Mavzu : shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xosligi


SHAXS-GENDER XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI VA UNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI


Download 46,61 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi46,61 Kb.
#1388770
1   2   3   4
Bog'liq
Shaxsiy yozishmalarda noadbiy unsurlarning gender xosligi

2. SHAXS-GENDER XUSUSIYATLARINING AKS ETISHI VA UNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI


XXI asrga kelib jahon ilmfan taraqqiyotida turli sohalarning integratsiyalashuvi kuchaydi. Tildan amaliy foydalanishning samaradorligini oshirishga moʻljallangan qator tarmoqlarning hamkorligi yuzaga keldiki, ularning pirovard masalasida inson omili turadi. Xoh psixologik, xoh huquq, xoh sotsial soha boʻlsinki, bu boradagi ilmiy tadqiqot natijalari jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan. Fanning turli tarmoqlarida tilshunoslik amaliy jihatdan ishlay boshladi. Ushbu jarayon tilshunoslikda qator yangi yoʻnalishlarning shakllanishi va antroposentrizm nazariyasiga asoslangan qator tadqiqotlarning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Fan-texnikaning taraqqiyoti insoniyat uchun ijobiy xususiyatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlariga ham egadir.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan muallifi noma’lum bo‘lgan va muammoli deb topilgan diniy-ekstremizm, terrorizm, turli yo‘nalishdagi tahdid va da’vat xarakteridagi yozishmalar insoniyat ma’naviy ongiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Sud-huquq tizimida muammoli deb topilgan bunday yozishmalarni xatshunoslik ekspertizasi, psixologik ekspertiza kabi sohalar tahlilga tortishdi. Ammo muammoning to‘la va izchil yechimiga ehtiyoj sezila boshladi. Inson qadr-qimmati, obro‘yi va nufuziga ta’sir etuvchi; tahqirlovchi; tahdid qiluvchi; oilasi, dini, millatiga qarshi kurashishga da’vat etuvchi kabi munosabatga ega yozishmalar muammoli obyektga aylanmoqda.
Sud-huquq tizimida shu kabi qator muammolarni hal etishda tilshunoslik va huquqshunoslik fanlarining ilmiy-nazariy yechimlariga boʻlgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Natijada, huquq va tilshunoslik sohalarining integratsiyalashuvi yuzaga keldi va bu amaliy tilshunoslik tarkibida lingvistik ekspertiza yo‘nalishining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ma’lumki, huquq sohasida jinoyat turlari koʻp. Shuning bir turi boʻlmish nutqiy nizolar oʻzining tabiati boʻyicha nutqiy jinoyatdir, ularning boshqa jinoyatlardan farqi shundaki, ularda jinoyat quroli sifatida til chiqmoqda, bu esa kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin1 . Shunday paytda huquqshunoslik sohasida toʻla, mustahkam bilimga ega tilshunosga talab ortadi. Fan-texnika taraqqiyoti ijobiy natijalardan tashqari salbiy ta’sirlarga ham ega boʻlmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremizm, terrorizm, turli da’vat va tahdid kabi mavzularga oid muammoli yozishmalar yuzaga kelmoqda. Bu esa isnosiyat ma’naviy ongiga oʻz ta’sirini oʻtkazmoqda. Ana shunday muammoli shaxsiy yozishmalar yoki anonim xatlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish masalaga ancha oydinlik kiritadi.
Ya’ni shaxsiy yozishmalardagi har bir jumlaning leksik-semantik tahlili, psixologik ta’siri, pragmatik xosligini aniqlash va ularning inson sha’ni, qadr-qimmatiga daxldorligini oʻrganish kabi tahlillar sud tizmidagi muammoli vaziyatlar yechimiga katta yordam beradi. 1 Шахабитдинова Ш.Ҳ., Содиқова М.Ш., Ахмедова М.Т., Юлдашева Ш.Х., Исмоилов Х.Т., Камолходжаева С.С., Қурбонов Э.Э., Ахунов М.М. Ўзбек суд лингвистикаси. –Aндижон: 2020. – 12 б. 6 Dastavval, “huquq va til” munosabati XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi hamda, eng avvalo, AQSH VA Gʻarbiy Yevropada rivojlandi2 . Bu borada yillar davomida keng tadqiqotlar olib borildi. Oʻzbekiston Respublikasida esa bu yangi soha hisoblanadi. Sud ekspertizasida yangilik sifatida yozuvning shakliga qarab emas, balki nutqiy hosilalarning semantik-sintaktik xususiyatlari, nutq vaziyatiga muvofiqligi va birliklarning emotsional ta’sir kuchi kabi holatlarni lingvistik tahlil qilishdan iboratdir.
Demak, bu sohada nazariy asoslar yetarlicha, ammo unga amaliy jihatdan yondashish ekspert tilshunos oldidagi ustuvor vazifadir. Shu asosda yuridik lingvistikaning tarmogʻi boʻlmish lingvistik ekspertizani tilshunos ma’lum bir xonada nazariy asoslar bilan emas, balki xalq orasiga kirib, OAVlari, reklama matnlari, savdo markalari, korrupsiya, ekstremizm, da’vat, tahdid yoʻnalishidagi turli matnlarning lingvistik tahlilini olib borishi, uni toʻla tushunishi, anglashi va asoslashi zarur. Oʻzbek tilshunosligida bu sohada bir nechta tadqiqotlar olib borilyapti, bularning aksariyati huquqshunoslik bilan bogʻliq. Bizningcha, amaliy tilshunoslik tarmogʻi sifatida shaxsiy yozishmalarda lingvistik ekspertizani amalga oshirish bugungi rivojlanayotgan asrimiz uchun dolzarb mavzulardan biridir.
Tadqiqotning vazifalari. Ushbu tadqiqot ishining vazifalari etib quyidagilar belgilandi: – shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xosligini aniqlashning lingvistik ekspertizasi haqidagi nazariy fikrlarni oʻrganish; – shaxsiy yozishmalardagi noadabiy unsurlarning hududiy xosligini aniqlash lingvistik ekspertizasining amaliy asoslarini yaratish, mohiyatini ochib berish, tahlil bosqichlarini belgilash; – oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalar lingvistik ekspertizasi asosida matn muallifining ma’lum hududga mansubligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; – munozarali matnning noadabiy leksik, fonetik, grammatik ifoda shakllarini oʻrganish, hududlararo xosligini aniqlash usullarini ishlab chiqish; oʻzbеk shеvalari.–Toshkent:Fan,1969. -b.25-31; Murodova N. Oʻzbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini. –Toshkent: Fan., 2007.; Shermatov A. Quyi Qashqadaryo oʻzbek shevalari. –T., 1972. 9Safarov SH., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlil asoslari. Oquv qo`llanma. Samarqand, 2007.; Hakimov M. O`zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol.fan.nomzod…diss.-T., 1994. 10 Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Филол.фан.номз. ...дисс. – Самарқанд, 1993. –118 б. 11 Мирхамидов М.,С.Ҳасанов. Юридик тил ва ҳуқуқшунос нутқи. – Тошкент: Университет, 2004. 12 Шаҳобиддинова Ш.Ҳ. Татбиқий тилшунослик тезислари. – Андижон давлат университети. Илмий хабарнома, – 2016. №3 13 Шахабитдинова, Д. Рустамов, Д. Попов, Д. Рустамова, Б.Абдуллаев, Ш.Миралимова. Оммавий лисоний маданият – Андижон: Step by step print: 2020. – 150 б. 9 – ijtimoiy tarmoqlarda noadabiy unsurlar ifodalangan shubhali shaxsiy yozishmalarni lingvistik tahlilga tortish; – oʻzbek tilidagi shubhali shaxsiy yozishmalarning muallifi, hududiy mansubligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Tadqiqotning obyekti sifatida maxsus muammoli matnlar, sud ekspertizasiga oid konfliktli matnlar, muallifi noma’lum yozishmalar, ijtimoiy tarmoqlarga mansub boʻlgan shubhali shaxsiy yozishmalar xizmat qiladi. Tadqiqotning predmeti sifatida oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xosligiga oid lingvistik ekspertiza jarayoni, usullari, bosqichlari olindi. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada lingvistik ekspertizaga oid sifat va miqdor, komponentlash, semantik bloklash tahlil usullaridan foydalanildi. Shaxsiy yozishmalarda noadadabiy grammatik shakllarni aniqlashda eksperimental usullar qoʻllanildi. 1
Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilar taqdim etiladi: oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik unsurlarni aniqlashning lingvistik ekspertiza mezonlari berilgan; oʻzbek tilidagi noadabiy grammatik va fonetik unsurlarning hududiy xosligi eksperimental usullar bilan asoslangan; oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalar lingvistik ekspertizasida sifat va miqdor usuli taklif sifatida berilgan hamda amaliy asoslangan; sifat va miqdor usullari asosida shaxsiy yozishmadagi noadabiy leksik unsurlar aniqlangan; muammoli yozishmalardagi noadabiy unsurlarning xususiyatlar katalogi tuzilgan va asoslangan; muammoli yozishmalarda noadabiy grammatik va fonetik unsurlar oʻziga xos xususiyatlar katalogi asosida aniqlangan va hududiy xosligi asoslangan; Tadqiqotning amaliy va nazariy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, tilshunoslikda mavjud nazariyalarning amaliyotdagi rolini oshirishga koʻmaklashadi. Oʻzbek tilshunosligi va yurisprudensiyasida lingvistik ekspertizaning rivojlanishiga turtki beradi. Turli muammoli matnlarda lingvistik ekspertizani belgilash, shuningdek, ekspert qarorlarini xulosalashga yordam beradi. Tadqiqotning amaliy va nazariy natijalari ham tilshunoslikka, ham sud-huquq tarmoqlarida birdek ahamiyatga ega boʻladi. Oliy ta’lim muassasalari yuridik va filologiya fakultetlarida oʻquv najmua, amaliy qoʻllanma vazifasini bajaradi va shu bilan bir qatorda amaliy tilshunoslikning rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Yurislingvistikaga oid keyingi tadqiqotlarda dasturulamal vazifasini oʻtaydi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi olingan natijalar Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqot ishlariga nazariy jihatdan tayanilganligi, Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi sud-ekspertizasi markazi hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi sud-ekspertizasi ekspert-xodimlari tajribasi va tavsiyalariga asoslanganligida koʻrinadi. Tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125 “Sud ekspertlik faoliyatini yanada 10 takomillashtirish toʻgʻrisida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshirilgan. Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-usuliy va ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, OAK roʻyxatidagi hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqola, xulosalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida: Qardosh turkiy tillar qatorida oʻzbek tili matnlarida lingvistik ekspertiza oʻtkazish jarayoni bilan bogʻliq tadqiqot natijalarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etish; shaxsiy yozishmalardagi noadabiy unsurlarga doir terminlarni fanga olib kirish; shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik, grammatik va fonetik unsurlarni aniqlash metodlarini ilmiy asoslash; muammoli yozma matnlar muallifini aniqlashda lingvistik ekspertiza asosiy vositalardan biri ekanligini ilmiy asoslash va tasdiqlash; shaxsi noma’lum yozishmalar muallifini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; oʻzbek tilidagi shaxsi noma’lum yozishmalarda qoʻllangan noadabiy unsurlarni tahlil qilish orqali matn muallifining hududiy mansubligini aniqlashning nazariy va amaliy asoslarining ishlab chiqilishi yuzasidan xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiytadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz yasalishi” (“Funksionalnoe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazыke”); FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarda foydalanildi.(Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining 2021-yil 25-avgustdagi №17-01/234-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4850-son farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni, 2017-yil 20 apreldagi PQ–2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125 “Sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi qarorlarida belgilangan masalalarning ijrosi ta’minlangan.2
Dissertatsiyada keltirilgan sud ekspertiza tizimida shaxsiy yozishmalardagi inson obroʻ-e’tiboriga putur yetkazuvchi vulgar va qargʻish soʻzlarga doir, muammoli yozma matnlarning anonimik xususiyatlari va egasini aniqlash, matn muallifining hududiy mansubligini ochish va lingvistik ekspertizada qoʻllaniladigan inson fe’l-atvori tabiatini namoyon etuvchi terminlardan OT-2019-42 raqamli “Oʻzbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy 11 timsollar tasviri) mavzusidagi amaliy grand loyihasida foydalanilgan.(Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 27-sentabrdagi № 04/1-1756-son ma’lumotnomasi) Natijada, sud ekspertiza, lingvistik ekspertiza, xatshunoslik ekspertizasi tizimida qoʻllaniluvchi inson fe’l-atvoriga oid terminlar loyihani boyitish uchun xizmat qilgan.



Download 46,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling