Mavzu : Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi


Download 149.44 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi149.44 Kb.
#1312313
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
APPARAT (2)


Mavzu : Quritish jarayoni va quritish
kamerasi xisobi.

R E J A:

  1. Kirish.



  1. Uskuna konstruksiyasi va issiqlik jarayoni tavsifi.




  1. Konstruktiv hisob kitob.




  1. Uskunaning texnik hisobi.




  1. Issiqlik ishlovi hisobi.




  1. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Issiqlik almashinishi nazaryasi-issiqlik tashish jarayonlari haqidagi fan. Tabiat va texnikada kuzatiladigan ko`pgina hodisalar issiqlik almashinishi bilan bog`liq. Bino va inshoatlarni loyihalash va qurishning ko`pgina masalalari issiqlik almashishi nazariyasi yoki va uning ayrim qoidalari asosida hal qilinadi. Issiqlik almashinish qoidalarni bilish injener–quruvchiga to`suvchi konstruksiyalar, materialni va qalinligini isitish uskunalari bilan bog`lash iqtisodiy jihatdan arzon va insonlarni sovuqdan himoya qilish imkonini beruvchi yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish hamda qurilish sanoati rivojlanishi natijasida paydo bo`ladigan boshqa muammolarini yechish imkonini beradi.Qurilish materiallashunosligining dolzarb masalalarigayuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xomashyo zaminida ishlab chiqarilganbuyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarinibelgilash kiradi.Yer yuzida energiya resurslaring kamayib borishi, bino qurilishida enirgiya samaradorligini keskin oshishini taqozo etadi.
O`zbekistonda ishlab chiqariladigan energiyaningdeyarli 50% ni yokiyiliga 17million tonna neftekvivalenti aynan binolarning energiya turiga to`g`ri keladi. Shunga mutanosibravishda parnikgazlarning 40% nibinolarga xos jarayondir. Bu soxa O’zbekiston Respublikasi «Davlatarxitekturaqurilish»qo`mitasi, Birlashgan millatlartashkilotining rivojlantirish Dasturi va global ekologik fondi bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligimuammolari sohasida ustuvor dasturlarnibajarmoqda. Jumladan turar joy, jamoat (maktablar, bog’chalar, shifoxonalar va sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturidir. Ushbu dasturlarni bajarish uchun arxitektura qurilish soxasidagi Oliy ta`lim muassasalari, loyiha, ilmiy-tadqiqot institutlariva qurilish tashkilotlari jalb etilgan.Energiya samaradorlikda asosiymezon sifatidaqurilish materiallari vabuyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.Ushbu muammolarning asosiy yechimlaridan biri issiqlik izolyatsiyasimateriallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizikva ekspluatatsiya xossalarinikeskin yaxshilash, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda kam energiya sarflash muammosi yechimi hamenergiyani tejashning asosiy omillari hisoblanadi.Global muammoning yechimida bo`lajak arxitektor va quruvchilarni talabalik davridane`tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo`llantirish yaxshi natijalar beradi.Binolarning qurilishidava eskilarini qayta qurishdaenergiya institutini kiritishdavrtalabiga aylanadi.O`zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo`mitasi, Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish tashkilotiva global ekologikfondning «Sotsial obektlariningenergiya samaradorligini oshirish»mavzusidagi qo`shmaloyihasi asosidaQMQ 2.08.05-97, QMQ 2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, QMQ
2.01.18-2000, QMQ 2.04.05-97, QMQ 2.03.10-95 va QMQ 2.08.04-04 kabi me`yoriy hujjatlarga energiyani tejash bo`yicha majburiy talablar qo`yiladi.Issiqlik jarayonlari bu-materiallarga oldindan rejalashtirilgan xususiyatlar beradigan issiqlik majmuyining ta`siridir.Issiqlik va qayta ishlashta`sirida har xil sharoit va haroratlarda material tarkibidagi fizik kimyoviy o`zgarishlar natijasida yangi xususiyatlarga ega bo`lgan material olishdir.Quritish-bu 100-150⁰C haroratda materialdagi mexanik, fizik va kimyoviy bog`langan namliklarni chiqarib yuborish jarayonidir.Barcha materiallar–sopol buyumlar pishirishdan oldin, sochiluvchan materiallar maydalanishidan oldin, issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar mustahkamligi oshishi uchun quritiladi.Pishirish–bu materialni yuqori haroratdagi issiqlikda qayta ishlash natijasida, ularning tuzilishidagi fizik-mexanik o`zgarishlar orqali talab qilingan xususiyatlarga ega bo’lish jarayonidir.Sementni pishirish harorati - 1500⁰ C. ohakni pishirish harorati 1200⁰ C. Sopol buyumlarni pishirish harorati - 1500⁰ C. Materialdagi organik moddalarning yonishi va gaz hosil qilishi natijasida, hajmining kengayishi ko`pchish deb ataladi.Quyidagi materiallar ko`pchishi yo`li bilan olinadi: keramzit, keramporit va hokazo. Aglomeratsion kameralarda sochiluvchan materiallar tarkibidagi organik moddalarni yoqish natijasida hosil bo`ladigan xususiyat-qizdirib birikish deyiladi. Qizdirib birikish jarayoni orqali lyo`sslar asosidagi g`ovak agloporit materiali olinadi.
Erish bu material xomashyolarining 2000-2500⁰ C harorat ta`sirida qattiq holatdan suyuq holatga o`tishidir.Issiqlik almashinishi shunday murakab jarayonki, uni bir nechta sodda jarayonlarga ajratish mumkin. Uchta elementlar bir biridan keskin farq qiluvchi issiqlik almashish jarayonlari – issiqlik uzatuvchanlik, konvensiya va issiqlik nur tarqatish mavjud.

Download 149.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling