mavzu / soat


Download 1.1 Mb.
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1118414
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza. Marketing axborot tizimlari

3-rasm. O‘zi o‘rganuvchi axborot quyi tizimining sxemasi.
Ekspert tizimi — mutaxassislar bilimini konkret fan sohalarida to‘playdigan va ulardan tavsiyalar ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etish maqsadida foydalanadigan murakkab dasturiy kompleksdir. Ba’zi holatlarda ekspert tizimi odatda ekspertchining tajribasini jalb etishni talab qiluvchi funksiyalarni bajarishni to‘liq o‘ziga olishi yoki qaror qabul qiluvchi kishi uchun yordamchi rolini o‘ynashi mumkin.
• Muayyan muammolar sohasining nafaqat jismoniy (yoki boshqa) tabiatini,
balki ushbu muammo sohasida vazifani hal etishga muvofiq insoniy fikrlash mexanizmini modellashtiradi. Bu ekspert tizimlarni matematik modellash yoki kompyuter animatsiyasi tizimidan muayyan darajada ko‘rsatib beradi. Dastur, albatta, ushbu fan sohasida mutaxassis vazifasini to‘liq ishlab chiqa oladi deyolmaymiz, biroq, asosiy e’tiborni ekspert tomonidan qo‘llaniladigan muammo echimiga kompyuter vositasi bilan takomillashishiga qaratilishi muhimdir.
• Tizim, hisoblash operatsiyalaridan tashqari, unda joylashgan ma’lumotlarga asoslanib muayyan idrok va xulosalarni shakllantiradi. Tizimda bilim, odatda, ayrim maxsus tillarda keltirilgan va xulosa va oxirgi to‘xtamga kelishni shakllantiradigan dasturiy koddan alohida saqlanadi. Ushbu dastur komponenti bilimlar bazasi deb qabul qilingan.
 Muammolarni hal qilishda evristik va taxminiy usullar mavjud, ular algoritmdan farqli ravishda har doim ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Evristika, mohiyatan, ta’sir qonuni (Rule of Thumb) hisoblanadi va inson tomonidan o‘xshash 205 muammolarni echishning amaliy tajribasini to‘plash borasida o‘zlashtirilgan ba’zi bilimlarni mashina shaklida aks ettiradi. Bunday usullar taxminiy hisoblanadi, ya’ni, birinchidan, ular mukammal boshlang‘ich axborotni talab etishmaydi va ikkinchidan. muayyan ma’noda taqdim etilayotgan echim to‘g‘riligiga ishonch bilan (yoki ishonchsizlik bilan) tavsiflanadi.
Ekspert tizimi sinfi tor kasbiy fan sohalarida ishlash uchun taqdim etilgan bir necha ming dastur mahsulotlarini hosil qiladi, shuning uchun bunday tizimlar tasnifi etarli darajada turlicha bo‘lishi mumkin. 3.3.8-rasmda umumiy tasnifning imkoniyatlaridan biri ko‘rsatilgan.
Ekspert tizim tuzilishi dasturiy va kommunikatsion vositalardan tashqari, odatda, bilim va ekspert bo‘yicha injener-mutaxassislarni o‘z ichiga oladi, ular ekspert tizimi tomonidan shakllantirilgan xulosani tekshiradi va to‘ldiradi (4-rasm).



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling