Mavzu : steam ta’lim tizimi uning o’ziga hos xususiyatlari


Download 60.19 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi60.19 Kb.
#1543877
  1   2   3
Bog'liq
PEDAGOGIKA



Mavzu :STEAM TA’LIM TIZIMI UNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI
Vaqt kutib turmaydi. Davr o`tishi bilan birga ilm-fan va ta’lim ham rivojlanib boradi. So’nggi o’n yil ichida STEAM ta’limi loyihasi katta ahamiyatga ega.
STEAM – inglizcha qisqartma bo’lib, S – Science, T – tech, E – engineering, A – art va M – mathematics so`zlari o`zbek tilida «tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijodkorlik, matematika» degan ma’noni anglatadi. Aynan mana shu fanlar zamonaviy ta’limda eng dolzarb fanlar bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda STEAM ta’lim tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi fanlararo va amaliy yondashuvdan foydalanishga hamda beshta fanni yagona o’qitish sxemasi uyg`unlashuviga asoslangan.
Bu texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi
Endi o’zimizga bir savol berib ko’raylik STEAM yondashuvi o’quv samaradorligiga qanday ta’sir qiladi? Gap shundaki uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratish muhimdir .Ya’ni o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz lozim.STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki bolalar mavzuga o’rganishda miyyalari bilan ham, qo’llari bilan ham o’rganadilar
10-may kuni Namanganda «Liderlik kompetensiyalari va maktablarda STEAM o’qitish usullari» xalqaro forumi bo’lib o’tdi. Forumda A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati, Shimoliy Jorjiya (AQSh) instituti professori Karliz Veyn, Namangan, Qo’qon, Buxoro, Toshkent viloyati va Toshkent shahri maktablari direktorlari va o’qituvchilari ishtirok etishdi.
«Istiqbol zamon bolalari» xususiy maktabining direktori Madaminova Matlyuba forumni ochib berdi va barchani ishtirokchilar bilan tanishtirdi. Forum davomida Matlyuba Madaminova barchani o`z hayotiy tajribalari asosida yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari, nazariyani amaliyot bilan bog`lashning yangi metodlarini joriy etish haqida yorqin misollar bilan o`rtoqlashdi. Turli sinflarda ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlar haqida o’qituvchilar tomonidan loyiha asosida o’qitishga xoslangan darslar o`tildi. Amaliy konferentsiyada Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o’rta maktab o’quvchilari qatnashdilar,ular mukammal so`zlash qobiliyatlari va o`z faoliyatlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`yicha olgan bilimlarini namoyon etdilar. Namangan shahridagi 66-maktab direktori Qoriev Mirzohid tinglovchilarni STEAM texnikasi asoslari bilan tanishtirib, loyihaning afzalliklarini misollar yordamida batafsil tushuntirib berdi. Taqdim etilgan ma`lumotlar yig’ilganlar orasida chinakam qiziqish va qizg’in munozaralarni uyg’otdi.
Namagan davlat universiteti, «Ingliz tilini o’qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, dotsent, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori G’ayrat Tojiboev forumda so’zga chiqdi va «Boshlang’ich sinfda ingliz tilini o’qitishning kommunikativ yondashuvlari» mavzusida mahorat darsi o’tkazdi. Forum ishtirokchilari, shuningdek, Amerika Kengashining ingliz tilida milliy dasturi mutaxassisi, shuningdek, yosh o’quvchilarga ingliz tilini o’rgatish bo’yicha xalqaro tajribaga ega Vendi Kulson tomonidan o’tkazilgan “Student-oriented learning using national textbooks” («Milliy darsliklardan foydalangan holda o`quvchilarga yo’naltirilgan ta’lim») mavzusidagi seminar davomida yana ko`plab tajriba to’pladilar. Kulson o’qituvchilarning sinfda muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quvchilarga yo’naltirilgan interfaol usullardan foydalanish uchun turli usbublarni taqdimot qildi.
 Forumning yakuniy qismida M.Madaminova hammaga minnatdorchilik bildirdi va forum ishtirokchilariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirdi.
STEAM ta’limi nafaqat o’qitish usuli, balki fikrlash tarzidir.
STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan foydalanishni o’rganadilar. Shuning uchun, ular o’sib ulg’ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o’zgarishi bo’ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va ​​birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu erda faqat bitta mavzu bo’yicha bilimga tayanish etarli emas.

Download 60.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling