Kredit pullar
Manbalarga ko'ra, dastlabki qog'oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan. Jamiyatda tovar - pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o'rtasida ayirboshlash hajmi misli ko'rilmagan darajada o'sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta'rninlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo'ldi.
Ishlab chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keldi. Tovar va to`lov aylanishi ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari-chek, veksel va banknotlar chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |