Mavzu : Yer rentasi va uning turlari


Yer rentasi yuzasidan klassik iqtisodchilarning bilmiy qarashlarining mazmun va mohiyati


Download 27.96 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1374459
1   2
Bog'liq
kurs ishi

1. Yer rentasi yuzasidan klassik iqtisodchilarning bilmiy qarashlarining mazmun va mohiyati

Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy koʻrinishlari mavjud.

Yer rentasi (nem. Rente — ortga qaytarilgan) — yer egasining oʻz yerini tabiiy resurs tarzida ijaraga taqsim etganligi uchun oladigan daromadi; bevosita qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning yer egalari tomonidan mulk egaligi huquqiga koʻra oʻzlashtiriladigan qismi. Q.x.da foydalaniladigan yer maydonlari tabiatan cheklanganligi sababli (inson yer resurslarini koʻpaytirishga qodir emas) barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinadi va yerga xoʻjalik obʼyekti sifatida monopoliya vujudga keladi. Natijada yer b-n bogʻliq renta munosabatlari paydo boʻladi.

Q.x.da yer egasi foydalanuvchilardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlov oladi, yaʼni yer egasi (davlat, shirkat, xususiy shaxs) faqat yer egasi boʻlganligi uchun yaratilgan qoʻshimcha mahsulotning bir qismini ijara haqi koʻrinishida oʻzlashtirib oladi. Davlat oladigan yer soligʻi, xususiy yer egalari yerdan foydalanganlik uchun undiradigantoʻlovlar Ye.r. hisoblanadi. Ye.r.ning , mas, barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul soligʻi (mas, xiroj) kabi bir qancha tarixiy koʻrinishlari bor.

Hoz. davrda Ye.r.ning asosan, differensial renta va absolyut renta koʻrinishlari
mavjud. Yer uchastkalarining tabiiy va iqtisodiy unumdorligi hamda joylashgan oʻrnidagi farqlar natijasida olinadigan qoʻshimcha sof daromad — differensial renta deyiladi (qarang Differensial renta). Koʻpgina mamlakatlarda sifatidan qatʼi nazar ekin ekiladigan yerning xususiy mulk boʻlishi uni ijarachilarga foydalanish uchun berishdan muqarrar suratda daromad keltiradi.

Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga berishi va ulardan yerdan foydalanganlik uchun toʻlovlar olishi natijasida absolyut Ye.r.si vujudga keladi. Shuningdek, rentaning yana bir turi — monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, baʼzan noyob qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday mahsulotlar monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori boʻlishi koʻpincha toʻlovga qodir talab darajasi b-n belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori boʻlishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi

Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo‘shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi deb izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differensial renta to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning yaratilgan maxsuloti tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o‘laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o‘rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog‘lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo‘shganlar.
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha chop etilgan qator o‘quv qo‘llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda. D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog‘ida renta daromadlarining turli ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, jumladan: qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va
h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart- sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi.

Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalarni hamda yer rentasining tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer rentasi – yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.


Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarining ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi
– yerga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo‘jalik yuritish obyekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni

ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchigai sarflangan kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.


Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha maxsulot qiymatning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differensial renta I ning hosil bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (13.2-jadval).
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya’ni 10000 so‘mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida
20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir

Yer uchast- kasi

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajat-lari
(so‘m)

O‘rtacha foyda (so‘m)

Ijti-moiy qiymat (so‘m)

Yalpi mahsulot (tonna)

Mahsulot- ning indi- vidual qiymati
(so‘m)

Ijtimoiy qiymat – bozor narxi (so‘m)

Yalpi sotilgan mahsulot (so‘m)

Diffe- rensial renta I (so‘m)

A

8000

2000

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

2000

10000

25

400

500

12500

2500

V

8000

2000

10000

30

333

500

15000

5000

mahsulot birligining qiymati 500 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 400 so‘m, V uchastkasida esa 333 so‘mni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so‘m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o‘zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.
F.Kene g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781) tomonidan o’rganilib yanada chuqurlashtiradi .Ammo o’zini F.Kene shogirdi yoki davomchisi deb hisoblaydi .U parijda dvoryanlar olilasida tug’uladi .
Olim davlat arbobi bo’lgan A.Tyurgoning iqtisodiy g’oyalari usha davrda ancha mukammal bo’lib o’sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotidagi jarayonlarni ancha mukammal tahlil qilgan va sanoatda kopitalistlar va yollanma ishichilar mavjudligini etirof etadi. Bu hulosa usha davrda to’g’ri hulosalardan biri deb sanalgan.A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi.Lekin oxixr oqibat fizokratizim qobig’idan chiqa olmaydi,qo’shimcha mahsulotning asosiy mahsulotning asosiy shakli yana yer , yer rentasiga qaytadi.

D.Rikardo yer rentasi miqdorini tuproq unumdorligiga va uchastkaning


bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog‘liq bo‘ladi, deb fikr yuritgan. Bu qoida
keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi.
Smitning fikricha ish haqi mehnat unumdorligining natijasi, renta esa – yer
unumdorligining natijasidir. Rikkardo ta’limotiga ko‘qra ish haqi - mehnat sarflari
natijasi, renta – kamyoblik, va yer uchuastkalarining harxilligi natijasidir
D.Rikardo o‘z ta’limotida qo‘yidagi xulosaga keladi: «jamiyat evolyutsiyasi
mehnatga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi – bu esa aholining o‘sishini
rag‘batlantiradi. Aholining o‘sishi yomon yer uchastkalarini ishlashga majbur etadi
va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini va yer
rentasining ko‘payishini keltirib chiqaradi.

V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yillik daromad manbai ekanligini tushungan.


Shunga muvofiq V.Petti yerning bahosi shunday summaga teng bo‘lishi kerakki, bu
summa har yili olinadigan renta xuquqini beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri
hisobladi. Ammo yerning bahosi masalasini to‘la hal eta olmadi, chunki yerning
bahosi ikki faktorga bog‘liq: birinchidan, yer rentasining miqdoriga va ikkinchidan
protsent darajasiga bog‘liq.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling