Mavzu : Shaxtani shamollatish usullari va turlari Reja


Download 120.25 Kb.
bet7/9
Sana24.09.2023
Hajmi120.25 Kb.
#1687146
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik

Shamollatish usullari
Flangli shamollatish sxemasida bosh ko‘tarish va havo yuboriladigan vertikal (qiya stvol yoki shtolnya) stvollar shaxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha, taxminan, o‘rtasiga joylashtirilgan bo‘lib, ishlatilgan havoni chiqarib tashlovchi shamollatish stvollari esa, shaxta maydoni qanotlarining yuqori chegarasiga joylashgan bo‘ladi. Bu sxemada toza havo markaziy stvoldan yuborilib, asosiy gorizont lahimlari bo‘ylab harakat qiladi va qazish kavjoyini shamollatadi. Ishlatilgan havo shamollatish gorizonti lahimlariga o‘tib, flang stvollari (shurflari) orqali yer yuziga chiqib ketadi. Bu sxema kon ishlarining xavfsizligini ta'minlaydi, chunki unda kamida uchta va undan ko‘p yer yuziga chiqish yo‘llari mavjud bo‘ladi.
Flangli shamollatish sxemasi, asosan, yer yuziga yaqin joylashgan konlarni yoki chuqurga joylashgan konlarning yuqori gorizontlarini shamollatishda qo‘llaniladi. Flangli shamollatishning quyidagi asosiy kamchiliklari mavjud capital xarajatlarning ko‘pligi, shaxtani qurish va ishga tushirish muddatining uzoqligi, shamollatish inshootlarining tarqoqligi va boshqalar.

Blokli ochish sxemasida qo‘llaniladigan stvollarni seksion joylashtirishda asosiy (markaziy) stvol havo yuboruvchi, yon tomondagi stvollar esa, ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlovchi lahimlar hisoblanadi.


Seksion shamollatish sxemasi shaxtaning umumiy aerodinamik qarshiligini kamaytiradi va shamollatish lahimlarining ko‘ndalang kesim yuzi kichik bo‘lishiga imkon yaratadi. Bunday shamollatishda havo yo‘nalishlarini boshqarish, kon gazi va yong‘inlariga qarshi kurashanchagina oson bo‘ladi.
Markaziy chetlangan shamollatish sxemasi, asosan, ishlab chiqarish quvvati nisbatan kichik bo‘lgan shaxtalarda qo‘llaniladi. Bu sxemada bosh stvol shaxta maydoni markazida joylashgan bo‘lib, shamollatish stvollariuning yuqori chegaralari bo‘yicha o‘tkaziladi. Shamollatish stvoli vazifasini shurf ham bajara olishi sababli ushbu sxemada bittagina stvol o‘tish kifoyadir. Bu esa shaxtani qurish muddati va kapital xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va bu sxemaning asosiy afzalligi hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu sxema kamchiliklardan ham xoli emas, chunonchi, bremsberg va uklon maydonlarining shamollatish oqimlari turlicha bo‘lishi shaxta maydonini bir tekis shamollatish ishlarini murakkablashtiradi.


Xulosa

Download 120.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling