Mavzu : Pulning kelib chiqishi, mazmuni. Hozirgi zamon pullari tabiati va mazmuni Mundarija


Download 48.33 Kb.
bet7/12
Sana11.11.2021
Hajmi48.33 Kb.
#173436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TU-52 Olimova Sevara. Iqtisod kurs iwi

2,Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko’pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir.11 Pul tabiatining o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga bo'lgan talab, asosan, ularni valyuta vositasi sifatida ishlatish bilan bog'liq bo'lib, bu ularning iste'mol qiymatiga bo'lgan talabni kamaytirishga yordam beradi. XXI asrda naqd va naqdsiz pul muomalasi mavjud bo‘lib, eng ko‘p qo‘llaniladigan pul shakllari – bu qog‘oz, kredit va elektron pullardir.

Kredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Kreditning va kredit tizimining rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqardi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga ob’yektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bo‘ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan beriladigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yana bir turi – cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o‘z hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan buyruqlardir.



Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tkazish yo‘li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.

Tez almashish (likvidlik) tushunchasi, hozirgi zamon qog‘oz pullarini (so‘m, tanga, dollar, lira va h. k.) bevosita sotib olish va har xil to‘lovlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, osonlik bilan qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha yengil avtomashina bo‘lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo‘lib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma’lum miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h. k.) ega bo‘lsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz. Pul mutloq tez almashish layoqatiga ega bo‘lishi sababli qiymatni saqlashning eng likvid vositasi hisoblanadi.

Bu sohadagitadqiqotlar- ning jonlanishi XX asrning 50-yillarida boshlangan bo‘lib, «pul renes- sansi» yoki «pulni takroran kashf etish» deb nomlangan. U paytda g‘arb mamlakatlarining pul-kredit tizimi ikkinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun pul emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan keng foydalangan davlat budjet organlari vasiyligidan chiqa boshladi. Markaziy banklar ko'proq mustaqillikka ega bo‘ldi va pulning xarid qobiliyatini mustahkamlash uchun shiddatli vositalardan foydalana boshladi. Biroq moliya-kredit tizimini to‘liq barqarorlashtirishning uddasidan chiqilmadi. G ‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi pul muomalasining surunkali yetishmasligiga duch kelgan bo‘lib, bu inflatsiya bosimining vaqti- vaqti bilan kuchayishi, ssuda kapitali bozorining beqarorligi, foiz stavkalarining keskin tebranishi, valuta muammolari va hokazolarda namoyon bo'Idi. Shunday qilib, pul muammolariga g‘arb nazariyotchilari ko‘rsatgan kuchli e’tibor asoslangan hisoblanadi.

Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari g‘arb iqtisodiy fikr namoyondalari o‘rtasida qizg‘in munozaralar va raqobat maydoniga aylangan. Chunki xo‘jalik rivojlanish sur’atini rag‘batlantirish va iqtisodiy konyunkturani kundalik boshqarish vositasi sifatida pulni tezkor qo‘llashni ifodalovchi keynsyondashuvi va pul sohasidagi avtomatik bozor stabilizatorlari harakatini qiyinlashtiradigan iqtisodiyotdagi ziddiyatlar va disproporsiyalarni qoralovchi monetarizm o ‘rtasida chegara yotadi.

Hozirgi raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan sharoitda pulning mohiyati, pul muomalasi va uning qonuniyatlarini ilmiy-nazariy

jihatdan o'rganish, tahlil etish va ommaga yetkazish nafaqat iqtisodiyot uchun, balki hayot uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Pulning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi mohiyatini iqtisodiyot nazariyasida to'plangan boy ilmiy yondoshuvlarni tahlil qilish asosida o'rganishga to'g'ri keladi.

Chunki pul to'g'risidagi nazariyada turlicha yondashuvlar va qarashlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida umumiylik yo'q. G'arb iqtisod-

chilarining pul ta’rifi haqidagi asarlarida doimo tadqiqot obyekti, uning mohiyati va shakllari, tashqi belgilarini yetarlicha aniq tushunmaslik

seziladi. Xususan, pulning konseptual tabiati ko'pincha turli tarixiy pulning muayyan shakllari haqidagi masalalar bilan almashadi. Birinchi o'ringa turli pul agregatlarini loyihalashtirish muammolari, pul to'lovlari zaxirasining elementlar tarkibi haqidagi muammolar chiqadi.

Shu sababli, uning to'g'ri mazmunini ko'rsatib berish uchun pul to'g'risidagi asosiy nazariyalarni o'rganib, tahlil etiladi.Pulning mohiyati haqidagi nazariyada uch asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: metallistik, nominalistik va miqdoriy.

3.Inflatsya o’zi nima ?


Download 48.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling