Quddus Muhammadiy- bolalarning shoiri. Shoir she`rlarinig mazmun-mundarijasi
Download 1.43 Mb.
|
1 2
Bog'liqQuddus Muhammadiy
Quddus Muhammadiy- bolalarning shoiri.Shoir she`rlarinig mazmun-mundarijasi. Quddus Muhammadiy (Muhammadiyev Quddus) (1907.25.10 — Toshkent — 1999.22.6) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1957). Qishloq xoʻjaligi texnikumini tugatgan (1930), Oʻrta Osiyo davlat universiteti (1931—32) va Toshkent tibbiyot instituti (1932—37)da oʻqigan. Maktabda oʻqituvchi (1930—32). Islom shoir kotibi (1941 — 45). Sheʼrlari 1928-yildan "Quddus" taxallusi bilan matbuotda bosilgan. dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Oʻquvchiga esdalik" (1946) maktab bolalari hayotiga bagʻishlangan. "Sheʼr va ertaklar", "Sinov" (1947), "Orzu", "Bahor keldi" (1948), "Qirq oʻgʻil, qirq qiz" sheʼriy toʻplamlari (1951) hamda "Yangi uy" (1953), "Kitob", "Bu binoni kim qurgan?", "Oq togʻlar", "Tentaksoy" kabi asarlarida inson mehnati ulugʻlangan. "Qanday boʻlmogʻim kerak?" (1960), "Juda qiziq, juda chiroyli" (1961), "Ona-bola mehri" (1963), "Bola boshidan, oʻgʻlon yoshidan" (1964), "Qanotli doʻstlar" (1978), "Choʻpon bobo qoʻshigʻi" (1979) va boshqa sheʼr va ertaklar toʻplami nashr qilingan. Q.M. bolalarning yoshiga, saviyasiga mos qilib asarlar yaratgan, adabiybadiiy vositalarni izlab topgan, kinoya, satira va yumor unsurlaridan unumli foydalangan. Q.M. ijodiga xos boʻlgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, maʼrifiylik va tarbiyaviylikning uygʻunligidadir. Shoir ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, ularning oʻziga xos ichki va tashqi tomonlarini, rivojlanish qonuniyatlarini chuqur idrok etadi hamda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq, yaʼni jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi va badiiy umumlashgan obrazlar yaratadi. "Tabiat alifbesi" (5 kitob, 1974—80)da bolalarni Oʻzbekistonning boy va goʻzal tabiatini sevishga, suv va havosini musaffo saqlashga chaqirgan. "Kitob va Oftob" (1986), "Men sizga bir hikmat aytaman" (1987) kabi asarlar muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1969).Quddus Muhammadiy XX asr o`zbеk bolalar shе’riyatini mavzu mundarija hamda janriy xilma-xillik bilan boyitgan zabardast shoir. Uning ijodi o`tgan asrning 30-yillaridan, to yangi asr bo`sag`asiga qadar kеng qamrovli shakl va tamoyil kasb etdi. Shu davr mobaynida shoir shе’rlarini bog`cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o`spirinlargacha birdеk sеvib o`qidi, qo`shiq qilib kuyladi. Q.Muhammadiyning alohida chop etilgan shе’riy to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining o`ziyoq, uning ommabop va hammabop shе’rlar yozganidan dalolat bеradi. Muhimi, ana shu ehtiros hali-hanuz sўngani yo`q. Shoir shе’rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdеk, sеvib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari bilan to`lishib bormoqda. Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag`ishladi. She`r yo`lin o`rgatgan quyoshim, oyim, Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so `zim, Shu Vatan, shu xalqim, shu o`g`il-qizim, She `rimning asosiy mavzui sizlar. Asarim ovozi – parvozi sizlar, O`zingiz ilhomim oltin o`zagi, O`zingiz she`rimning husn-bezagi, Haqiqatdan ham shoir she`rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi, shirin «o`g`il-qizlari»dir. Asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin o`zagi», she`rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga talabchan o`rtoq, qattiqqo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi. Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go`zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o`z she`rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat qiladi. To`qson yillik umrini bolalarga she`r, qo`shiq, doston, doston-ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma`lumotni otasidan oldi. 1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she`ri «Chuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she`rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o`yini», «Paranji», «Ahmad va asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she`rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`Iib ishlaydi, shu bilan birga O`rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g`amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`sflik bo`lajak shoir qalbini tordek ko`tarib yuboradi. Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she`rlaridan biri «Tong o`yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste`dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qulib kelgan. Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she`r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa`va sayrarkan» she`rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she`r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she`r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she`r ma`qul tushganini aytadi. So`ng, bolalar uchun she`rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she`rlarni ko`proq yozishni ta`kidlaydi. Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a`lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da`vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda и xalq og`zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi. Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1946 yilda «O`quvchiga esdalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi. Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she`rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning «O`quvchiga esdalik» she`rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta`kidlaydi: Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling