 
holat  esa  muomalada    tovar    massasi    bilan    tovar    va    xizmatlar    bilan ta’minlanmagan ortiqcha qogoz pullarii to’lib-toshishiga olib keladi. 
Yuqorida  ta’kidlab  o’tganimizdek,  inflyatsiyaning  asosiy  sababi  odatda  bir emas,  balki  bir  nechta bo’lib o’zaro  mahkam  bog’langan   bo’ladi va narxining  ko’tarilib    borishi    bilangiia    namoyon    bo’lib    qolmaydi,    balki  narxni boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi.   


Download 48.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling