mavzu / soat / juftlik Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendensiyalari. Zamonaviy Operatsion tizimlarning tasnifi
Windows Operatsion tizimi interfeysi
Download 85.71 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish stoli
- Masalalar paneli
Windows Operatsion tizimi interfeysi.
Windows OTlarida ekranning asosiy qismini «Рабочий стол» (1) ya’ni ishchi stoli tashkil qiladi. Foydalanuvchi dasturlarga asosan ishchi oynadagi «ярлык» (2) yorliqlar yordamida murojat qiladi. Ishchi oynadagi maxsus yorliq ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi va yorliq dasturni ishga tushiradi. Ish stolining quyi qismida yarim shaffof lenta – masalalar panelini (панел задач) ko‘ramiz. Bu yerda eng zarur va kerakli dastur yorliqlarini joylashtirishimiz mumkin va bu foydalanuvchiga o’zi ko’p foydalanadigan dasturlarni ishchi stoliga o’tmasdan ishga tushirish imkonini beradi. Masalalar paneli chap burchagida «Пуск» tugmasi joylashgan. Uning yordamida kompyuterga o‘rnatilgan hamma dasturlar ro’yxati va sozlashning asosiy bo’limiga o’tish mumkin. O’ng burchakda yana bitta panel joylashgan, bu tizimli panel deb ataladi. Bu yerda ham ishga tushirilgan dasturlar belgilariga ko‘rsatkichlar aks ettirilgan. 1 2 1 2 3 4 Masalalar paneli: 1.Пуск menyusi; 2.Telegram yorlig’i; 3.Total Commander yorlig’i; 4.Word 2013 dasturi yorlig’i. WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalri. Ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo; Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha; Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi; WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli; Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin; Universal grafika - WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi; Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega; Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo. Foydalanuvchilar o’z ma'lumotlarini komp'yuterda, qattiq diskda fayl ko‘rinishida saqlanadi. Shu bilan birga, ularni tashqi qurimalarda ham saqlash mumkin (tashqi qattiq disklar, CD- /DVD-disklar, fleshka va x.k.) Ma'lumotlarni dasturiy ta'minotdan alohida saqlash kerak. Ma'lumotlarni dasturlar bilan birga bir joyda saqlanganda dasturlar bexosdan buzilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida operasion tizimni buzilishiga olib keladi. Imkon boricha foydalanuvchi fayllarini C diskda saqlamaslik zarur. Agar, komp'terda faqat bitta C: qattiq disk bo‘lsa, u holda unda «D:» nomli papka yaratishni maslahat berish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling