Mavzu : Sanitariya-gigiyena talablari. Texnik qurilmalarni saqlash shart-sharoitlari
Download 0,89 Mb.
|
MT18. Mutaxasislikka kirish. Samandarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : Sanitariya-gigiyena talablari. Texnik qurilmalarni saqlash shart-sharoitlari
O`zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti matematika va informatika (kunduzgi) yo`nalishi 1-kurs 102-guruh talabasi Samandarova Dildoraning Mutaxassisikka kirish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu : Sanitariya-gigiyena talablari. Texnik qurilmalarni saqlash shart-sharoitlariReja1. Kompyuter oldida joylashish tartibi2. Kompyuter texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari3. Texnik qurilmalarni saqlash shart-sharoitlari“ Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganish maqsadida maktablarda maxsus kompyuter xonalari tashkil etilgan. Hammaga ma’lumki, barcha elektr asboblari kabi kompyuter ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan elektr toki yordamida ishlaydi. Bunday qurilmalardan foydalanishda ehtiyot choralarini bilish talab etiladi. O‘quvchi kompyuter xonasidagi tartib-intizom qoidalarini bilmasligi oqibatida, ko‘plab noxush holat va xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Natijada, u nafaqat o‘ziga, balki: • atrofdagilar sog‘lig‘iga; • qimmatbaho texnik qurilmalarga zarar yetishiga; • kompyuter xotirasidagi muhim ma’lumotlarning o‘chib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. • o‘rindiqda bukchaymasdan, umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri tutgan holda o‘tirish kerak; • kompyuterda ishlaganda monitorga to‘g‘ri yuzlanish, noutbukda ishlaganda esa boshni biroz pastga egib o‘tirish lozim; • ish stoligacha bo‘lgan masofa 20 cm dan kam bo‘lmasligi kerak; • monitordan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 50–60 cm dan kam bo‘lmasligi kerak; • qo‘llarni ish stoliga qo‘yganda, tirsaklar tashkil etgan burchak 90–120 gradus oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofq; • kompyuterda 1 kun davomida 2 yoki 3 soatdan ortiq ishlamaslik, har 20 daqiqada ko‘zga dam berib turish; • dam olish daqiqalarida ko‘z va tana mashqlarini bajarib turish foydali, buni odatga aylantiring; • ish o‘rniga faqat toza yuvilgan yoki maxsus antiseptik salfetkalarda artilgan qo‘llar bilan o‘tirish, shuningdek, kompyuter xonasida doimiy ravishda tozalik va tartibga e’tibor berib turish zarur; • ishni to‘xtatgach, qo‘llarni albatta sovunlab yuvish yoki antiseptik moddalar bilan zararsizlantirish muhimdir Xavfsizlik texnikasi qoidalari 1) o‘qituvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish; 2) kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish; 3) elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish; 4) o‘zboshimchalik bilan kompyuterda sozlash ishlarini olib borish; 5) kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish, ishlab turgan kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish; 6) uzoq vaqt davomida ishlab turgan kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish; 7) kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish; 8) kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish; 9) tez alangalanuvchi buyumlar va qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish; 10) klaviatura va kompyuter sich qonchasini ho‘l qo‘llar bilan boshqarish; 11) klaviatura va «sichqoncha»dan foyda langanda kuch ishlatish; 12) kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi. Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling