Mavzu : xalqaro marketingda narx siyosatini ishlab chiqish usullari


Download 89.96 Kb.
bet19/26
Sana08.01.2022
Hajmi89.96 Kb.
#242338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
RAVSHAN

Narxning ishonchliligi tushunchasi xaridorni mahsulot narxini kutgan darajada, ya’ni xarid qobilyatiga mos ravishda bo‘lishini bildiradi. Narxlarning doimiyligi, oldindan kelishilgan holda belgilanishi (katta bitimlar uchun), sarf–xarajatlarni ortiqcha qilib yuborib, narxni ko‘tarishdan qochish xaridorni narxga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Narx belgilashda haqqoniylikning ikki jihati mavjud. 


  • Xaridorning «narx – qimmatlilik, naflilik» nisbatidan qoniqishi. 


  • Tovarning real bahosi bilan uning ijtimoiy tan olinganligi. 


Narxdagi haqqoniylik qoidalariga rioya qilish, sotuvchi tomonidan xaridorni aldashga yo‘l qo‘ymaslik iste’molchining narxdan qoniqish darajasini oshiradi.

Bank xizmatlaridagi foiz stavkalarining haddan tashqari oshirilishi, kredit to‘lash muddatini qisqartirib, foizini oshirish, maishiy xizmat turlariga narxning yuqori belgilanishi iste’molchilarda narxga ishonmaslik hissini uyg‘otib, ular xizmatidan boshqa foydalanmaslikka undaydi.

Iste’molchilarning narxdan qoniqishini baholash juda murakkab jarayon. Iste’molchi o‘z xarid qobiliyatini qoniqtiradigan va o‘z iste’mol ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tovarlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, unda narxdan u yoki bu darajada qoniqish hosil bo‘ladi.

Xarid jarayonida tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, qaror qabul qilish xaridorni xarid qilish, qilmasligini qiyinlashtiradi.

Narxdan qoniqish darajasini o‘lchash uchun belgi va umumiy darajada bir necha ko‘p o‘lchovli shkalalardan foydalanish mumkin.

Alohida narx belgilarining nisbiy muhimligi regression tahlil orqali aniqlanadi. Bunda umumiy narxdan qoniqish o‘zgaruvchan kattalik bo‘lib, belgilardan qoniqish o‘zgarmas kattalik bo‘ladi. Har qanday tovar belgilarining (qismlari) alohida naflilik darajasi, ularning qimmatini, narxni mos yoki mos emasligini ko‘rsatadi. Masalan, maishiy texnika buyumining ko‘p funksiyalardan iboratligi, ekspluatatsiya qilishning osonligi, elektr energiyasini kam sarflashi, ta’mirlash uchun kafolatning mavjudligi va hokazolar iste’molchining tovar narxidan qoniqqanligini bildiradi.

Narxdan qoniqish menejmenti uchun yuqorida sanab o‘tilgan juda ko‘p axborotlar zarur bo‘lib, maqsadli marketing chora tadbirlari ham o‘zaro bir -biriga chambarchas bog‘liq jarayonlar hisoblanadi.

Narxdan qoniqishni o‘rganish birlamchi axborot manbayi bo‘lib, iste’molchilarni so‘rovnoma qilish hisoblanadi. So‘rovnoma tovarning har bir belgisi (qismi) bo‘yicha savollar, narxi, foydaliliga, nafi va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Ko‘p hollarda, yangi tovar chiqarilishi oldidan so‘rovnomalar o‘tkazilib, xaridorlar qanday narxda tovarni sotib olishlari mumkinligi aniqlanadi. Natijalarga qarab yangi tovarga defferensial yondashib narxlar belgilanadi.

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, bozor sharoitida tovar narxini belgilash ko‘p omillarga bog‘liq. Xaridorning tovar narxidan qoniqishi, narxning uning naflilik darajasiga mosligi eng asosiy mezoni hisoblanadi.

Tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida uning narxini ham o‘zgartirish, iste’molchilarda talabni saqlab qolish, shu tovar hayotiylik davrini uzaytirishi mumkin. Narx siyosatidagi turli chora-tadbirlar xaridorning narxdan qoniqish darajasini oshiradi. Raqobat mavjud bo‘lgan joyda iste’molchini o‘z xaridoriga aylantirish har bir sotuvchining maqsadi bo‘lib, u iloji boricha uni nafaqat bir marotabali xaridor, balki doimiy mijozga aylanishini xohlaydi.

Tovar hayotiylik davrining birinchi bosqichida yuqori narx belgilab, «qaymog‘ini olish» strategiyasini qo‘llasa, 4 – talabning pasayishi bosqichida rag‘batlantiruvchi strategiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Iste’molchini rag‘batlantirish, sotuv jarayonini faollashtirish, narxlarga nisbatan xaridorda ishonch va qiziqishni uyg‘otish uchun chegirmalar, imtiyozli sotuvlar, sovg‘alar berish, aksiyalar, lotareyalar o‘ynash juda samarali bo‘ladi.

Kuchli raqobat sharoitida iste’molchini xaridorga, doimiy mijozga aylantirish sotuvchidan juda ko‘p faollikni, «Iste’molchi shoh» shioriga mos holda savdo faoliyatini yuritishni talab qiladi. 


Download 89.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling