Mavzu : xalqaro marketingda narx siyosatini ishlab chiqish usullari


Download 89.96 Kb.
bet23/26
Sana08.01.2022
Hajmi89.96 Kb.
#242338
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
RAVSHAN

O‘rtacha narxlar strategiyasi. Bu strategiya narxlarni xaridorlar tomonidan tovar qiymatini idrok etilishi darajasiga ko‘ra belgilashni ko‘zda tutadi, ya’ni narx tovarning haqiqiy qiymatiga mos ravishda belgilanadi.

O‘rtacha narxlar strategiyasi korxonada yuqori narxlar strategiyasini ham (sifat darajasi boshqacha, xaridorlar o‘ta sezuvchan), past narxlar strategiyasini ham (xaridorlar tovarning sifati past, deb tushunishlari, raqobatchilar narxning past darajasiga o‘zlarining shunga o‘xshash tovarlarining narxini pasaytirish bilan javob berishi mumkin) qo‘llash imkoni qolmaganda foydalaniladi.

O‘rtacha narxlar strategiyasi bozorda bir-biriga o‘xshash, raqobatlashuvchi tovarlar ko‘pligi tufayli ko‘pchilik korxonalar uchun eng tipik strategiya hisoblanadi. Bu strategiya «narxlar urushi» imkonini istisno qiladi. Bunday strategiyani o‘zining bozordagi faoliyati uchun qulay iqlim barqarorligi va saqlanishidan manfaatdor va foyda olinishiga uzoq muddatli siyosat, deb qarovchi korxonalar ko‘proq qo‘llaydi. Bu strategiya yangi raqobatchilar paydo bo‘lishiga olib kelmaydi, xaridorlar hisobiga «boylik orttirish»ga imkon bermaydi, shu bilan birga qo‘yilgan kapitalga adolatli foyda olish imkonini beradi.

«Maqsadli» narxlar strategiyasi (maqsadli foyda). Bu strategiyada maqsadli miqdor foydaning ma’lum (berilgan) summasi qo‘yilgan kapitalga foydaning rejalashtiriladigan foizi hisoblanadi.




Download 89.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling