Mavzu : Tilga ixtiyorsiz, elga e'tiborsiz Maqsad : a Ta'limiy


Download 79.5 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi79.5 Kb.
#129824
Bog'liq
Tilga ixtiyorsiz , elga e'tiborsiz



Mavzu : Tilga ixtiyorsiz , elga e'tiborsiz
Maqsad :

a) Ta'limiy : mavzu asosida milliy qadriyatlarni o'rganish , tilimizni

ulug'lash .



b) Tarbiyaviy : Ona tiliga bo'lgan hurmatni oshirish , o'quvchilarda

muomala madaniyatini shakllantirish



v) Rivojlantiruvchi : O'quvchilar nutqini o'stirish

g) Kasbga yo'naltirish : O'qituvchilik , suxandonlik

d) Milliy mafkuraviy ruhda tarbiyalash : O'quvchilar ongiga komil

inson va Vatan ravnaqi g'oyalari mohiyatini singdirish



Uslub : Aralash

Usul : Savol - javob , munozara

Darsning jihozi : tarqatma ko'rgazma , kadaskop , ulug' siymolar

rasmlari , tilga oid hikmatlar , adabiyotlar .



Darsning borishi ;

a) Tashkiliy qism

b) Yangi mavzu bayoni .

O'quvchi :

Assalom , so'zimiz kirish qismidan

Assalom musaffo yoshlik jismidan

Samimiy dillardan yo'llaymiz kalom

Ta'zim bilan deymiz , sizga assalom !
O'qituvchi : Aziz o'quvchilarim ,

Tayyormisiz sinovga !



O'quvchilar : Ha , hurmatli ustozim

Tayyormiz biz sinovga



O'qituvchi : Bolalar , darsimiz odobnoma

O'quvchi : Odob kerak har bir o'g'il va qizga ,

Aqlni va fikrni soladi yaxshi izga .



O'qituvchi : Kelinglar bolalar , tabiatga bir nazar tahslaylik .

O'qituvchi : Bugun havo ochiq . Biroz ertalabkisalqin , kun yarmida

isiy boshlaydi . Kuz fasli kirib kelganidan darak beradi .



O'qituvchi : Kuz faslida qanday bayramlarimiz bor ?

O'quvchilar : 1 - sentabr - Mustaqillik bayramini nishonlaymiz .

Mustaqilligimizga 19 yil to'ldi . 1 - oktabr - O'qituvchilar va

murabbiylar kuni .
Muallim haqida so'zim ushbudir ,

Muallim kamolot ichra ko'zgudir ,

O'qidim Gerodot , tarixni ko'p bor ,

Farobiy , Danteni takror va takror

Barini o'qidim , lol qoldi aqlim

Bariga ustozsan o'zing muallim
21 - oktabr , 1989 yil - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun . Tilimizga asos solgan buyuk bobomiz Alisher Navoiydir . Bizning jonajon shahrimiz bobomiz nomiga qo'yilgan . Shuning uchun bu bayram viloyatimizda keng nishonlanadi .

18 - oktabr , 1991 yil - O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tasdiqlangan .



Hilpiraydi u qarang ,

Rangi yashil , qizil , oq

O'zligimiz anglatar

Ushbu muzaffar bayroq

O'qituvchi : Kuz faslida O'zbekistonimizda nimalar yig'ib - terib

olinadi ?



O'quvchi : Paxta , mevalar ( olma , anor , behi ....)

O'iqtuvchi : Orangizda kimdir mexanizator , kimdir agronom yana

biringiz fermer bo'larsiz !? Bu kasbni egallashingiz

uchun siz albatta yaxshi o'qishingiz , odobli bo'lishinigiz

kerak .


O'qituvchi : O'quvchilar sizlar yo'l harakati qoidalariga amal qilasizmi?

O'quvchilar : Ha ustoz " Yo'l qoidasi - umr foydasi " deyishgan . Bu

qoidaga amal qilihsimiz shart . Yo'l chetidan yurishimiz ,

o'ng va chap yo'l qoidalariga e'tibor berishimiz kerak .

O'qituvchi : Barakalla bolajonlarim . Yo'l harakati qoidalariga amal

qilishingiz shart .

- Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz , deganda nimani tushunasiz ?

- Konstitutsiyamizning qaysi moddasida Davlat tili to'g'risida

gapirilgan ?

O'qituvchi : Har bir millatning o'z tili bor . Bizning ham jonajon tilimiz

o'zbek tilidir . Yer yuzida qancha millat , xalq , elat bo'lsa ,

shuncha til bor . Til insonlar orasidagi aloqa , fikr ifodasi ,

insonlarning bir - biri bilan fikr almashinishiga xizmat

qiladi .

O'quvchi : Bobokalon shoirimiz Alisher Navoiy so'zning yumshoq ,

go'zal , nafisligi va inson ruhiyatiga ta'sirini shunday

tasvirlagan edi :
Sizdadur har yaxshilikning imkoni bor ,

Bundan deydilarki , nafasing joni bor .

Hazrat Alisher Navoiy tilning mazmuni ifodasiga alohida e'tibor berganlar . Har bir til o'z millati uchun aziz , o'zbek tili o'zbek xalqi ruhiyatini , g'ururini , kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy tildir .



O'quvchi : O'zbekiston REspublikasi Konstitutsiyasining 4 -

moddasida til to'g'risida bayon etilgan .



O'qituvchi : Til to'g'risida kimlar she'r biladi .

O'quvchilar :

Do'stga do'stu , dujona tilim ,

Begonaga begona tilim ,

Beshigimda yagona tilim

Ona tilim - ona tili .
Boshimga aql bor ekan , borsan

Ko'zimda yosh bor ekan , borsan

Toki quyosh bor ekan , borsan

Ona tilim - ona tilim

O'qituvchi : Kelinglar , qaysi guruh ko'p hikmatli so'zlardan biladi

musobaqasini o'tkazamiz .



1 - guruh : " Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz ".

2 - guruh : " Odoblar boshi tildir , uni tiymoq zarurdir " .

3 - guruh : " So'zing achchiq , tilingni tiyib tur , erk berilgan til bir

kuni boshinga yetadi ".....



Hikatli so'zlar aytish davom etadi .

Oxirgi shartimiz sardorlar musobaqasini o'tkazish .



Kim ko'p maqol biladi ?

1 - guruh : " Ish ishtaha ochar , dangasa ishdan qochar "

2 - guruh : " O'zga yurtda shoh bo'guncha , o'z yurtingda gado bo'l ".

3 - guruh : " Mehnat , mehnatning tagi rohat "

O'quvchilar baholanib rag'batlantiriladi .

O'qituvchi : Bizning tilimizga asos solgan bobokalonimiz Alisher Navoiy Hirot shahrida tavallud topganlar . O'zbek tili muqaddas bo'lib,

xalqimiz uchun azizdir . Har bir tilning chiroyi , jozibasi , mazmuni , boyligi bo'lgani kabi , o'zbek tili ham nozik , mazmunli iboralarga boydir . Har bir inson bir- biri bilan yakka holda yoki jamoa joylarida muloqot va muomalada bo'lganida til odobiga e'tibor berishi lozim . Ona tilimizning ko'rki , kuch qudratini jahonga ko'z - ko'z qilgan bobolarimiz Imom al - Buxoriy , Ahmad Yassaviy , Ahmad Yugunakiy , Alisher Navoiy , Mahmud Qoshg'ariy " O'z tilini bilgan , e'zozlagan xalq - kuchlidir " - degan naqlga katta e'tibor berganlar .


Siz tilni asrang har nedan ortiq

Yagona zaminni asrangiz omon

Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq

Toki avlodlarga yetolsin omon

Prezidentimiz ta'kidlaghanidek kelajak avlod biz yoshlar qo'lidadir . Uni ardoqlang , asrab - avaylab , tilimizni , uymonimizni hech qachon unutmaylik , Vatan ravnaqi uchun o'z hissamizni qo'shaylik .


Uyga vazifa : " Til bilgan - el biladi " mavzusini o'qib , keyingi

darsga tayyorlanib kelish


Dars yakuni : Mustahkamlash .
Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling