Mavzu : suyuq kristallar va ularning xususiyatlari
Suyuq kristall turlari. Nematik, smektik va holesterik
Download 18.2 Kb.
|
Suyuq kristallar va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadroviy reaksiyalar va saqlanish qonunlari.
2. Suyuq kristall turlari. Nematik, smektik va holesterik
Suyuq kristallar molekulalarining tartiblanish darajasiga koʻra nematik ("azoksionizol, sintetik polipeptid eritmalari) va smektik (sovunning suvdagi eritmasi) Suyuq kristallar ga boʻlinadi. Nematik va smektik Suyuq kristallarning tashki koʻrinishini polyarizatsion mikroskop yordamida osongina ajratish mumkin. Nematik Suyuq kristallar ipsimon, smektik Suyuq kristallar konussimon, tayoqchasimon va bosqichli tuzil gan. Suyuq kristallarning xolesterik (xolesterinning propil efiri) xili ham mavjud boʻlib, uning molekulalari birbiriga parallel joylashgan uzunchoq plastinkasimon shaklda. Xolesterik Suyuq kristallar organik suyukdiklar va qattiq kristallarning optik faolligidan bir necha marta yuqori boʻlgan optik faollikkya ega. Baʼzi termotrop Suyuq kristallar 2 mezomorf holatda boʻlishi mumkin .Bunda strukturaviy oʻtishlar quyidagicha: qattiq^smektik—jematik—>amorfsuyuq kristall faza sxemasi boʻyicha boradi va 1 tartibli faza oʻtish sodir boʻladi. Suyuq kristallar elastik, magnit va optik anizotroplik, yopishqoqlik, elektr oʻtkazuvchanlik va boshqa xossalarga ega. Suyuq kristallar 1888-yilda F. Reynitser va O. Lemanlar tomonidan kashf etilgan. Yadroviy reaksiyalar va saqlanish qonunlari. Ikki yadro yoki yadro bilan zarra bir-biriga 10-15 m masofagacha yaqinlashganda yadroviy kuchlarning ta’siri tufayli o`zaro intensiv ta’sirlashadi, natijada yadroviy o`zgarishlar vujudga keladi. Bu yadroviy reaksiya bo`lib u quyidagicha yoziladi: A+aB+b bunda A-boshlansich yadro, a-reaksiyaga kirishuvchi yadro yoki zarra (neytron, proton, -zarra, -kvant, yengil yadrolar), B-yadroviy reaksiyada vujudga kelgan yadro, b-yadroviy reaksiyada ajralib chiqqan zarra. Birinchi yadro reaksiyasini E.Rezerfod 1919 yilda -zarralar bilan azot 714 atomini bombardimon qilib hosil qildi. Azot yadrosi o`zidan proton chiqarib kislorod yadrosiga aylanadi. 2He4+7N148O17+1P1 2He4-geliy atomining yadrosi, ya’ni musbat zaryadli -zarradir. Bu yadro reaksiya quyidagi tenglama bilan ham ifodalanadi: 7N14(,p) 8O17 Yadro reaksiyalarida energiya chiqariladi yoki yutiladi. Ajralib chiqqan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Hosil bo`layotgan yadro massalari yitsindisi boshlansich yadro masalalari yitsindisidan katta bo`lsa, yadro reaksiyasida energiya yutiladi va uning issiqlik effekti manfiy bo`ladi. Hamma yadro reaksiyalari zaryadning, massaning nuklonlar sonining, energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlari bajarilishi asosida sodir bo`ladi. Yuqoridagi reaksiyadan zaryadning saqlanish qonuniga asosan: 2+7=8+1=9 nuklonlar sonining saqlanish qonuniga asosan 4+14=17+1=18 bo`ladi. Yadro reaksiyasi natijasida energiya ajralib chiqsa bunday reaksiyani ekzoenergetik reaksiya, energiya yutilgan reaksiyani endoenergetik yadro reaksiyalari deyiladi. Yadrolar strukturasini, zarralarning o`zaro ta’sir mexanizmlarini o`rganishda, hamda amaliy jihatdan yadro energiyalarini olish va har xil element izotoplarini hosil qilishda yadro reaksiyalari katta ahamiyatga ega.
Download 18.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling