Fayl tizimi tushunchasi Fat va NTFS fayl tizimlari.
Turli Operatsion Tizimlar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan
ko‘pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma'lumotlarni joylama (nositel')
da joylashtirishning har xil prinsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS
fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan fayl tizimi
bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.
Fayl tizimi funksiyalari va ma'lumotlar ierarxiyasi.
Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega bo‘lgan yozuvlardan tashkil
topgan ma'lumotlar to‘plami tushuniladi. Bu ma'lumotlarni boshqarish uchun, mos
ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma'lumotlar mantiqiy strukturasinining va
ularga ishlov beri jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi.
FAT fayl tizimi.
FAT fayl tizimi, o‘z nomiga quyidagi ma'lumotlarni
o‘z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo‘lgan:
fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan,
mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari
(uchastkalari);
disk makoni bo‘sh sohalari;
diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt
joylariga ega bo‘lib, ma'lumotlarni o‘qish va yozishni
xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma'lumotlar
sohasiga bo‘linadi.
FAT boshlang‘ich fayl tizimi muhim xarakteristikalardan biri fayl nomlari 8.3
formatidan foydalanishdir. FAT standart tizimiga (FAT 16 ko‘z tutilmoqda) yana 2 ta,
keng tarqalgan MS OT – Windows 95 va Windows NT uchun ko‘rinishlari: V FAT
(FAT virtual tizimi) va FAT 32 tizimidir. Hozirgi vaqtda FAT 32 – Windows
Millennium Edition, Windows 2000 va Windows XP tomonidan qo‘llaniladi, bu FAT
32, tizimining Windows NT va Linux uchun ham ishlab chiqilgan versiyalari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |