Narxni iste’molchiga yo‘naltirish metodi narxlarni iste’molchilarning tovarni qabul qilishlaridan kelib chiqib belgilashni ko‘zda tutadi. Potensial iste’molchilar tomonidan tovarning qabul qilinishi (idrok etilishi)ni o‘rganish uchun marketing tadqiqotlari zarur, shu bilan birga iste’molchining firma takliflariga kutilgan munosabatlarini ham shakllantirish lozim. Buning uchun tovarning maqsadli bozorga nisbatan munosabatlari, samarali namoyish etilishi, reklama qilish usullari bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqish talab etiladi. Istalgan mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish avval rejalashtirilgan narxni hisobga olgan holda va tovarning farqlanuvchi sifat xususiyatlarini ham qo‘shib, ishlab chiqarish hajmi hisob-kitobini bajarishni talab qiladi. Bunday yangi mahsulotlarning bahosi odatda, raqobatchilar narxidan yuqori bo‘ladi, shuning uchun sotuvchilar xaridorlarniular servisning yuqori darajasi, kafolatning davomli muddati, ushbu taklifning ishonchliligi va boshqa aniq ustuvorliklari uchun qo‘shimcha haq to‘layotganliklarini dalillar bilan ishontirishga shay turishlari kerak.
Narxning past darajasini mo‘ljallovchi xaridorlar uchun tovar ishlab chiqaradigan firmalar iste’molchi ongida asosiy ustuvorligi nisbatan arzon va sifatli bo‘lgan tovar obrazini shakllantirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |