Mavzu : xalqaro marketingda narx siyosatini ishlab chiqish usullari


Download 93.4 Kb.
bet1/27
Sana08.01.2022
Hajmi93.4 Kb.
#239772
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
RAVSHAN TAYYOR


MAVZU : XALQARO MARKETINGDA NARX SIYOSATINI ISHLAB CHIQISH USULLARI

REJA


1.Xalqaro marketingda narx tushunchasi va uning mohiyati

2.Xalqaro marketingda Narxni shakllantirish

3 Xalqaro marketingda Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar 

4.Xalqaro marketingda Korxonaning narx siyosati

5.Xalqaro marketingda Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan foydalanish

6.Xalqaro marketingda Narx strategiyalari

6.Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Xalqaro marketingda Narx tushunchasi va uning mohiyati

Narx bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli. 


Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.

Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.



Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.

Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.

Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.

Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.

Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.

Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.

Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.

Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.

Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?

Bu quyidagilar bilan izohlanadi:


  1. Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi. 


  2. Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi. 


  3. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi. 




Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan shartlardir.

Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.

Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.

Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib chiqamiz: avvalo, narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. Masalan, poyafzalga bo‘lgan talab biron bir sababga ko‘ra ko‘payib borayapti, deb faraz qilaylik. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.

Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi miqdorda tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek qolganda poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun ularga balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning oshgan narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy nazar tovar narxi oshganligiga bir xilda qaraydi.

Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimizda poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq materialni izlashga rag‘batlantiradi.

Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak, daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.

Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin: a) Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari:


  • Ulgurji 

  • Chakana 

  • Xarid va boshqalar. 




b) Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda

davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar:




  • Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar 


  • Erkin narxlar 




Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar 

c) Narxning boshqa xillari (masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va h.k.).

Xaridorga realizatsiya qilinadigan tovar miqdoriga bog‘liq holda narxlarning quyidagi turlari farqlanadi:




  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling