Mavzu : “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar Reja


“Servis xizmati” yo`nalishi Ishlab chiqarish asoslari bo`limi


Download 37.36 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi37.36 Kb.
#1332005
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallas

2.“Servis xizmati” yo`nalishi Ishlab chiqarish asoslari bo`limi:

  • o`quvchilar O`zbe-kistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog`liqligi;

  • tex¬nologik jarayonlar, yangi texnika, ilg`or texnologiyalar;

  • mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar;

  • ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar;

  • fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli;

  • ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar;

  • mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyalari;

  • kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na¬lishlari, tartibi va standartlari;

  • mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi;

  • zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi;

  • olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari;

  • mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari;

  • mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish;

  • sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.

Pazandachilik asoslari (oziq-ovqat mahsulotlari, asbob- uskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi) Pazandachilik asoslari bo’limida Respublikada etishtirilayotgan oziq ovqat mahsulotlarining turlari, navlari, sifatiga bo’lgan talablari, turli oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi ishlov berish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va to’yimliligini, ovqatlanish me’yori va tartibi, oziq- ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlari bilan tanishadilar.
Bunda:O’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari;oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, xususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish me’yori va tartibi, oziq- ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo’llarini o’rganadilar;

Oshxonalarning jihozlanishi;oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini;uy-ro’zg’or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg’armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Sariyog’ bilan tayyorlanadigan xamir mahsulotlarida A darmondorisi bo’ladi.


Xamir mahsuloti taomlari yuqori darajada to’yimli, tashqi ko’rinishi chiroyli xushxo’r mazali va hidli bo’lib, boshqa mahsulotlarning ham hazm bo’lishini osonlashtiradi.Xamir va hamir mahsulotlari hamir qoruvchi va ko’pirtiruvchi, mashinalar bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi.
Xamir qorish va undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan foydalaniladi. Jumladan: qozonlar, kastryulkalar, mexanik tovalar, yog’och va qandolatchilik patnislari, har xil teshikli elaklar, juvalar, hamir kesuvchi shakldor pichoqlar, xamir yoyuvchi moslamalar, ezuvchi yog’och yoki metall xovonchalar, chilcho’plar, qandolatchilik qopchiqlari va ularning har xil shakl beruvchi metall jihozli uchlari, har xil kurakchalar ishlatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagi hamir turlari tayyorlanadi: hamirturush solingan va hamirturush solinmagan; hamirturushsiz yog’, tuxum, sut,shirinlik solingan hamir, biskvit, qaynoq suvga qorilgan hamir, shakarli (pesochniy), qatlama, oddiy (chuchvaralar, ugra uchun), suyuq hamir (klyar uchun).Xamirning sifati ularning g’ovaklik darajasi bilan aniqlanadi. G’ovak hamirdan tayyorlangan mahsulot iste’molda oson hazm bo’ladi. Xamir mahsuloti tarkibidagi ko’p miqdordagi kraxmalning hazm bo’lishi qiyin. U fermentlar ta’siri ostida tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi lozim.
Bu fermentlar asosan so’lakda va oshqozon osti bezida bo’ladi.So’lak ta’sirida buktirish uchun hamir mahsulotlari yumshoq bo’lishi kerak Xamir g’ovakli bo’lishi uchun turli yumshatuvchi moddalar ishlatiladi. Jumladan hamirturush, osh sodasi, ammoniy tuzi va hokazo. Xamirturush ko’zga ko’rinmas mayda mavjudod (hamirturush qo’ziqorini) hisoblanadi. Ularni hayoti uchun suyuqlikda erigan holdagi shakar, oqsil, mineral mahsulotlar va qulay muhit bo’lishi lozim.
Ularni yashashi va ko’payishi natijasida tayyorlangan hamir ichida ma’lum darajada kraxmalni parchalanishi natijasida spirt, karbonat angidrid gazi hosil bo’lib, xamirda g’ovaklik holati yuzaga kelib, hamir hajmi oshadi. Osh sodasi (natriy karbonat) un ko’rinishidagi oq mahsulot hamir qorilganda qo’shib tayyorlanadi. Xamir tarkibidagi kislotalar bilan birikishi natijasida yoki hamirga issiqlik ta’sir etishi natijasida natriy karbonat o’zidan karbonat angidrid chiqarib, mahsulot g’ovakligi hosil qiladi.
Ammoniy karbonat - oq un ko’rinishidagi mahsulot. Bu mahsulot hamirga qo’shib tayyorlanadi. Xamirga issiqlik ta’siri natijasida ammoniy karbonat parchalanib karbonat angidrid, ammiak va ma’lum darajada suv hosil qilishi natijasida tayyor mahsulot g’ovakligi hosil bo’ladi Xamirturushli hamirning asosiy mahsuloti, un, suv, tuz va hamirturushdan iborat. Sut, tuxum, shakar, yog’, nordonroq qaymoq qo’shib tayyorlanadigan hamir ham bor.
Xamir tayyorlash jarayoni mahsulotlarni tayyorlash, hamir qorish, hamirni achitish va achish jarayonida ezib havosini chiqarib turishdan iborat.Uni ishlatishdan avval mashinada yoki qo’lda elak yordamida elanib, qotib qolgan un qoldiqlari, tashqi mahsulotlardan tozalanadi. Bunda un tarkibi kislorod bilan boyiydi, hamir qorish osonlashadi, uning sifati yaxshilanadi, hamir yaxshi oshadi.
Yarim tayyor go’shtli mahsulotlar Go’shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go’sht turlaridan oshpazlikda ishlatishga tayyorlab qo’yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta. Go’sht turiga qarab mol, qo’y, cho’chqa go’shtli yarimfabrikatlar,shuningdek parranda go’shtli yarimfabrikatlar bo’ladi.Go’shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo’linadi.
Yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to’qmoqchada urish, paychoqlarini bir oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash, marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan o’tkaziladi.
Kesish go’sht to’qimasi holatiga qarab to’g’ri burchak yoki 40-45° burchak ostida kesiladi. Bunda porsiyalangan bo’laklar yaxshi ko’rinishga ega bo’ladi va deformatsiyalanishi kam bo’ladi.
To’qmoqchada urish. Bo’laklarga bo’lingan go’sht oldindan suvga bo’ktirib qo’yilgan to’qmoqcha bilan uriladi. Bunda go’shtdagi birlashtiruvchi to’qima g’ovakligi oshadi, go’sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, bo’lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’sir etish imkoniyati yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish. Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad porsiyalangan go’shtga issiq ishlov berganda u o’z shaklini saqlab qolishini ta’minlashdir.Go’shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug’lanishini kamaytirish maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi.
Go’shtni urvoqqa belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.Shpiglash.
Mehnat ta‘limi “Servis xizmati” yo‘nalishi texniktexnologik ta’minotini bo‘yicha har bir o‘quv ustaxonasi kamida 25 ish o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. Texnologiya ta’limi “Servis xizmati” yo‘nalishi texniktexnologik ta’minotini asosida elektr blokirovka qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Tikuvchilik dastgohlari himoya qiluvchi to‘rlar, alohida o‘rindiq va asboblar xiliga ega bo‘lgan planshet bilan ta’minlanishi kerak.
Tikuv mashinalarning va boshqa asbob-uskunalarning o‘quvchilar uchun ish vaqtida xavfli bo‘lgan qismlari himoya jihozlari bilan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Maktab tikuvchilik ustaxonasida tikuv mashinalarining sanoatimiz hozir ishlab chiqarayotgan hamma nushalari bo‘lishiga mumkin qadar harakat qilishi lozim, bu shuning uchun zarurki, o‘quvchi qizlarimiz faqat hamma xil tikuv mashinalari bilan tikishni o’rganibgina qolmay, balki u mashinalarni sozlashni, yengil-yelpi buzilib qolganda tuzatishni, ularga qarab turishni ham o‘rganib olsinlar.
Tikuvchilik ustaxonalarining tashkil etilishi va rejalashtirilishi, turli uskunalar miqdori, xonaning sathi yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun qanday ixtisosdagi (erkaklar va o‘g‘il bolalar kostyumi, erkaklar va o‘g‘il bolalar paltosi, ayollar va qizlar kostyumi, ayollar va qizlar paltosi, ayollar va qizlar ko‘ylagi va h. k. tikadigan) tikuvchilar tayyorlanishiga bog‘liq bo’ladi1 .
Qo‘l mehnatining ulushi kamroq bo‘lgan, ishlab chiqarish ixtisoslashtiriladigan ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllari zamonaviy uskunalar joriy etiladigan ommaviy tarzda kiyim tikuvchi korxonalar uchun ishchilar tayyorlash kasb-hunar kollejlarida o’quv ustaxonalarini hisoblab chiqishni va ularni joylashtirishni fabrikalarning ishlab chiqarish sexlari qiyofasiga va turlariga yaqinlashtiradi, lekin bunda o‘quv maqsadlarini ham - masalan, mashq ishlarini o‘rganish, ixtisos egallash, mehnat taqsimoti masalalarini o‘rganish va h. k. davrlardagi maqsadlar ham hisobga olinadi.

Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling