Mavzu : Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari Reja


Qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari


Download 355.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana26.12.2022
Hajmi355.83 Kb.
#1066870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari. 
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdisi o‘tkaziladigan joy.
Fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni shartli ravishda 3 
turga bo‘lish mumkin: 

brokerlik operatsiyalari;

dillerlik operatsiyalari;

market-meykerlik.
Brokerlik operatsiyalari – mijozning topshirig‘iga asosan va uning pul 
mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Dillerlik operatsiyalari – tashkilot o‘z nomidan va o‘z pul mablag‘i evaziga 
amalga oshiriladigan operatsiyalar. 



Market-meykerlik fond bozorida emitentlarga ko‘rsatiladigan xizmat turi. Bu 
xizmatlarga quyidagilar kiradi:

Sotib olish va sotish kotirovkalarini bir maromda ushlab turish;

Aksiyalar likvidligini ushlab turish;

Moliyaviy maslahatlar;

Aksiyalarni emissiyaga va bozorga taklif qilishda boshqarish;

Maqsadli sotib olish yo‘li bilan aksiyalarga sun’iy talabni tashkil etish;

Emitentning aksiyalarini sotib oladigan jiddiy investorlarini jalb qilish. 
Fond birjasining asosiy vazifalari:

qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishining zarur 
sharoitini ta’minlash;

qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talab va takliflar o‘rtasidagi muvozanatni aks 
ettiruvchi narxlarni, ya’ni bozor bahosini belgilash;

qimmatli qog‘ozlar va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini kasb 
mahoratini yuqori darajada saqlab borish;

muntazam ravishda narx aniqlanishiga, indeksatsiya o‘zgarishiga, savdo-
sotiq vaqti, qimmatli qog‘ozlar, shartnomalarning miqdoriga va boshqa 
ko‘rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holatini va uning rivojlanishiga 
doir taxminiy shartlarni e’lon qilish.
Hozirgi vaqtda, rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, duyoda 150 dan ortiq 
fond birjasi bo‘lib, ulardan o‘n ikkitasi eng yirik birja sifatida xalqaro qimmatli 
qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etadi.
1
Bularga Nyu-York, London, Tokio, 
Frankfurt, Tayvan, Seul, Syurix, Parij, CHikago, Kuala-Lumpur, Gonkong, 
Istambul fond birjalaridir. 
Xalqaro fond birjalarining infrato‘zilmasida yuzaga kelgan muhim 
o‘zgarishlardan biri birjalar o‘rtasida mijoz uchun raqobat kurashining 
kuchayganligi hisoblanadi. Uning isboti sifatida bozorning professional 
ishtirokchilari sonining tobora oshib borayotganligini ko‘rsatish mumkin.
XX asrning 80-yillarida Angliya SEAQ International yuzaga keladi. 



Bu nafaqat ingliz korxonalarining aksiyalarini, balki ular bilan birga, boshqa 
evropalik emitentlar hamda amerikalik va yaponiyalik emitentlar tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan dilerlik 
bozori 
hisoblanadi. 
Undan 
keiyn 
Bryusselda 
yuqori 
texnologiyali 
kompaniyalarning aksiyalarini oldi-sotdi qilish amalga oiriladigan Evropa savdo 
tizimi-ESDAQ yuzaga keladi.
XX asrning 90-yillarida muqobil savdo tizimlari- |INSTINET va 
TRADEPOINT yuzaga keladi. Bularning birinchisi litseziyali broker-diler bo‘lsa, 
ikkinchisi Angliyadagi litsenziyali investitsiya birjasi hisoblanadi. 
90-yillarning ikkinchi yarimida elektron kommunikatsiya tarmog‘i-Elektronic 
communiction networks yuzaga keladi. Ushbu tizim AQSHning an’anaviy birja 
xizmatlaridan qoniqmasdan, investitsiya kompaniyalarining tashshabusi va 
ishtiroki bilan yuzaga keladi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqorida qayd etilgan professional 
ishtirokchilari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining 
rivojlanishi, provard natijada, ular o‘rtasidagi raqobat muhitini keskinlashuviga 
olib keladi. Buning natijasida ko‘satilayotgan xizmatlar uchun olinadigan 
to‘lovlarning kamayishi yuz beradi. Ular mijozlarga an’anaviy birjalar yopilgandan 
keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, investitsiyalar uchun turli xildagi 
instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarni sir tutilishi kafolatlaydi. 
2000 yilning boshiga kelib §arbiy Evropadagi barcha yirik fond birjalari to‘liq 
elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida, savdo ishtirokchilari sonini 
keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish imkonini beradi.
Bir qator mamlaktlarda fond birjalari o‘zlarining raqobat pozitsiyalarini 
mustahkamlamoqda. 
Bu 
holat 
moliyaviy 
bozorlarning 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilar 
uchun 
bir 
necha 
xizmat 
turlarini 
bir 
joyda 
markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Parij, Amsterdam
Frankfurt, Xelsinki, Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bozorlarni, hosila 
institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni birlashtiradi. 



Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining infrato‘zilmasidagi ikkinchi jiddiy 
o‘zgarishlar birja ittifoqlarini to‘zish jarayonlarining boshlanganligi va tobora 
chuqurlashib borayotganligi hisoblanadi.
Birja ittifoqlarini to‘zish yo‘lidagi dastlabki qadam 1997 yilda Benilyuks 
birjasining to‘zish orqali qo‘yildi. Ushbu birjani to‘zish to‘g‘risidagi 
shartnomaning imzolanishi bir vaqtning o‘zida uchta birjaga kross-a’zolik 
huquqini ta’minladi. Hamkorlik hosila instrumentlari bozorlariga (forvard, 
fyuchers, opsion bozorlari), kliring va hisob-kitoblar jarayoniga ham tarqaldi. 
Ayni vaqtda, AQSHning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ global 
ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga aylanib bormoqda. 
U amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritish bilan birga, jahonning 
10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida e’tirof etiloqda.

Download 355.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling