Mavzu : pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funksiyalari reja


To’laqonli va haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi


Download 298.62 Kb.
bet3/6
Sana18.03.2023
Hajmi298.62 Kb.
#1283016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari

3. To’laqonli va haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi.

  • 3. To’laqonli va haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi.
  •  
  • Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga ko’ra pullar ikki turga bo’linadi:
  • haqiqiy pullar;
  • – haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.
  • Haqiqiy pullar nominal qiymatini o’zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo’lgan metall pullar bo’lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo’lgan aylana (shu shakl-da metall emirilishi kam bo’ladi) shaklda chiqarilgan.
  • Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
  • Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo’ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o’rtasida o’zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o’zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zlari ishlab chiqargan mahsulotni ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash uchun yo’naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan.

4. Kredit pullari va ularning turlari.

  • 4. Kredit pullari va ularning turlari.
  •  
  • Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
  • Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
  • Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o’tkazma veksel - tratta) ko’rsatilgan summani, ko’rsatilgan vaqtda va joyda to’lash to’g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
  • Tijorat veksellarning oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo’lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi.
  • Yana veksellarning o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.
  • Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo’lib, Mar-kaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi.
  • Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo’lishini taqozo qiladi. Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so’zi italyancha “bantsa” so’zidan olingan bo’lib “stol”, banknota “pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi monetalarni stol ustida qo’yib xisob-kitob qilganlar. Bank- bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi bo’sh pul mablag’larine tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlilik, muddatlilik, to’lovlilik va ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotidir.

Download 298.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling