Mavzu : Tilga ixtiyorsiz, elga e'tiborsiz Maqsad : a Ta'limiy
Download 79.5 Kb.
|
Tilga ixtiyorsiz , elga e'tiborsiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi ; a) Tashkiliy qism b) Yangi mavzu bayoni . Oquvchi : Assalom , sozimiz kirish qismidan
- Oquvchilar
- Oqituvchi
- Farobiy , Danteni takror va takror Barini oqidim , lol qoldi aqlim Bariga ustozsan ozing muallim
- Hilpiraydi u qarang , Rangi yashil , qizil , oq Ozligimiz anglatar Ushbu muzaffar bayroq Oqituvchi
- Sizdadur har yaxshilikning imkoni bor , Bundan deydilarki , nafasing joni bor .
- Oquvchi
- Ona tilim - ona tili . Boshimga aql bor ekan , borsan Kozimda yosh bor ekan , borsan Toki quyosh bor ekan , borsan
- 2 - guruh
- Siz tilni asrang har nedan ortiq Yagona zaminni asrangiz omon Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq Toki avlodlarga yetolsin omon
- Uyga vazifa
Mavzu : Tilga ixtiyorsiz , elga e'tiborsiz Maqsad : a) Ta'limiy : mavzu asosida milliy qadriyatlarni o'rganish , tilimizni ulug'lash . b) Tarbiyaviy : Ona tiliga bo'lgan hurmatni oshirish , o'quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish v) Rivojlantiruvchi : O'quvchilar nutqini o'stirish g) Kasbga yo'naltirish : O'qituvchilik , suxandonlik d) Milliy mafkuraviy ruhda tarbiyalash : O'quvchilar ongiga komil inson va Vatan ravnaqi g'oyalari mohiyatini singdirish Uslub : Aralash Usul : Savol - javob , munozara Darsning jihozi : tarqatma ko'rgazma , kadaskop , ulug' siymolar rasmlari , tilga oid hikmatlar , adabiyotlar . Darsning borishi ; a) Tashkiliy qism b) Yangi mavzu bayoni . O'quvchi : Assalom , so'zimiz kirish qismidan Assalom musaffo yoshlik jismidan Samimiy dillardan yo'llaymiz kalom Ta'zim bilan deymiz , sizga assalom ! O'qituvchi : Aziz o'quvchilarim , Tayyormisiz sinovga ! O'quvchilar : Ha , hurmatli ustozim Tayyormiz biz sinovga O'qituvchi : Bolalar , darsimiz odobnoma O'quvchi : Odob kerak har bir o'g'il va qizga , Aqlni va fikrni soladi yaxshi izga . O'qituvchi : Kelinglar bolalar , tabiatga bir nazar tahslaylik . O'qituvchi : Bugun havo ochiq . Biroz ertalabkisalqin , kun yarmida isiy boshlaydi . Kuz fasli kirib kelganidan darak beradi . O'qituvchi : Kuz faslida qanday bayramlarimiz bor ? O'quvchilar : 1 - sentabr - Mustaqillik bayramini nishonlaymiz . Mustaqilligimizga 19 yil to'ldi . 1 - oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni .
18 - oktabr , 1991 yil - O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tasdiqlangan . Hilpiraydi u qarang , Rangi yashil , qizil , oq O'zligimiz anglatar Ushbu muzaffar bayroq O'qituvchi : Kuz faslida O'zbekistonimizda nimalar yig'ib - terib olinadi ? O'quvchi : Paxta , mevalar ( olma , anor , behi ....) O'iqtuvchi : Orangizda kimdir mexanizator , kimdir agronom yana biringiz fermer bo'larsiz !? Bu kasbni egallashingiz uchun siz albatta yaxshi o'qishingiz , odobli bo'lishinigiz kerak .
O'qituvchi : O'quvchilar sizlar yo'l harakati qoidalariga amal qilasizmi? O'quvchilar : Ha ustoz " Yo'l qoidasi - umr foydasi " deyishgan . Bu qoidaga amal qilihsimiz shart . Yo'l chetidan yurishimiz , o'ng va chap yo'l qoidalariga e'tibor berishimiz kerak .
qilishingiz shart . - Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz , deganda nimani tushunasiz ? - Konstitutsiyamizning qaysi moddasida Davlat tili to'g'risida gapirilgan ?
o'zbek tilidir . Yer yuzida qancha millat , xalq , elat bo'lsa , shuncha til bor . Til insonlar orasidagi aloqa , fikr ifodasi , insonlarning bir - biri bilan fikr almashinishiga xizmat qiladi .
go'zal , nafisligi va inson ruhiyatiga ta'sirini shunday tasvirlagan edi :
Hazrat Alisher Navoiy tilning mazmuni ifodasiga alohida e'tibor berganlar . Har bir til o'z millati uchun aziz , o'zbek tili o'zbek xalqi ruhiyatini , g'ururini , kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy tildir . O'quvchi : O'zbekiston REspublikasi Konstitutsiyasining 4 - moddasida til to'g'risida bayon etilgan . O'qituvchi : Til to'g'risida kimlar she'r biladi . O'quvchilar : Do'stga do'stu , dujona tilim , Begonaga begona tilim , Beshigimda yagona tilim Ona tilim - ona tili . Boshimga aql bor ekan , borsan Ko'zimda yosh bor ekan , borsan Toki quyosh bor ekan , borsan Ona tilim - ona tilim O'qituvchi : Kelinglar , qaysi guruh ko'p hikmatli so'zlardan biladi musobaqasini o'tkazamiz . 1 - guruh : " Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz ". 2 - guruh : " Odoblar boshi tildir , uni tiymoq zarurdir " . 3 - guruh : " So'zing achchiq , tilingni tiyib tur , erk berilgan til bir kuni boshinga yetadi "..... Hikatli so'zlar aytish davom etadi . Oxirgi shartimiz sardorlar musobaqasini o'tkazish . Kim ko'p maqol biladi ? 1 - guruh : " Ish ishtaha ochar , dangasa ishdan qochar " 2 - guruh : " O'zga yurtda shoh bo'guncha , o'z yurtingda gado bo'l ". 3 - guruh : " Mehnat , mehnatning tagi rohat " O'quvchilar baholanib rag'batlantiriladi . O'qituvchi : Bizning tilimizga asos solgan bobokalonimiz Alisher Navoiy Hirot shahrida tavallud topganlar . O'zbek tili muqaddas bo'lib, xalqimiz uchun azizdir . Har bir tilning chiroyi , jozibasi , mazmuni , boyligi bo'lgani kabi , o'zbek tili ham nozik , mazmunli iboralarga boydir . Har bir inson bir- biri bilan yakka holda yoki jamoa joylarida muloqot va muomalada bo'lganida til odobiga e'tibor berishi lozim . Ona tilimizning ko'rki , kuch qudratini jahonga ko'z - ko'z qilgan bobolarimiz Imom al - Buxoriy , Ahmad Yassaviy , Ahmad Yugunakiy , Alisher Navoiy , Mahmud Qoshg'ariy " O'z tilini bilgan , e'zozlagan xalq - kuchlidir " - degan naqlga katta e'tibor berganlar . Siz tilni asrang har nedan ortiq Yagona zaminni asrangiz omon Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq Toki avlodlarga yetolsin omon Prezidentimiz ta'kidlaghanidek kelajak avlod biz yoshlar qo'lidadir . Uni ardoqlang , asrab - avaylab , tilimizni , uymonimizni hech qachon unutmaylik , Vatan ravnaqi uchun o'z hissamizni qo'shaylik . Uyga vazifa : " Til bilgan - el biladi " mavzusini o'qib , keyingi darsga tayyorlanib kelish Dars yakuni : Mustahkamlash . Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling