Mavzu : shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xosligi


VULGARIZMNING GENDER ORASIDA FARQLAR O’XSHASHLIKLARI


Download 46.61 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1388770
1   2   3   4
Bog'liq
Shaxsiy yozishmalarda noadbiy unsurlarning gender xosligi

3.VULGARIZMNING GENDER ORASIDA FARQLAR O’XSHASHLIKLARI
Insoniyat taraqqiyotining har bir davri ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, falsafiy qonuniyat va holatlardan kelib chiqqan holda ilmiy tafakkur darajasi va xususiyatlarini belgilaydi. Bu bevosita tafakkur mahsuli bo‘lgan fanlar va ularning rivojlanish tendensiyalarida o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotchining dunyoqarashi, o‘rganish obyektiga doir muammolarni belgilashi va ularning yechimiga munosabati, tanlangan tadqiq metodologiyasi va metodikasi masalalari umumiy ilmiy tafakkur darajasi va xususiyatlari bilan bog‘liq. Fanlar tarixidan ma’lumki, an’anaviy ilmiy tafakkur provinsial cheklanganligi, dogmatikligi, konservativligi, umrini o‘tab bo‘lgan qat’iyatlarga muteligi bilan xarakterlanib, uning bu sifatlari o‘rganish obyektining to‘la ma’nodagi dolzarb muammolarini tushunib yetishiga to‘siq bo‘ladi. An’anaviy tafakkur egasi obyektni taraqqiyotning mintaqaviy va global masalalari bilan yaxlitlikda idrok eta olmaydi, jamiyat va o‘rganish obyektining taraqqiyot tendensiyalarini anglab yetmaydi, fanning dolzarb vazifalarini ijtimoiy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib belgilashga ojizlik qiladi. Natijada fanning o‘zi o‘z taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib qoladi. Umuman olganda, an’anaviy tafakkur jamiyat taraqqiyoti darajasidan orqada qolib, unga to‘sqinlik qila boshlaydi. Bu fanning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yishi uchun muhim shart. Fanni yangi bosqichga olib chiqish yangi ilmiy maktablar zimmasiga tushadi. Ko‘rinadiki, fandagi turg‘unlik unda yangi ilmiy maktablar shakllanishi uchun zamin yaratadi.

Ilmiy maktab – ilmiy qarashlar yaxlitligi va betakrorligi asoslangan ilmiy jamoa. U kafedra, institut, mamlakat doirasida olimlarning muayyan ilmiy g‘oya atrofida birlashuvlari asosida shakl­lanadi. Ilmiy maktab zakovati, qiziqishlar doirasi hamda ish uslubi yangi-yangi iste’dodlarni kashf qilish va jalb etishda katta ahamiyat kasb etadigan fan darg‘asi ta’sirida tashkil topadi. Bu ilmiy jamoa ichidagi munosabatlar tadqiqotlarning natijalari emas, balki ijodiy-ilmiy ishlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradigan asl g‘oyalar haqidagi axborot almashuvlari ko‘rinishida bo‘ladi.

Bir ilmiy g‘oya muayyan maktab doirasida turli ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Bu – ijobiy hodisa. Zero, u yangidan-yangi maktablar shakllanishi va taraqqiy etishiga olib keladigan firqa va taraflar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
“Ilmiy maktab” atamasi ikki holatda qo‘llanadi:

1) umumiy qarash, g‘oya va qiziqishlar olimlarni birlashtiradi, uzviy hamkorlikka olib keladi. Bu yosh talantlarni jalb qilib, yangi fan sohalarining ko‘p yillik taraqqiyot darajasi va yo‘llarini belgilab beradi. Bunday maktab “baxtli vaziyat mahsuli” o‘laroq tashqi qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi;

2) ilmiy avlodlar almashsa ham, saqlanib qoladigan va rivojlanib boradigan aniq mavzu, umumiy qarash, qiziqish va an’analar sistemasi asosida tashkiliy ravishda birlashtirilgan ilmiy jamoa.

Ilmiy maktab ilmiy qiziqishlar uyg‘unligi va tadqiqotlar mohiyati­ning umumiyligi, asllik va betakrorlik,

ilmiy natijalarning yuqori darajasi va maktabning ijtimoiy tan olinishi, yetakchining rolini va maktabning istiqbol­larini ta’minlaydigan vorisiylik belgi­lariga ega.

Fanlarning falsafiy davrida hukm surgan maktablar mustaqil markaz va institutlar maqomida edi. Keyinchalik “ilmiy maktab” tushunchasi ostida olimlarning aniq norasmiy jamoasi tushuniladigan bo‘ldi. Masalan, qadimgi davrda san’at va falsafiy fikr maktablari (Arastu shogirdlari va davomchilari jamoasi) ilmiy maktabning yorqin ko‘rinishi edi.

O‘zbek tilshunosligi: kecha va bugun

Ilk turkiy leksikografik maktab. Manbalarda eski turkiy til atamasi bilan nomlanuvchi til turkiy, sharqiy turkiy, chig‘atoy tili kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Ammo uning umumturkiy tildan ajralib, alohida yaxlitlik maqomiga ko‘tarilganligini, boshqa turkiy tillardan farqli xususiyatlarini asoslash, kelgusida milliy til sifatida e’tirof etiladigan bu til­ning o‘ziga xos xususiyatlarini, fonetik, leksik-grammatik qurilishini tavsiflash ijtimoiy, qolaversa, ulkan ma’naviy-maf­kuraviy ahamiyatga ega edi va u tarixiy zarurat, o‘ziga xos ijtimoiy buyurtma sifatida namoyon bo‘ldi. Bu buyurtmani qabul qilish va zaruratni ado etish turkiy­lardan yetishib chiqqan, XI asrda yashab o‘tgan qomusiy bilim sohibi, to‘ng‘ich turkiy tilshunos, adabiyotshunos, geog­raf, kartogaf, etnograf, tarixchi, sayyoh Mahmud Koshg‘ariy zimmasiga tushdi. Olim qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) atamasi bilan qayd qildi, ularni va ularning tilini, avvalo, shu min­taqada yashayotgan o‘g‘uz, turkman va uyg‘ur qavmlari hamda ularning tilidan farqladi. Davr talabi va tarixiy zaruratni anglab, qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmani mukammal darajada ado etdi. Bu zaruriyat asosida shakllangan lug‘atchilik an’anasi ming yillar mobaynida saqlanib qoldi. Adabiy manbalarni tahlil qilish – so‘z ma’nolariga, ularning qo‘llanishiga e’tibor berish, izohlash, lisoniy, ma’rifiy qiymatini ochish, asarlarning tarjimasi kabi masalalar bilan shug‘ullanish keyingi davr leksikografiyasining maqsad va vazifasi bo‘ldi. Bunda Eron shohi Nodirshohning kotibi astrobodlik Nizomiddin Muhammad Hodi al-Husayniy as-Safaviy(Mirzo Mehdixon)ning “Sangloh” (1760), Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning taxminan XIV asrda yozilgan “Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk va-l-qafchoq” (“Turk va qipchoq tillari­ga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob”), o‘rta asr tilshunos-turkiyshunoslaridan bo‘lgan Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345)ning “Kitobu-l-idrok li-l-lisonil atrok”, undan foydalanilib XIV–XV asrlarda yozilgan va muallifi noma’lum “Attuhfatu-z-zakiyatu fi-l-lug‘ati-t-turkiya” asarlari ham ana shunday an’ana mahsulidir. Keyingi davr jahon an’anaviy va zamonaviy lug‘atchiligi uchun o‘ziga xos yo‘l ochildi.

O‘zbek lingvistik ekspertologiyasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz huquq-tartibot, sud-prokuratura tizimida har yili 500 tagacha og‘zaki yoki yozma matn lingvistik ekspertiza qilinadi. U, asosan, xorijiy tillar metodologiyasi asosida amalga oshirib kelinadi. Milliy lingvistik ekspertiza metodologiyasini yaratish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga buyurtma qilindi. Shu asosda universitet professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyev tomonidan muam mo ilmiy tadqiqotlar uchun tizimlashtirildi va nazariy hamda amaliy tadqiqotlar mavzulari banki yaratildi. Shu asosda olim rahbarligida “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlar­ning hududiy xoslanishi” (D.To‘rayeva, 2022), “O‘zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va metodlari” (K.Musul­monova, 2022), “Ilmiy matn­dagi sodda darak gaplarning mazmuniy o‘xshashligi va lingvistik modellari” (A.Murtazoyev, 2022), “Lingvistik ekspertiza uchun anonim matnlardagi noadabiy birliklarning shaxs yoshiga xos­lanishini aniqlash” (S.Yoqubova, 2022) “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari” (G.Hotamova, 2022), “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xoslanishi” (O.Xudoyberdiyeva, 2022), mavzusida falsafa doktori darajasidagi dissertatsiyalar bajarildi va “O‘zbek tilida ekstremistik matn kategoriyasi va avtorizatsiyasi” (A.Qurbonmurodov) va boshqa qator ishlar amalga oshirilmoq­da. Universitetda ochilgan “Amaliy filologiya” bakalavr yo‘na­lishida ling­vistik ekspertiza bo‘yicha bir nechta fandan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shuningdek, 2023-yilda lingvistik eks­pertiza bo‘yicha kompetentli kadrlar tayyorlash uchun “Lingvistik ekspertologiya” magistratura mutaxassisligini ochish rejalashtirilmoqda.

Lingvoma’naviyatshunoslik va uning istiqbollari. 2018-yilda professor Baxtiyor Mengliyev “Ma’rifat” gazetasida e’lon qilingan “Taraqqiyot va ma’naviyat”, “Til bag‘ridagi ma’naviyat” maqolalarida yangi lingvistik yo‘nalish – lingvoma’naviyatshunoslik, uning zarurati, istiqbollari xususida konseptual fikrlarni e’lon qildi. Yo‘nalishning bosh maqsadi – yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy mexanizm uchun muayyan lingvistik ta’minotni vujudga keltirish.

Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizda kutilgan natijalarga eri­shilmayotganining sabablaridan biri ham ushbu maxsus lingvistik bazaning shakllantirilmaganidir. Bu yo‘nalishning muammolarini, “ma’naviyat” kategoriyasining til tizimidagi o‘rnini aniqlamasdan turib ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxlit tizim sifatida idrok etish mumkin emas. Bugungi kunda tilshunosligimizda lingvoma’naviyatshunoslik yo‘na­lishida dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. “O‘zbek tilining “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi” (F.Yo‘ldoshev, 2021), “O‘zbek tili ma’naviy-ma’rifiy leksikasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti” (G.Tojiyeva, 2018), “O‘zbek tilidagi “ma’naviyat” va ingliz tilidagi “spirituality” umumiy semali atov birliklari tipologiyasi” (M.Ahmedova, 2019), “O‘zbek tili “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining “axloq” umumiy semali atov birliklari tizimi” (Sh.Bobojonova, 2022) kabi dissertatsiyalar, qator lug‘atlar shular jumlasidan. Yo‘nalish oldida “ma’naviyat” fenomenini mafkura kategoriyasidan farqlagan holda tilshunoslik aspektida o‘rganish, til va ma’naviyat mushtarakligi muammosining tilshunoslikda yechi­ladigan xususiy va umumiy masalalarini tizimli hal etish; “ma’naviyat” kategoriyasining mohiyati, tuzilishi, tarkibiy qismlari va elementlari, ular orasidagi munosabatlarni aniqlash, “ma’naviyat” kategoriyasiga oid til hodisalarini kompleks tahlil qilish; ushbu kategoriya doirasidagi terminlarni lug‘atlarda berish, izohlash, izohlarni takomillash­tirish, tegishli lug‘atlarini va qomuslari­ni tuzish masalalari, ushbu kategoriyani o‘zbek tilining milliy korpuslarida joylashtirish masalalari turibdi.

Milliy ona tili ta’limi. MDH mamlakatlarida, jumladan, rus tili darsliklarida ham uzoq muddat grammatizm hukmron bo‘ldi, xususan, o‘zbek tili darsliklari mazmuniga ham mazkur grammatizm 1939-yilda tarjima yo‘li bilan kirib kelib, yaqin vaqtlarga qadar amal qildi. Ta’lim usuli esa reproduktiv, retroskopik (berilgan materialni o‘zlashtirish) edi. H.Ne’matov, A.G‘ulomov va boshqalar (1998–2006) muallifligida nashr qilingan “Induktiv” dasturi asosidagi “Ona tili” darsliklarida an’anadan chiqish, yangicha yondashuv­lar kuzatilgan edi. Aytish joizki, mazkur mualliflarda ham grammatik ma’lumot­lar hajmi o‘zgarmagan, biroq o‘quv topshiriqlari mazmunida sezilarli yangiliklar mavjud, ta’lim usuli verbal-kognitiv (mustaqil izlanish asosida lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish) mohiyatli edi. Ammo bu keyin yaratilgan darsliklarda izchil davom ettirilmadi, aksincha, grammatik qoidalar hajmi ortdi, ilmiylashdi va o‘quv topshiriqlari saviyasi pasa­yib ketdi. Natijada o‘quv­chilarda nutqiy ko‘nikma rivojlanmay, hayot uchun zarur bo‘lmagan lingvistik bilim hosil qilishga ustuvorlik berildi.

Ta’kidlash lozimki, o‘zbek filologiyasi hamda ona tili ta’limining islohotchisi professor Baxtiyor Mengliyev ona tili ta’limini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan chiqdi. Bu o‘n yillar davomida “Ma’rifat” gazetasi, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallarida chop qilindi. Olim umumiy o‘rta ta’lim nazariyasiga ilk bor “leksik minimum”, “grammatik maksimum” tushunchalarini olib kirdi. Shu asosda ona tili ta’limi mazmunidagi ortiqcha grammatizmni qisqartirishga erishildi. Mutaxassislar umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tili ta’limi mazmunini yangilash, yangi o‘qitish metodikasini amaliyotga joriy qilish – o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, lug‘at va matn asosida milliy tilni, milliy ma’naviyatni o‘quvchi tafakkuriga singdirish, o‘quv­chini turli nutq vaziyatlariga tayyorlash mexanizmini ishlab chiqishdi. Ta’lim usuli kognitiv-pragmatik tabiat kasb etdi. Mazkur zamonaviy milliy metodika asosida 8-10-11-sinf “Ona tili” darsliklari yaratildi va ular hozir amaliyotda qo‘llanmoqda. Ta’limning nazariy-meto­dologik ta’minotini takomillashtirish maqsadida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy tafakkurini rivojlantirish vositasi bo‘lgan o‘quv topshiriq­larini takomillashtirish, tizimlashtirish va zamonaviylashtirish (G‘ofir Hamroyev, 2018, 2022), o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini baholashning zamonaviy milliy tizimini yaratish (Shohrux Abdurayimov, 2021) hamda xorijlik o‘rganuv­chilar uchun o‘zbek tilining darajalangan, oddiydan murakkabga boruvchi leksik, morfologik va sintaktik bazasini yaratish (Shoira Bobomurodova) muam­molari doirasida bir nechta tadqiqot amalga oshirildi va jarayon davom etmoqda.

O‘quv lug‘atchiligi. O‘tgan asr bosh­laridan Yevropaning bir nechta taraqqiy etgan davlatlari, xususan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliy tilshunoslik taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda lug‘atlarning ilk avlodi – o‘quv lug‘atchiligi taraqqiyotiga e’tibor oshdi. O‘quv lug‘atlari leksikografiyaning ta’limiy zarurat tufayli tug‘ilgan janri, lingvistik kompetentlikni oshirishning “strategik” vositasi, o‘quv lug‘atchiligi esa tilshunoslikning eng “qaynoq” sohasiga aylandi.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda bu sohani rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Qarshi davlat universitetida professor Baxtiyor Mengliyev rahbarligida 2007-yilda ona tili ta’limi uchun 10 dan ortiq ilk o‘quv lug‘atlari yaratildi va ta’limda “o‘quv lug‘ati” tushunchasi ommalashdi. Baxtiyor Meng­­liyev va Bashorat Bahriddinova tomonidan “Ma’rifat” gazetasining 2013-yil 13-sentabr sonida “O‘quv lug‘atlari” sarlavhali maqola chop etildi va u o‘zbek o‘quv lug‘atchiligining istiqbollarini belgilab berdi. Bashorat Bahriddinova, Zoira Rahmatova, Gulandom Mirxanovalar tomonidan fan doktori va falsafa doktori dissertatsiyalari himoya qilindi. O‘quv lug‘atlarini yaratish bo‘yicha davlat grantlari e’lon qilindi. Zotan, metodik va huquqiy jihatdan asoslangan leksik minimumlar, terminologik o‘quv lug‘atlari, darajali, interaktiv lug‘atlar, o‘zbek tilining milliy-madaniy xususiyatlarini tavsiflaydigan o‘quv izohli lug‘atlarisiz bugungi ona tili ta’limini tasavvur qilish qiyin.


XULOSA
O‘zbek formal tilshunosligi maktabi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi fan sifatida XX asrning 20–30-yillarida shakl­lana boshladi. O‘z oldiga davr talab­laridan kelib chiqib, muayyan maqsadlarni qo‘ygan o‘zbek tilshunosligi 50–60 yil mobaynida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini ishlab chiqish va ommalashtirishdan iborat ulkan zarurat asosida ish ko‘rdi.
Adabiy til – milliy yaxlitlikka erishishning, milliy yaxlitlik esa milliy taraqqiyotning bosh omili. Unga erishish zarurati natijasi o‘laroq vujudga kelgan o‘zbek an’anaviy (formal) tilshunosligi vakillari o‘zbek tili qurilishini tavsiflash umu­miy vazifasi ostida birlashishdi. XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishida Abdurauf Fitrat, Y.D.Polivanov, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Faxri Kamolov, Ulug‘ Tursunov, Ayyub G‘ulomov va ular izdoshlarining xizmati katta. Bu davrda o‘zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida o‘rganildi va o‘zbek tilshunosligi jahon zamonaviy tilshunosligi o‘laroq shakl­landi. Tilshunoslikning bugungi mavjud barcha bo‘limlari bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishi vujudga keldi. Ular asosida imlo va talaffuz qoidalari yarati­lib, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan me’yoriy darslik, qo‘l­lanma va ilmiy grammatikalar yaratildi. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining mutaxassislar tayyorlashda fundamental predmet sifatida o‘qitilishi mazkur ijtimoiy zarurat asosida kechdi. Natijada ta’lim, matbuot, radio, televideniye, rasmiy ish yuritish, kitobatchilik ishlari­da o‘zbek adabiy tilining ustuvorligiga erishildi. Adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ommalashtirishdan iborat ijtimoiy buyurtmani olgan o‘zbek an’anaviy tilshunosligi o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalari, imlo lug‘ati, talaffuz me’yorlari, o‘zbek adabiy tilining akademik grammatikalari, shuningdek, o‘zbek tilining 2 tomli izohli lug‘ati nashr etilishi bilan o‘tgan asrning 80-yillarida o‘z faoliyatiga yakun yasadi. Bu holat yetakchi o‘zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof etildi.

` O‘zbek substansial tilshunosligi ilmiy maktabi. XX asrning 70-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligining empirik (ama­liy, faktografik) bosqichi tugallangan, o‘z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy zarurat – adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va omma ongiga singdirishdan iborat ulkan vazifa ado etilgan edi. To‘plangan boy daliliy ashyoni dialektik metodologiya asosida o‘rga ni­sh­ga kuchli zamin tayyorlangan bo‘lib, tilshunoslikning o‘zi esa turg‘unlik, an’anapa­rastlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu bois butun sobiq sho‘ro davlati hududida olib borila­yotgan oshkoralik va qayta qurish siyosati o‘zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o‘tmadi. Fanning yangi avlod olimlari qayta qurish sharoitida o‘zbek tilshunosligi­ning dolzarb muammolari, mutaxassislar e’tiborini kutayotgan tari­xiy zarurat bo‘yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqish qildilar.
Ko‘tarilgan masalalarni mohiyatan ikkiga bo‘lish mumkin: 1) o‘zbek tilshunosligi oldiga 30–40-yillarda qo‘yilgan va 40–50-yillarda amalga oshirgan vazifasi – o‘zbek tili turli sath birliklarining zamonaviy tahlil usullarida berilgan mukammal tavsifi, belgilangan adabiy til me’yorlari, ta’limning turli bosqichi uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, darslik hamda lug‘atlar asosida to‘laqonli nazariy tushunchalar hosil qilish, xususiyliklarda umumiylik­ni, hodisalarda mohiyatni, oqibatlarda sababni, voqeliklarda imkoniyatni ochish darajasiga ko‘tarilish; 2) uzoq yillar davomida o‘zbek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, boshqa tillar kabi rus va Yevropa tillari qoliplari asosida o‘rganib kelinganligi sababli uni o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida milliy yaxlitlik sifatida tadqiq qilish. Bu vazifalarni ado etish “imkoniyatlar tilshunosligi” degan nomga sazovor bo‘lgan, o‘zbek an’anaviy tilshunosligining vorisi – o‘zbek substansial tilshunosligi maktabi zimmasiga yuklatildi.
Ilmiy maktabning tamal toshlari filologiya fanlari doktori, professor Hamid Ne’matov tomonidan qo‘yilib, uning izdoshlari va maslakdoshlari tomonidan turli yo‘nalishlarda davom ettirildi. Bu tilshunoslik o‘zbek tilining lisoniy va nutqiy struktura­larini farqlash, lisoniy struktura va lisoniy birliklarni, ularning imkoniyatlarini aniqlash borasida izchil tadqiqotlar olib borib, tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik lisoniy strukturalarini va birliklarini dia­lektik tadqiq meto­dologiyasi asosida tekshirdi. Tekshirish natijalari dissertatsiya va monografiyalar sifatida shakllantirildi.
Ta’limda hozirgi o‘zbek adabiy tili (nutqning bir turi)ni o‘qitishdan hozirgi o‘zbek tilining lisoniy strukturasini o‘qitishga o‘tildi. Oliy ta’limda amalda bo‘lgan, nomi tilni emas, balki uning bir ko‘rinishi bo‘lgan adabiy nutqni anglatadigan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursi mohiyatan til­ning lisoniy strukturasi tavsifini o‘z ichiga olgan “Hozirgi o‘zbek tili” tabia­tiga ega bo‘ldi (darvoqe, bu kurs tegishli o‘quv hujjatlarida hanuz davr talablariga muvofiq bo‘lmagan eski nomi bilan yuritilayotgani, afsuski, an’anaviylik­ning ko‘rinishidir). Hatto o‘zbek tili­ning lisoniy strukturasini o‘rganish jarayonida ochilgan substansial qonuniyatlar (masalan, lisoniy darajalanish) bugungi kunda g‘arb tilshunosligining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan korpus tahlil tadqiqotlarida keng qo‘llanilayotganligini iftixor ila qayd etish lozim. Ko‘rinadiki, o‘zbek substansial tilshunosligi vakillari ham davr talablari asosidagi ijtimoiy zaruratni teran anglab, undan kelib chiqadigan vazifalarni ado etishdi.

O‘zbek amaliy tilshunosligi ilmiy maktabi – ehtiyoj farzandi

Asrimiz boshida lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samarador­-li­gini oshirish, qo‘llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shug‘ul lanishga jiddiy kirishish talab qilina boshladi va u yangi asr tilshunosligi zimmasiga yuklatilayotgan ijtimoiy buyurtma sifatida namoyon bo‘ldi. Bu esa lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek substansial pragmatik tilshunosligi, korpus tilshunosligi, o‘quv lug‘atchiligi, amaliy leksikografiya, lingvoma’naviyatshunoslik, lingvistik ekspertologiya kabi zamo­naviy fan yo‘nalishlarining yaxlit ilmiy maktab sifatida shakllanishiga olib keldi. Quyida so‘z karvoni o‘zbek ama­liy tilshunosligining ushbu bekatlaridan o‘tadi.

Substansial-pragmatik yo‘nalish. “Ma’rifat” gazetasining 2015-yil 13-may sonida filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev tomonidan (“Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi”) o‘zbek tili lisoniy imkoniyat­larining nutqiy voqelanishi muammolari tadqiqi konsepsiyasi e’lon qilindi.
Bu o‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligining yangi empirik yo‘nalishi shakl­lanishiga asos bo‘ldi. Yo‘nalish lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning muloqot jarayonidagi o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodi­salar bilan bog‘liq holda o‘rgana boshladi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari, nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqishida namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Substansial-pragmatik tilshunoslik substansial tilshunoslikning zamirida shakllangan istiqbolli yo‘na­lish, uning lisoniy imkoniyatning yuzlab muayyan voqelanish, shakl-ko‘rinishlarini ochgach bu shakl-ko‘rinishlardan qay birini qay bir sharoitda qo‘llash ko‘proq samara berishini aniqlashga e’tibor qaratishi dalillandi.
Dunyo pragmalingvistikasi oddiygina nutqiy muloqot jarayonini bevosita samaradorlik nuqtayi nazaridan o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zbek substansial-pragmatizmi ochilgan, tavsiflangan imkoniyatlar xazinasidan kelib chiqishi asoslandi. Pirovardida o‘zbek tilshunosligida nutq samaradorligiga erishishning amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan yo‘nalishlarining nazariy asoslari vujudga keldi.
Tilshunoslikning ushbu yo‘nalishida “Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo hamkorlik” (B.Mengliyev, 2001), “Grammatik ma’no lisoniy va pragmatik omillar yaxlitligida” (M.Ernazarova, 2018) mavzusida fan doktori darajasidagi, (“O‘zbek tilida fe’l lug‘aviy shakllari tizimi” (B.Bahriddinova, 2001), “Semema, nutqiy ma’no va uning leksikografik talqini” (Sh.Bobojonov, 2004), “O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning metodologik asoslari” (J.Ibrohimov, 2019) kabi mavzularda 10 dan ortiq nomzodlik va falsafa doktori darajasidagi dissertatsiyalar bajarildi. Hozirda substansial-pragmatik yo‘nalish bo‘yicha muloqot madaniyati va samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqishga doir o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratish, lisoniy birliklar ning semantik strukturasi va pragmatik xususiyatlariga oid monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalarini mukammallashtirish, tadqiqotlar natijalari asosida lug‘at tuzish, ta’limning turli bo‘g‘inlari uchun yaratilgan o‘zbek tilidan darslik va qo‘l lanmalar, oliy filologik ta’limda ixtisoslik va tanlov fanlarini takomillashtirish kabi vazifalar mavjud, soha mutaxassislari ularning yechimi ustida ishla­moqda.

O‘zbek korpus lingvistikasi. “Ma’rifat” gazetasining 2018-yil 26-aprel sonida filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev, filologiya fanlari doktori Shahlo Hamroyevalarning o‘zbek tili milliy korpusiga talab va ehtiyoj, milliy korpusning imkoniyatlari, muammolari tadqiqi konsepsiyasi (“O‘zbek tilining milliy korpusi”) e’lon qilindi. Ushbu maqola o‘zbek korpus lingvistikasida monografik tadqiqotlar va amaliy ishlanmalarni boshlab berdi. Milliy korpus milliy til xazinasi demakdir. Undan lingvist, leksikograf, kompyuter lingvistlari, dasturchi, muharrir, tarjimon, jurnalist, noshirlar, olim, o‘qituvchi, ta’lim oluvchilar va boshqa har qanday soha mutaxassisi keng foydalanadi. Dunyo bo‘ylab so‘zlashuvchilari soni salmoqli bo‘lgan o‘zbek tilining internetda o‘z kontentiga ega bo‘lishi hamda ushbu materiallardan lingvistik amallar bajarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj o‘zbek korpus lingvistikasini rivojlantirishning dolzarb ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilining milliy korpusi til materiali,
elektron kutubxona, o‘zbek tabiiy tilini istalgan prizmada tekshirish, umu­miy aytganda, o‘zbek tilini zamonaviy axborot texnologiyalariga integratsiya qilish kabi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Bu esa o‘zbek tili korpuslarini ishlab chiqishning nazariy asoslarini tadqiq etish ehtiyojini paydo qildi. Kun tartibiga chiqqan bu masala “O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari” (Sh.Hamroyeva, 2018), “O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi” (A.Eshmo‘minov, 2019), “Atov birliklarini o‘zbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning lingvistik asos va modellari” (D.Ahmedova, 2020), “O‘zbek milliy korpusida idiomalar bazasini yaratish” (G.Begmatova, 2021), “O‘zbek tili ta’limiy korpusining lingvistik asoslari” (O‘.Xoliyorov, 2021), “O‘zbek tili milliy korpusini yaratishning nazariy va amaliy masalalari” (G.Toirova, 2021), “Milliy korpus uchun parsing dasturi yaratishning lingvistik asoslari” (O.Xidirov, 2021), “O‘zbek tili elekt­ron korpusining kompyuter modellari” (N.Abdurahmonova, 2022), “O‘zbek tilining internet axborot matnlari kor­pusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari” (O.Abdullayeva, 2022), “O‘zbek va ingliz tili parallel korpusini tuzishning lingvistik va dasturiy masalalari” (R.Karimov, 2022) kabi mavzularda 10 dan ortiq falsafa doktori va fan doktori darajasidagi dissertatsiyalarning bajari lishiga olib keldi.

Bugungi kunda bu borada komp­yuter va korpus tilshunosligi sohalarini rivojlantirish, milliy va boshqa turdagi til korpuslarini yaratish maqsadida magist­rlik dissertatsiyalari, fan doktorligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu mas’uliyatli va sermashaqqat jarayonda ToshDO‘TAU, BuxDU, QarDU, TerDU, NavDPI kabi oliy ta’lim muassasalaridagi 100 ga yaqin mutaxassisning fidokorona mehnat qilayotganligini alohida ta’kidlash joiz.

O‘zbek lingvistik ekspertologiyasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz huquq-tartibot, sud-prokuratura tizimida har yili 500 tagacha og‘zaki yoki yozma matn lingvistik ekspertiza qilinadi. U, asosan, xorijiy tillar metodologiyasi asosida amalga oshirib kelinadi. Milliy lingvistik ekspertiza metodologiyasini yaratish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga buyurtma qilindi. Shu asosda universitet professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyev tomonidan muam mo ilmiy tadqiqotlar uchun tizimlashtirildi va nazariy hamda amaliy tadqiqotlar mavzulari banki yaratildi. Shu asosda olim rahbarligida “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlar­ning hududiy xoslanishi” (D.To‘rayeva, 2022), “O‘zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va metodlari” (K.Musul­monova, 2022), “Ilmiy matn­dagi sodda darak gaplarning mazmuniy o‘xshashligi va lingvistik modellari” (A.Murtazoyev, 2022), “Lingvistik ekspertiza uchun anonim matnlardagi noadabiy birliklarning shaxs yoshiga xos­lanishini aniqlash” (S.Yoqubova, 2022) “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari” (G.Hotamova, 2022), “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xoslanishi” (O.Xudoyberdiyeva, 2022), mavzusida falsafa doktori darajasidagi dissertatsiyalar bajarildi va “O‘zbek tilida ekstremistik matn kategoriyasi va avtorizatsiyasi” (A.Qurbonmurodov) va boshqa qator ishlar amalga oshirilmoq­da. Universitetda ochilgan “Amaliy filologiya” bakalavr yo‘na­lishida ling­vistik ekspertiza bo‘yicha bir nechta fandan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shuningdek, 2023-yilda lingvistik eks­pertiza bo‘yicha kompetentli kadrlar tayyorlash uchun “Lingvistik ekspertologiya” magistratura mutaxassisligini ochish rejalashtirilmoqda.

Lingvoma’naviyatshunoslik va uning istiqbollari. 2018-yilda professor Baxtiyor Mengliyev “Ma’rifat” gazetasida e’lon qilingan “Taraqqiyot va ma’naviyat”, “Til bag‘ridagi ma’naviyat” maqolalarida yangi lingvistik yo‘nalish – lingvoma’naviyatshunoslik, uning zarurati, istiqbollari xususida konseptual fikrlarni e’lon qildi. Yo‘nalishning bosh maqsadi – yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy mexanizm uchun muayyan lingvistik ta’minotni vujudga keltirish.
Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizda kutilgan natijalarga eri­shilmayotganining sabablaridan biri ham ushbu maxsus lingvistik bazaning shakllantirilmaganidir. Bu yo‘nalishning muammolarini, “ma’naviyat” kategoriyasining til tizimidagi o‘rnini aniqlamasdan turib ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxlit tizim sifatida idrok etish mumkin emas. Bugungi kunda tilshunosligimizda lingvoma’naviyatshunoslik yo‘na­lishida dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda.

Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling