Tender asosida narxni belgilash. Bunday vaziyatlarda korxona o‘z narxini belgilashda ushbu narx va o‘zining xarajatlari hamda talab ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan emas, raqobatchilarning kutiladigan narx takliflaridan kelib chiqadi. Korxona shartnoma tuzmoqchi bo‘ladi, demak, buning uchun esa boshqalar narxiga qaraganda past bo‘lgan narxni so‘rashi kerak. Biroq bu narx tannarxdan past bo‘lmasligi lozim, aks holda korxona o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi. Bu usul ehtimolli baholashni qo‘llaydi va hisob-kitoblarning quyidagi ketma-ketligini nazarda tutadi:
− shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobkitobi;
− potensial raqobatchilar tomonidan qo‘llaniladigan savdo taktikasi
tahlili;
− korxona taklif qiladigan narx raqobatchilar so‘raydigan narxdan past bo‘lishining ehtimolini aniqlash;
− korxonaga maksimal foyda olib kelishi kutilayotgan narx miqdorini aniqlash;
− tender savdolarini tashkil qilish mexanizmi.
Narxlarni shakllantirishning asosiy metodlari narx siyosati «magiya uchburchagi»ning biror bir unsuriga urg‘u berilishi bilan farqlanadi: korxona xarajatlari, iste’molchilar baholari va raqobatchilar baholari.
Do'stlaringiz bilan baham: |