Mavzu : pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funksiyalari reja


Pulning funktsiyalari: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi, jamg’arma vositasi va jahon puli funktsiyalari


Download 298.62 Kb.
bet4/6
Sana18.03.2023
Hajmi298.62 Kb.
#1283016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari

5.Pulning funktsiyalari: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi, jamg’arma vositasi va jahon puli funktsiyalari

  • 5.Pulning funktsiyalari: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi, jamg’arma vositasi va jahon puli funktsiyalari
  •  
  • Qiymat o’lchovi funktsiyasi. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo’lgan pulda o’lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan qog’oz va kredit pullari bu funktsiyani bajarmoqda.
  • Qog’oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQShda 1 dollardan 10 dollargacha bo’lgan kupyuralar AQSh G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQShda Moliya vazirligi yo’q. Bu vazifani AQSh G’aznachiligi bajaradi.
  • Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo’lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi.
  • O’zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi.
  • Muomala vositasi funktsiyasi. Bunda tovar-pul yoki pul-tovar operatsiyasi bir vaqtning o’zida yuz beradi, ya’ni tovarlar nasiyaga sotilmaydi.
  • To’lov vositasi funktsiyasi. Bunda tovarlar to’lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to’lovlar ham pulning to’lov vositasi funktsiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to’lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to’lovlarini to’laydilar.

 

  •  
  • Jamg’arish vositasi funktsiyasi. Bunda naqd va naqd bo’lmagan pullar jamg’ariladi. Aholi, korxonalar o’zlarining bo’sh pul mablag’larini banklarga muddatli yoki jamg’arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo’lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funktsiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funktsiyasini bajaradi.
  • Jahon puli funktsiyasi. Jahon puli funktsiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o’zbek so’mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko’ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5 ta valyutada amalga oshirilmoqda. Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi.

Download 298.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling