Mavzu : Quritish jarayoni va quritish kamerasi xisobi
USKUNA KONSTRUKSIYASI VA ISSIQLIK JARAYONI TAVSIFI
Download 149.44 Kb.
|
APPARAT (2)
USKUNA KONSTRUKSIYASI VA ISSIQLIK JARAYONI TAVSIFI.
Zavodda ishlab chiqariladigan barcha mahsulotning 85% ga qadari kameralarda, bug` me`yoridagi atmosferalarda bosimi va harorati 60-100⁰C bo`lgan sharoitda bug`lanadi. Bug`lashdan tashqari yana avtoklavda betonni 174-191⁰C yo`ydirilgan 0.9-1.3 MPа bosimida bug` bilan bug`lash, berk qolipni tashqarisidan qizdirish yo`li bilan, betonni induksion tok bilan, elektr magnit maydonida isitish usullari ishlatiladi. Zamonaviy qurilish ishlarida betondan foydalanish samaradorligi ko`p jihatdan temir beton buyumlari ishlab chiqarish suratiga bog`liq bo`ladi. Zavod tehnologiyasi asosida yig`ma temir-beton ishlab chiqarish sharoitida beton qotishini tezlashtirishning asosiy vositasi unga issiqlik bilan ishlov berish bo`lib qoladi. Bug`lash kamiralarining tuzilishi. Temir–beton buyumlarini bug`lash uchun davriy va uzliksiz ishlaydigan kameralar ishlatiladi. Yig`ma temir-beton ishlab chiqarishda ayniqsa keng tarqalgan kameralardan issiqlik bilan ishlov berish, buyumni joylash va chiqarish uzun tanaffus qilinib ishlatiladi. Uzliksiz ishlaydigan kameralarda issiqlik ishlov berish uzliksiz amalga oshirlib tayyor o`rnini boshqasi oladi. Davriy ishlaydigan kamiralar odatda stend va agregat patok tehnologiyalarida, uzliksiz ishlaydigan kameralar va konveyer tehnologiyalarida foydalaniladi. Temir-beton buyumlariga issiqlik ishlov berish uchun birinchi navbatda chuqurda joylashgan bug`lash kameralaridan foydalaniladi. Bu chuqurlik kameralari hozir ham keng qo`llanilmoqda. Chuqurda joylashgan kameralar to`laligacha yoki yarmigacha yerga kirgan, ba`zan esa yer yuzasida joylashgan bo`ladi. Ko`pincha yerga qisman kirgan (balandligi 2/3-4/5 qismi) ko`p seksiyali blokli kameralar quriladi. Ularning asosiy elementlari devor, kondensat oqib ketadigan moslama, ochiladigan qopqoq, kameraga bug` yetqazib beradigan, ochib yopgichlar qo`yiladigan quvirlar bo’ladi. Hozirgi vaqtda bug`lash kameralari uchun M 200 markali yuqori darajada mustahkam keramzit beton ishlatish tavsiya etiladi, og`ir betondan issiqlikni o`tkazishi 3-4 marta va issiqlik sig`imi 1.5 kam bo`ladi. Kameraning poli, kondensat oqib ketish uchun bir tomonga og’gan,gidroyopgich bilan jihozlangan va kondensatni chiqarib yuboruvchi umumiy tizimga ulangan bo`ladi. Qiyshaymasligi va bug` chiqmasligi uchun kameraning qopqog`i o`ziga xos konstruksiyaga va mustahkamlikkga ega bo`ladi. Bug` o`tqazuvchanlikni kamaytirish uchun qopqoqning ostki tomoniga 1.5-2 mm li po`lat tunika qoplanadi. Kamera devori bilan qopqoq o`rtasidagi tirqishdan bug` chiqmasligi uchun gidravlik yopgich ishlatiladi. Bug` kameraga kamira poliga aylantirib yotqizilgan quvirdan keladi. Ko`tarilayotgan bug` havo bilan qo`shilib bug`li havoli aralashmani hosil qiladi.Havoning konsentratsiyasiga qarab bug`li havoli aralashmaning harorati ham o`zgaradi. Misol uchun havoning miqdori 50% bo`lganda harorati tahminan 80⁰C bo’ladi. Chuqurlik kameralarning yana bir turi L.A.Semyonovning bosimsiz kamerasi hisoblanadi. Odatdagi kameradan farqli ravishda bunday kameraga bug` uning osti va ustiga joylashgan perfoquvirdan keladi. Qaytish quviridan kelayotgan bug` utillashtirish uchun kondensatordan o`tadi. Haroratni 90-95⁰C ga ko`tarish davrida ostki perfoquvirlardan bug` jo`natiladi. Haroratni yana ko`tartish uchun ustki perfoquvir yordamida amalga oshirladi. Bunday kamerada bug`langandan so`ng betonning mustahkamligi keskin oshadi, biroq bug` sarfi yuqori bo`ladi. Muhandis A.A. Voznesenkiy taklif etgan chuqurlik kamirasi PDK-KISI da bug` intensiv aylanadi va bir vaqtning o`zida buyum yuzasi yuvib turiladi. Kameraga bug` katta o`lchamli tirqishlardan beriladi. Bug` qo`zg`almasdan turgan issiq muhitni harakatga keltirladi va uning koeffitsientining ko`p marta oshiradi. Natijada issiqlik almashinishi yuqori bo`ladi va isitish bir tekis bo`lishiga erishiladi. Bug` bilan ta`minlashning mukammalroq usullarida issiq beruvchi tashqaridan purkaladi. Bug` kameraga katta o`lchamli purkagichlardan yuboriladi. Kamera polidan 200-300 mm yuqoriga perfoquvirlar qo`yiladi va ular yordamida bug` havo aralashmasi purkagichlar vositasida, kamerada aylanib turadi va natijada bug` bilan havo yaxshi aralashadi. Bug`ni alohida purkagichlardan yoki bir vaqtning o`zida perfoquvirlardan berish va shu vaqtning o`zida perfoquvirlardan berish va shu vaqtning o`zida bug` bilan havo aylanishiga erishilishi mumkin. Yoz vaqtida bug` kameraga nisbatan quruq keladigan sharoitda buyumni isituvchini qayta aylantirish usuli bilan qizdirish mumkin. Qishda bug` namligi yuqoriroq bo`lganda uni perfoquvirlardan yoki purkagichlardan yuborsa bo`ladi.Buyumni sovitish uchun kamiraga ventilyatsiya tirqishlari qo`yiladi va bug` havoli aralashma kameradan so`rib olinadi. Download 149.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling