Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kt drt zarifova Dilfuza
Download 1.51 Mb.
|
Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy uyg’onish davrining ilk bosqichi
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotiKT DRT Zarifova DilfuzaMilliy uyg’onish davri Vatanimizda jadidchilik harakati shaklida namoyon bo’Idi. U 1865-yildan boshlanib, 1929-yilda harakat namoyandalarini jismoniy tugatishgacha bo’lgan davmi o’z ichiga oladi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog’langan bo’lib, uning shakllanish davri 1865-1905-yillar bilan belgilanadi. Adabiy harakat an’anaga ko’ra ko’proq Qo’qon, Xiva, Buxoro, Samarqandda rivoj topdi. Toshkent ham general-gubematorlikning poytaxti sifatida tez rivoj landi, adabiy-madaniy markazga aylanib bordi. 1905-yil voqealari, xususan, 1905-yil 17-oktabr Manifestidan keyin u rivojlanish bosqichiga kirdi. 1916-yilga kelib mazkur harakat namoyandalari “qora xalqni oqartirmoq va ko’zini ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar. Shu tariqa, milliy uyg’onish (jadidchilik) nihoyatda tez rivojlandi.
Milliy uyg’onish (jadid adabiyoti) mazkur harakatlaming adabiybadiiy ifodasi sifatida namoyon bo’Idi va yangi o’zbek adabiyotini boshlab berdi. Uning avj taraqqiysi 1915-1925-yillarga to’g’ri keldi. Shulardan kelib chiqqan holda, o’zbek milliy uyg’onish adabiyotini ikki bosqichga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir. 1. Ilk mustamlakachilik davri: manbalari, yuzaga kelishi (1865-1905). 2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugatilishi (1905-1929). Bundagi har bir sana muayyan ma’no tashiydi. 1865-yil - Toshkent istilo qilingan sana. 1929-yil esa tarixda jadidchilik harakatining sho’rolar siyosati tomonidan mahv etilishi sanasi sifatida muhrlangan. Milliy uyg’onish davrining ilk bosqichi
”Jadid ” istilohining kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U yozadi: 1884 sanasi Boqchasaroyda bir maktabi usuli jadida (yoki usuli savtiya) qo’ymish edim”. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o’zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo’ladi. Ismoilbek Gasprali tashabbusi bilan paydo bo’lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy, Hamza, Shakuriy kabi ilg’or pedagoglar hayotga joriy eta boshladilar va maktablar uchun qator darsliklar yaratdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munawar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy va boshqalar jadid g’oyalarini yoyishda nashriyot ishlariga, matbuot sohasiga katta e’tibor berdilar. Ular va ularning hammaslaklari “Vaqt”, “Osiyo”, “Shahrat”, “Hurriyat”, “Ulug’ Turkiston”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, milliy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlardagi ravnaqi uchun zarur bo’lgan muammolami ko’tarib chiqdilar, kezi kelganda, mustamlaka siyosatiga qarshi fikrlarni ilgari surishda jasorat ko’rsatdilar. “Jadidchilik” arabcha “jadid” (“yangi”) so’zidan. Keng ma’noda ijtimoiyma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko’zda tutadi. Jadidchilik, Turkiston ijtimoiy fikri taraqqiyotida, Fitrat qayd etganidek, islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o’zbekchilik) ko’rinishlarida ham namoyon bo’lgan ediki, bularning o’z sabablari bor. Jadidchilik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat. Yaqingacha u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad - jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa: 1) jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi, uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qildi; 2) mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g ’ayrat va tashabbusi bilan dunyo ko’rgan Turkiston muxtorivati bu y o ’ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi; 3) maorifva madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Fitrat
So’fizoda Abdulla Avloniy Milliy uyg’onish, millatning o’zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qildi. Buni adabiyotshunoslik o’tgan asming 20-yillaridayoq e’tirof etgan edi. Milliy uyg’onish birgina adabiyot doirasida qolgani yo’q,ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, hatto ’’bosmachilik” nomi bilan ’’g’alati mashhur” bo’lib tarixga kirgan hodisaning ham mafkurasi milliy uyg’onishga, uning samarasi bo’lmish mustaqillikka bog’lanardi. Milliy uyg’onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo’Idi. U 20-yillami o’rtalarigacha davom etdi. 1926-yildan sovetlar unga qarshi kurash boshladilar. 1929-yildan ulami jismoniy tugatish yo’lga qo’yildi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog’langan bo’lib, uning shakllanish davrini 1865-1905-yillar bilan belgilamoq kerak bo’ladi. 1905-yil voqealari 17-Oktabr Manifestidan keyin rivojlanish bosqichiga kirdi. 1916-yilga kelib, jadidlarimiz ” q ora xalq ni oqartirmoq va ko ’zin ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar... Abdulla Qodiriy Muqimiy
Munavvar qori Abdurashidxonov Taraqqiyparvar ziyolilarimiz mustaqillik uchun kurashnito’xtatmadilar va 1917-yilning 27 noyabrida Turkiston (Qo’qon) muxtoriyatini e’lon qildilar, biroq u uch oyga yetmay, sho’rolar tomonidan shafqatsizlarcha yo’q qilindi. ’’Millatchi” deya nom olgan millatparvarlarimizning omon qolganlari tog’- toshlarga qochib, kurashni davom ettirdilar va Vatan ozodligi yo’lida shahid ketdilar. Bu jarayon 20-yillaming oxirigacha davom etdi. 1905-1929-yillar jadidchilik (milliy uyg’onish) harakatining taraqqiyot va tugatilish davridir. 7. Milliy uyg’onish asosida qanday adabiyot paydo bo’Idi? Milliy uyg’onish (jadid) adabiyoti XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan mazkur harakat g’oyalarining adabiy-badiiy ifodasi edi. Lekin u jadidchilikning shunchaki bir ko’rgazmasi bo’lib qolmadi, chinakam adabiyotga aylandi. U yangi adabiyotni boshlab berdi. Avji taraqqiysi 1915 — 1925-yillarga to’g’ri keldi. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti 2 bosqichga ajraladi: 1. Milliy uyg’onish davri o ’zbek adabiyotining ilk bosqichi: manbalari va yuzaga kelishi(XIX asr oxirlari). 2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugati lishi (XX asr birinchi choragi). ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir. ”Uyg’onish” tushunchasi qanday ma’nolarni o’z ichiga oladi? ’’Uyg’onish” (Renessans) tushunchasi qadim antik adabiyotga nisbatan olingan bo’lib, o’rta asrlardagi ilm-fan jonlanishini ko’zda tutadi. Uning doirasi turli mamlakatda turlicha, IX asrdan XV asrgacha bo’lgan davmi qamrab oladi. ’’Milliy uyg’onish”da esa, millatning o’zligini anglashi asos qilib olinadi. Biz ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir. “Adabiyot-millat oynasi” fikrlari kimga tegishli? Abdulla Avloniy bir she’rida ”Oyinayi har millat erur til-adabiyot” deb yozgan edi. Bu yerda alloma til-adabiyot har bir millatning yuzi, oynasi demoqda. Haqiqatan ham, jamiyatni tarbiyalashdagi adabiyotning buyuk rolini jadidlar yaxshi anglaganlar. Adabiyotni haqli ravishda millat oynasi deb aytishgan. Ikki buyuk asr - XIX va XX asrlar oralig’idagi 50-60 yillik davr qadim va boy o’zbek adabiyoti tarixida g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. U, birinchidan, xalqimiz hayotida yuz bergan eng katta baxtsizlik - o’z mustaqilligini yo’qotishi voqealarini loqayd kuzatishdan uning fojiali oqibatlarini chuqur idrok etish va istiqlol uchun kurashga chaqirishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Ikkinchidan, adabiyot davr voqealari ta’sirida g’arblashdi; mazmun-mundarijasi kengaydi; 9 davriy matbuot va teatming paydo bo’lishi bilan yangi adabiy tur va janrlar paydo bo’Idi. An’anaviy she’riyat bilan bog’liq timsollarga yangi mazmun kirib keldi. Yakka hukmron aruz yoniga unutilgan eski barmoq vazni qo’shildi. Sarbastda ijod qilindi, mansuralar yozildi, ya’ni - zamonaviy realistik adabiyot maydonga keldi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling