Mavzu : Sport maktablari xarajatlarini rivojlantirish va moliyalashtirish. Reja. Kirish
ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi
Download 46.92 Kb.
|
Sarvar 2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- 254 ta sport maktabi
- 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sport bilan muntazam shug‘ullanish
254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi
Prezident qarori bilan 254 ta sport maktabi va 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar 6 bosqichda saralanadi va professional sportga salohiyati borlargina ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul qilinadi. Keyingi yildan maktablarga 35 mlrd so‘m ajratiladi. Кириллчада7 iyun 2022, 11:43 Siyosat Sport Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi 279 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ularning filiallari negizida 254 ta sport maktabi, 56 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari negizida esa 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Bu prezidentning 6 iyundagi «Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan. Sportni rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga 2 oy muddatda sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining namunaviy shtat me’yorlarini tasdiqlaydi. Bunda, sport maktablarining alohida sport inshootlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha shtat birliklari to‘liq ajratiladi. Maktablarga qabul va tayyorlov tizimi Sport maktablariga 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sport bilan muntazam shug‘ullanish va kelgusida professional sportchi bo‘lish maqsadidagi bolalar va yoshlar qabul qilinadi. «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar, shuningdek, 4−6 yoshli bolalar sport turlaridan kelib chiqib ularning antropometrik ko‘rsatkichlari asosida dastlab sport maktabining sport-sog‘lomlashtirish guruhida olimpiya sport turlari yoki milliy kurash bo‘yicha harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va harakat faolligi tanqisligini to‘ldirish uchun sakkiz oygacha bepul shug‘ullanadi. Sport-sog‘lomlashtirish guruhida shug‘ullangan yoshlar aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlaridan o‘tkaziladi, ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar sport maktabining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga qabul qilinadi. Bu guruhda yoshlar bazaviy tayyorgarlikka ega bo‘lish va keyinchalik ixtisoslashish uchun sportning muayyan turini tanlaydi va uch yilgacha shug‘ullanadi. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida shug‘ullangan va kamida o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadiga ega bo‘lgan bolalar sport maktabining o‘quv-mashq guruhiga o‘tkaziladi. Ushbu guruhda bolalar ixtisoslashuv va sportning tanlangan turi bo‘yicha chuqurlashtirilgan mashqlar asosida besh yilgacha shug‘ullanadi. O‘quv-mashq guruhida shug‘ullangan va kamida uchinchi yoki ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan bolalar sport maktabining sportda kamolotga erishish guruhiga o‘tkaziladi. Ushbu guruhda bolalar uch yilgacha muddat davomida sport mahoratini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Sportda kamolotga erishish guruhida shug‘ullangan va kamida O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega bo‘lgan bolalar sport maktabining oliy sport mahorati guruhiga o‘tkaziladi. Ushbu guruhda bolalar uch yil va undan ortiq muddat davomida sportda shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilish bilan shug‘ullanadi. Sport maktabining sport-sog‘lomlashtirish va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida tayyorgarlikdan o‘tgan, professional sportga salohiyati bor o‘quvchilari ixtisoslashtirilgan sport maktabining tegishli yo‘nalishiga (sportning o‘yin turlari va yengil atletika, suv sporti turlari, yakka kurash va gimnastika) o‘qishga qabul qilinadi. Sportni rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqib Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling