Mavzu : pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funksiyalari reja


Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo’lish shakllari


Download 298.62 Kb.
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi298.62 Kb.
#1283016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari

2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo’lish shakllari.

Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.

Pulning kelib chiqish tarixi ko’proq pulning evolyutsion nazariyasi bilan bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular – birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir.

  • Pulning kelib chiqish tarixi ko’proq pulning evolyutsion nazariyasi bilan bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular – birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir.
  • Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehkonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko’payishi almashinuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashinuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. O’tgan asrdagi iqtisodchilar pul – bu tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab berishgan: Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi.

Download 298.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling