Mavzu : yordamchi maktabda alifbe davrida lugg'ot ustida ishlash usullari


Download 113.87 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi113.87 Kb.
#1473249
Bog'liq
она тили


Mavzu : yordamchi maktabda alifbe davrida lugg'ot ustida ishlash usullari
Reja :
I Bob.Aqli zaif bolalarni alifbe davrida luğot ustida ishlashning ilmiy,nazariy asoslari.
I.1.Muammoni pedagogik-psixologik adabiyotlarda yortilishi.
I.2 Aqli zaif bolalar nutqining öziga hos hususiyatlari.
II.Bob.

II.1 Aqli zaif bolani savodga o‘rgatishda karreksion-pedagogik ish tizimi.


II 2 Yordamchi maktabda alifbe davrida luģot ustida ishlashning samarali usullari.
Xulosa .
Muammoning dolzarbligi
Bugungi globallashuv sharoitida nogironligi bo‘lgan yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va bu orqali ularni sog‘lom jamiyat muhitiga ortiqcha ijtimoiy to‘siqlarsiz adaptiv moslashishini kafolatlash bu boradagi davlat islohotlarining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda, jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarni inklyuziv shart-sharoitlar asosida bosqichma-bosqich umumta’lim muassasalariga jalb etish, ularning huquqiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirish, alohida e’tiborga muhtojlarni davlat va jamiyat uchun sifatli kadr qilib voyaga yetkazish bu boradagi davlat siyosatining mohiyatini tashkil etadi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosati darajasida ko‘tarilmoqda. 2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarorida 2020- 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu qarorda ham alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlariboʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi. Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvar oyida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- son Farmonining 66-maqsadida belgilangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.Imkoniyati cheklangan fuqarolarning statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish mavzusi naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor ko‘rish mumkin. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar tashkil qiladi.Ushbu bolalarga munosib turmush sharoitini yaratish, inklyuziv ta’limga jalb qilish hamda qamrov darajasi va hayotdagi faolligini oshirishda qator muammolarga duch kelinmoqda. Ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolgan, imkoniyati cheklangan bolalar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun shart-sharoitlar yetarli emas. 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida tuzilgan sillabus va darsliklar to‘liq mavjud emas. Ularning tuzilishi interaktiv va sodda ko‘rinishda bo‘lsa, ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshgan bo‘lar edi. Shu bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash jarayonida ba’zi bir muammolar ham mavjud, masalan: - ko‘zi ojiz bolalarga ta’lim berish uchun Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay oladigan o‘qituvchilarning yetishmasligi; - ko‘zi ojizlar uchun darsliklar yetarli emas;
- darsliklarni tayyorlashda professional mutaxassislarni jalb qilish dolzarb hisoblanadi.
Ma’lumki, ko‘p hollarda imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan tashqari, kuylashga ham iste’dodi kuchli bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan bolalar, umuman, imkoniyatlar tanlovidan mahrum bo‘lgan shaxslarda ichki va tashqi qobiliyatlarni kashf qilishda xorij tajribasi, tadqiqotlar va izlanishlar yaqindan yordam beradi.Ta’lim olish huquqi barchaga birdek tegishli, xoh u yosh bo‘lsin, xoh yoshi katta, xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh nogiron. Bu huquq ko‘plab qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan.
Bularga:
• “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (1989-yil);
• “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (2008-
yil);
• Butunjahon ta’lim hamma uchun Deklaratsiyasi (1990-
yil);
• YUNESKOning Salamanka bayonoti va harakatlar
doirasi (1994-yil);
• Dakar harakatlar doirasi (2000-yil) va yana boshqa
ko‘plab qonun hujjatlari va normativlar.
Bu kabi qonun hujjatlarining aksariyatiga O‘zbekiston ham
a’zo.
Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman”. Ushbu jurnalda jamlangan ilmiy ishlar bolalarga yoshligidan yaxshi ta’limtarbiya berish, ularning kelajagi uchun puxta poydevor hozirlash, ta’lim berishning zamonaviy usul va metodlarini hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
11-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;nogironligi bo‘lgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta’minlash;nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish;nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish masalalari bo‘yicha jamiyatda ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;
(11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta’lim (maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim) olish imkoniyatini ta’minlash;
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Kurs ishining maqsadi – Aqli zaif bolalar lug‘ot boyliklarini oshirishda qo9llash mumkin bo'lgan metodlarni o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
1.Aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishning holatini o’rganish.
2.Aqli zaif bolalarni bog’langan lug'atni boyitishning samarali yo’llari
tizimini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Aqli zaif bolalar
Kurs ishining predmeti: Aqli zaif bolalar lug‘otini boyitisaaah jarayoni va ular bilan olib boriladigan metodlarini o’rganish.
Kurs ishining metodlari:
- mavzuga doir ilmiy – pedagogik, psixologik adabiyotlarni o’rganish;
-bolalarni mashg’ulotlarda va o’yin jarayonlarida kuzatish;
- oʻqtuvchi hamda tarbiyachilar bilan suxbatlashish;
- aniqlangan ma’lumotlarning natijalarini son va sifat jihatidan tahlil qilish.

1.2
Aqli zaif bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida 1. S.Ya. Rubishiteyin (Psixologiya umstvenno otstalogo shkolnika. — M.1970-S106.) V.G. Petrova ularning nutq buzilishlari


sabablari hisoblangan ko‘pgina faktorlar yig‘indisini, ajratib, aqli zaif bolalar nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining rivojlanmaganligidir, deb e ’tirof etadi.A n alitik-sin tetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul qilishning buzilishida namoyon bo‘ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning semantik tomondan o ‘zlashtirishda qiyinchiliklaiga olib keladi. Shuning uchun, aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo‘lgan so‘zlarni (mavhum, umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash gapli qo'shma gaplar) qiyinchilik bilan egailaydilar.Analitik-sintetik faoliyatning umumiy ravishda rivojlanmay qolishi sababli, til um um lashm alarining shakllanishi, til qoidalarining o‘zlashtirilishi me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o ‘Iaroq, qiyinchilik bilan kechadi.Atrofdagi olam haqidagi tasawuming cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi, qiziqishning yetilmaganligi, nutqiy munosabatga bo'lgan talabning
pasayishi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Bular bilan bir katorda ularda nutq buzilishlariga olib keluvchi boshqa faktorlar ham sabab bo‘ladi, ya’ni nutq apparati tuzilishdagi
kamchiliklar natijasida rinolaliya, mexanik dislaliya; bosh miya po‘stloq osti qismining ba’zi bo‘limlarini zararlanishi okibatida yuz beradigan organik duduqlanish va dizartriya.Nutq buzilishining umumiy tavsifi
Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog‘liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo‘ladi-ki, bular motivatsiyaning zaifligi, nutqiy munosabatga boigan talabning pasayishi, nutq faoliyatini programmalashtirishning qo'pol buzilishi, nutqiy harakatlarning ichki programmasi, nutqiy programmaning qo‘llanishi, nutq ustidan nazorat,
oldindan o‘ylangan natijani taqqoslash operatsiyalarini buzilishi kabilardir.
Aqli zaif bolalarda nutqiy bayon qilish turli darajada buziladi (mazmunan, til jihatidan, sensomotor darajada). Eng rivojlanmaganlari murakkab darajalar (mazmun, tilga oid) hisoblanadi. Ular yuqori darajadashakllangan tahlil harakatlari, sintez, umumlashmalikni talab etadi. Bunday bolalarda nutqning sensomotor darajasi turlicha kechadi. Yuqori sinflarga borib ko‘pchilik o‘quvchilarda nutqning fonetik nuqsonlari,
motor darajalarining buzilishlarining yo‘qolishi ro‘y beradi. Shu bilan bir vaqtda bu bolalarda til va semantik darajalarning rivojlanishi me’yorga (normaga) yetmay qoladi.Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi turli ko'rinishlarda bo‘ladi va ularni tahlil etishda differensial yondoshishni talab etiladi. Simptomatika
(kasallik belgilarining yig‘indisi) va nutq buzilishining mexanizmi faqatgina miya sistemasining umumiy rivojlanmay qolishidagina emas, balki, nutqqa bevosita aloqador boigan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli zaif bolalarda nutq buzilishlari ko‘rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli oligofreniyaning ikki guruhi ajratib ko‘rsatiladi (G.Ye. Suxaryova, R.I. Belova-David): l)nutq rivojlanmagan oligofreniya; 2)nutq kamchiliklari bilan murakkablashgan, atipik oligofreniya.
Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha shakllari uchraydi (dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya,disleksiya, disgrafiya, duduqlanish, afaziya va boshqalar). Nutq buzilishi
tizimining strukturasida semantik nuqson (defekt) asosiy o'rinni egallaydi.
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi o‘zining uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi va yordamchi maktablarning yuqori sinflargacha boigan davr oraligida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
Aqli zaif o ‘quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi va ularni bartaraf etish yuzasidan logopedik ishlar
Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o ‘rta
maktablarga qaraganda ko‘proq uchraydi.
Ular asosida bir emas, balki qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining rivojlanmay qolishi, nutq-eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulatsion apparatning
tuzilishidagi buzilishlardir.
M e’yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab boigan tovushlarda buzilishlar ko‘proq uchraydi (L va R kabi titroq va portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar). Boshqa tovushlarga n isbatan R tovushining buzilgan shakllari k o ‘proq uchraydi (M.A.Aleksandrovskaya ma’lumotiga ko‘ra).Bu hoi, V.l.Beltyukovning fikriga ko‘ra, sirg‘aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og‘zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq eshitish, analiz va sintezining to la rivojlanmasligi sirg‘aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi.
Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilanbir qatorda tovushlarni almashtirib qo‘llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan 2,5 martaga ziyodroq bo'ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni almashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi.Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o‘ziga xosligi, mustaqil nutqdagi o‘xshash bo‘lgan, aniq, ravshan artikulator qurilmalarning foydalanishida namoyon bo‘ladi.
D.l.Orlovaning m a’lumotlariga ko‘ra, yordamchi maktablarning 1-
sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to‘g‘ri
foydalana bilmaslik ko‘proq tarqalgan. Birinchi o ‘quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi.
(1-sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni to ‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlaming artikulator qurilmalarini to‘g‘ri shakllantirish uchun) bir o‘quv yilining o ‘zi ham kifoya qilar ekan.
2-sinf o ‘quvchiIarining mustaqil nutqida tovushlarni n o to ‘g ‘ri qo'llash
va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to‘g‘ri qo‘llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bo'ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi o‘rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqqa qo'llash ularga xosdir.Quyi sinflaming aqli zaif o ‘quvchilarida tovush talaffuz qilishning keskin o ‘zgarishlari seziladi. Yordamchi sinflarning 1—2-sinflarida tovushlaming bir necha guruhidagi o ‘zgarishlar birgina guruhdagi tovush o'zgarishlariga qaraganda 2 marta ko'proq kuzatiladi.Ikkinchi va uchinchi guruhga oid tovush buzilishlari (sirg‘aluvchi, shovqinli, rv a /) yuqori darajada bo‘ladi. To‘rtinchi va beshinchi guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi ko‘proq yoyilgan bo‘ladi. Yuqori sinflaming ko'pchilik o'quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh tovushlardagina kuzatiladi.Tovushlarni ko‘plab almashtirib qo‘llash nafaqat nozik motorik differensiatsiya qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni eshitish differensiatsiyasining buzilishi, tovushlarni to‘g‘ri tanlash operatsiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi.Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o ‘ziga xos tomoni bu buzilishlar variativ, ya’ni turli ko‘rinishda bo‘ladi. Biigina o‘sha tovushni bola ba’zi vaqtda to ‘g‘ri talaffuz qiladi, ba’zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu so‘z hosil qilgan tovush-bo‘g‘in
tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning so‘zdagi o‘rni bilan belgilanadi.
Sodda so‘zlar boshida bola tovushni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, aksincha,murakkab so‘zlarda ketma-ket kelgan undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin.
Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan ko‘ra ko‘proq aqli zaif bolalar yozuvida aks etadi. Bu ko‘rinish awalo, tovush almashtirish holatlariga taalluqlidir.Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polim orf hisoblanadi. M asalan, bir bolaning o ‘zida ham , nutq
motorikasining rivojlanmay qolishi, ham eshitish differensiatsiyasi va artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlar ro‘y beradi.Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan xarakterlanadi.
So‘zlarda tovush-bo‘g‘in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda ko‘p uchramasada, yordamchi maktablarning 1—2-sinflarida uchraydi va o‘ziga xoslik bilan xarakterlanadi.Tovush-bo‘g‘in strukturasining buzilishi, bo‘g‘inlar strukturasining ketma-ketligida ham, alohida bo‘g‘inda ham ro‘y berishi mumkin.
Biror-bir bo‘g‘in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok etgan bo‘g‘inga nisbatan bo‘g‘inlari ko‘p bo‘lgan sodda so‘zlar ko'proq o'zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish, ular ketma-ket kelgan so‘zlarda, so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida bo‘lishidan qat’i nazar ko‘proq tarqalgan.Aqli zaif bo‘lgan bolalar ko‘proq ketma-ket kelgan undoshlami fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda,so'zdagi undoshlar ketm a-ket kelganda, birinchi turgan tovushni
almashtirish ro‘y beradi, ayniqsa, bu so‘z artikulatsiyasiga ko‘ra murakkab so‘z bo‘lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist, kostyum-koxtyum).
Tovush alm ashtirish ko‘proq akustik yoki artikulator-akustik o ‘xshashliklarning belgilariga kora namoyon bo‘ladi (sh-x, t-s, к -p, k-t,r-l). Tovush almashtirishning ozgina qismigina artikulator o ‘xshashliklar tufayli ro‘y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishning sababi bo‘lib, so'zdagi undoshlami noaniq eshitib farqlay bilish hisoblanadi.So‘zlardagi bo‘g‘in strukturasining buzilishi hatto butun bir bo‘g‘in

tushirib qoldirishda ham namoyon boiadi (televizor — tvizor, qo‘lbolabala). Bo‘g‘in tushirib qoldirish asosan so‘z boshida va o‘rtasida yuz beradi (kitob-tob, qo‘zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha).Bo‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so‘zlardan boshlab, ko‘proq yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bo'lgan va tez-tez foydalanib turiladigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi.Aqli zaif bolalaming nutqi ko‘p hollarda ma’nosiz, tushunarsiz va emotsional bo‘yoqsiz bo‘ladi. Ba’zilarida nutq sekinlashgan, ba’zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, ba’zilarining ovozi chinqiroq boladi.Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og‘rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutq tezligi past bo‘lishi, o ‘ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfoniya — ovoz o'zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bo‘g‘iq; nafas olish, ovoz,artikulator apparatining koordinatsiyasi buzilgan bo‘ladi.


Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to ‘g‘rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bolishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning o‘ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga o‘tishdagi bir xillikni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi.Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya’ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba’zida bir tovushni me’yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg‘ulotning o‘zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizatsiyalash 1-1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqii zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining o‘ziga xos tomonlari, o‘z nutqi va to ‘g‘ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo‘qligi hisoblanadi.Bu ko‘rsatkichni G.A. Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko‘pchilik bolalarda tovushni to ‘g‘ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o‘quv yili davomida amalga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi o ‘quv yili oxiriga borib to‘g‘rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi n u tq d a t o ‘g ‘ri talaffu z q ilin g an , 50 tasi esa n u tq d a mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar.Tovushlar taiaffuzidagi nuqsonlarni to‘g ‘rilashni aqli zaif bolalaming idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan boglash, qiyoslash, analiz va sintezning harakatlari bilan bog‘lash lozim. T o ‘g ‘ri talaffuzdagi
buzilishlarni to‘g‘rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng
qollaniladi. Masalan, tovushni to ‘g‘rilash bosqichida to ‘g‘ri va noto‘g‘ri
talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning o ‘zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq boigan tovushlar bilan qiyoslanadi.
Korreksiya (to‘g‘rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so‘zlarning tovush tuzilishi qiyoslanadi.Asosiy diqqat-e’tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya’ni aqli zaif boigan bolalardagi talaffuz qilish buzilish larin in g b arch a sabablarini normallashtirishga qaratiladi.




1.1 Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi, aqli zaif bolalar ta’limtarbiyasi, ulardagi nuqsonni tuzatish defektologiya fanining alohida e’tibor berib kelgan sohasidir. Aqli zaiflikning yengil darajalarida bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko‘zga tashlanmaydi.

Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy asab faoliyatlari buzilgan boMadi. Patologik buzilishlar shartsiz reflekslarning hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarida ham o‘z aksini topadi. Hatto ikki signal sistemalarining o‘zaro aloqalarida buzilishlar ko‘zga tashlanadi. Rus defektolog va psixologlaridan L.S.Vigotskiy, L.V.Zankov, G.Ye.Suxareva, Т А Vlasova, G .M .D ulnev, N .G .M orozova, S.Y a.Rubinshteyn, M .S.Pevzner, G .I.R ossolim o, V .G .Petrova, J.I.N am ozboyeva, shuningdek, G ‘.B.Shoumarov, K.Q.Mamedov, P.M .Po‘latova, V.S.Rahmonova va boshqalaming tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, «aqli qoloq»likda ruhiy nuqson murakkab tuzilishga ega ekan. Ulaming ko‘rsatishicha, bir tomondan, birlamchi nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida ruhiyatning oliy shakllari, xotira, xarakter belgilari buzilar ekan.
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o‘zi emas, balki u bilan bog‘langan buzilgan ruhiy holatlardir. Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz. Mana shu mezonning bor yoki yo‘qligiga qarab aqli qoloqlikni boshqa unga o‘xshash turlardan farqlashimiz lozim. Aqli qoloqlikning asosiy belgilari: a) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;
b) bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganligi; d) bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakterdaligi. Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi: a) aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan bogiiq bo‘lmagan pedagogik qarovsizlar; b) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar; d) aqliy jihatdan saqlangan bo‘lib, chuqur nutq kamchiliklari boigan bolalar. Amaliyotda ba’zan bosh miyasi zararlangan bolalarni aqli zaiflar qatoriga qo‘sha olmaymiz. Bunday hollarda bosh miya zararlanishi bilish faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi. Oligofrenopedagoglar biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay, balki ta’lim-tarbiya, atrof-muhitga ham alohida e’tibor beradilar. Yordamchi maktablarning boshlang‘ich sinflaridagi (korreksiyalovchi) tuzatuvchitarbiyalovchi ta’lim ta’sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda katta siljishlar yuz beradi. Hozirda yordamchi maktablarimizda asosan aqli zaiflikning yengil darajasi — debil bolalar ta’lim oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan sohalardir. Bular orasida amalda kasalliklari davom etuvchi bolalar ham uchraydi. Amalda sog‘ bolalar toifasiga aqliy nuqsonlar ilk rivojlanish davrida kasallikka chalinib, kasalliklarining rivojlanishi to‘xtagan bolalar kiradi. Bunday bolalarning keyingi aqliy rivojlanishi nuqsoni asosida davom etadi. Ammo bular amaldagi SOG‘ bolalardir. Oligofren bolalar bu toifaning asosiy, tipik vakillaridir. Bu bolalar yordamchi maktab o‘quvchilarining asosiy qismini tashkil etadi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ikkinchi toifasini aqliy nuqsonlilikni keltirib chiqargan kasalliklari davom etadigan bolalar tashkil etadi. Bunday bolalar ma’lum rivojlanish davrigacha me’yorida rivojlanib, keyinchalik kasallikka chalinganlardan iborat. So‘nggi yillarda tabiiy fanlaming rivojlanishi asosida oligofreniyaning etiologiyasi va patogenezi haqidagi ma’lumotlar yanada kengaydi. G.Ye.Suxarevaning (1965,1972) tasnifnomasi birmuncha keng tarqalgan bo‘lib, u tomonidan oligofreniyaning quyidagi shakllari ajratilgan: I. Endogen xarakterdagi oligofreniya (daun, mikrosefaliya). II. Embrio va fetopatiya (yuqumli kasalliklar, zaxm, garmonal buzilishlar)
III. Turli zararli ta’sirlar oqibatida kelib chiqadigan oligofreniya. Qator oligofreniya tasnifnomalari klinik-patogenetik tamoyil asosida tuzilgan. Bularga rus psixolog, defektologlardan M.S. Pevzner (1959, 1965, 1979), S. S. Mnuxin (1961), O. Ye. Freyerov (1964), D.Ye.Melexov (1965), G.Ye.Suxareva (1965), D.N.Isayev (1970) fikrlarini ko‘rsatish mumkin. M.S.Pevzner tasnifnomasida asosiy nuqson tuzilishi bilan birga neyrodinamik, psixopatologik va boshqa buzilishlarni ajrata olish imkoniyatlari berilgan. Oligofreniyani bunday tasniflash ular bilan olib boriladigan psixologopedagogik tuzatish usullarini belgilashga yaxshi yordam beradi. M.S.Pevzner oligofreniyaning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Oligofreniyaning murakkablashmagan tun. 2. Neyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofreniya. 3. Xulqi psixopat xarakter kasb etuvchi oligofreniya. 4. Turli analizatorlari buzilgan oligofreniya. 5. Peshona qism yetishmovchiliklari yaqqol ko‘rinib turuvchi oligofreniya.
Rus oligofrenopedagogikasida tuzatuvchi ta ’lim nazariyasi G.M .Dulnev nomi bilan chambarchas bog‘liq. Defektologiya ilmiy tekshirish institutida yordamchi maktablar sektorini 20 yildan» ortiq boshqargan G.M .Dulnev yordamchi maktablar uchun o‘quv rejasi, dasturlari, darsliklari, uslubiy adabiyotlar yaratish ishlariga bevosita rahbarlik qildi va bunda faol ishtirok etdi. Rus olimlaridan G.M.Dulnev tomonidan yordamchi maktablarda mehnat ta’limi masalalari, ayniqsa, atroflicha, keng o‘rganildi. Yordamchi maktablaming maxsus tuzatish vazifalariga to‘xtalib, ta’lim o‘quvchilarda umumlashtirishni o‘stirishi, nutqning yetakchilik rolini rivojlantirish asosida ularning umumiy aqliy rivojlanishini ta’minlashi lozim deb ko‘rsatadi muallif. U yordamchi maktablarda ta’limiy ishlar bilan tuzatish ishlari har doim organik birlikda olib borilishini ta’kidlaydi. «Bilim egallashdagi har bir yangi qadam nuqsonli bola shaxsini tuzatish, aqliy rivojlanishini ta’minlashdagi yangi qadam bo‘lishi kerak»,— deb ko‘rsatadi u. G.M.Dulnevning ta’kidlashicha: «Pedagogikadagi sensualizm, xususan, oligofrenopedagogikada ham, ta’limning bola kamolotidagi faol yetakchilik rolini pasaytirib, qonuniy tarzda bolada insonga xos tug‘ma berilgan ma’naviy kuchlar ta’sirida rivojlanadi, degan idealistik yo‘nalishga olib keladi» Yordamchi maktab ta’limining ko'rgazmaliligi ham uning o‘ziga xos tomonlaridan biridir. A. N. Graborovning ta’kidlashicha, ko'rgazmalilik idrok, tasawurlami tuzatishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli yordamchi maktablarda ko‘rgazmalilik ommaviy maktablardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar ko'rgazmalilik orqali narsa, voqealarning ichki mohiyatini tushunib boradilar. Shu orqali ulaming fikrlash faoliyatlari to‘g‘rilanib boradi. Har qanday ko'rgazmalilik bilan maqsadga erishish mumkin emas. Balki ko'rgazmalilik og‘zaki tushuntirishlar bilan birga namoyish etilsagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Shundagina aqli zaif bolalarning nutqi, tafakkuri birga rivojlanib boradi, yordamchi maktab ta’limi jarayonida aqli zaif bolalarning faol emasligini, mustaqil ishlashlarining chegaralanganligini e’tiborda tutish kerak. Aqli zaif bolalardagi bu xususiyatlar yordamchi maktab ta’limining oxirida ham normal tengdoshlariga yeta olmaydi. Shu sababli yordamchi maktabning barcha sinflarida o‘qituvchilar bu kamchiliklami bartaraf etib borishlari kerak.V.I.Lubovskiy va N .I. Nepomnyashaya ishlarida to ‘la ochib berilgan. A.R.Luriyaning ko'rsatishicha, «Asosiy asab jarayonlari (ayniqsa torm ozlanish)ning tonusi susayganligi bilan ajralib turadi. Asab jarayonlari juda sekin bir joyga to ‘planadi, arzimas tashqi taassurotlar bu jarayonlarni torm ozlab q o ‘yishi mumkin». K o‘pchilik aqli zaif bolalarning nutqi bilan harakatlari orasida bog‘liqlik bo‘lmaydi. Agar norm al bolalar biror ishni oldindan rejalab, ish jarayonini gapirib, so‘ng ish boshlasalar, aqli zaif bolalar ishni to ‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlab yuboradilar. Bu o ‘z navbatida ish jarayonida qator kamchiliklarga olib keladi. Hatto yuqori sinf o'quvchilari ham ba’zan qilgan ishlarini og‘zaki gapirib bera olmaydilar. Shu bilan birga, aqli zaif bolalar yasagan narsalarini nam una bilan taqqoslolmaydilar. V.I.Karvyalis tadqiqotlaridan m a’lumki, I—III sinf o ‘quvchilarining 90 foizi ish natijalarini nam una bilan taqqoslamas ekanlar, qator aqli zaif bolalar o ‘zlarining yasagan dag‘al, qo‘pol, beso‘naqay narsalarini namunaga to ‘g‘ri keladi deb tushunadilar. Ulardagi bu xislat shaxsiy sifatlarning yetarli shakllanmaganligini ko‘rsatadi. 0 ‘zlariga tanqidiy qarashning yo‘qligi asosida bu kamchilik yuz beradi. Aqli zaif bolalarda o ‘lchov birliklari haqidagi tasavvur va bilim lar ham cheklanganligi ish jarayonlarida yaqqol ko ‘zga tashlanib turadi. I.N .M anjuloning ta ’kidlashicha, 70 foiz aqli zaif bola o ‘lchov ishlarida xatolikka yo‘l qo‘yadi. Atigi 5 foizgina bolalar o ‘lchov ishlarini to ‘g‘ri bajarganlar. 0 ‘quvchilardagi m m, sm, m kabi uzunlik o ‘lchov birliklari noto‘g‘ri shakllanganligi oqibatida, k o ‘z bilan cham alab o ‘lchashlari ham xatoliklardan xoli b o ‘lmaydi.


1.1
Bolalarni savodga o’rgatish uchun ularning psixologik xususiyatlari, qiziqishi, imkoniyati, qobiliyati va boshqa ruhiy holatlarini hisobga olish pedagogic faoliyatni samarali amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Savod o’rgatish usuli o’zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlarini, ularni hosil bo’lish mexanizmlarini, bir – biri bilan qo’shilib bo’g’in, so’z, gap tuzish qonunlariga va tilda qabul qilingan harf belgilarini yozish ko’nikmasiga to’liq javob berishi kerak.Savod o’rgatishda turli xil usullar ishlatilgan. Shular ichida eng qadimgi usul - bu harflab o’qish usulidir. Bu usul ikki ming yil ilgari vujudga kelgan. Bu usul bilan o’qish va yozishga o’rgatish, o’qish va yozish ko’nikma – malakalarini hosil qilish ishlari to’rt bosqichda amalga oshirilgan. 1. Harflarni, ularning nomlarini yodlash 2. Bo’g’inlarni yod olish va ular ichidagi harflarni nomlab, to’liq bo’g’inni talaffuz etish 3. So’zlarni kitobdan bo’g’inlab o’qish 4. Kitobni sidirg’asiga o’qish. Darslik o’qitishning asosiy manbai bo’lib, o’quvchilar uchun kerakli ma’lumotlar va topshiriqlarni dastur talablari asosida o’zida mujassamlashtiradi. Jamiyat taraqqiy etishi bilan ilg’or kishilar ta’lim va tarbiya sohasida hukm surgan formalizmga qarshi yangi fikrlar bilan maydonga chiqib, yosh avlodni tarbiyalashga e’tibor bera boshlaydilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod etgan o’zbek ma’rifatparvarlari Axmad Donish, Muqimiy, Zavqiy, Avaz O’tar, Furqat o’zlarining ilmiy va badiiy asarlarida maktablardagi o’qitishning maqsad va vazifalari, mazmun va usullariga qarshi norozilik bildiradilar. Shu davrlarda rus tuzem maktabining o’zbekcha sinflarida asta – sekin tovush metodini qo’llash asosida savodga o’rgatishga o’tilgan. Savod o’rgatishda tovush metodining takomillashgan variant K.D.Ushinskiy yaratgan. U bolani har tomonlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, o’qish va yozishga o’rgatishda analiz va sintezni birga qo’shib olib boorish zarurligini asoslab bergan. K.D. Ushinskiyning savod o’rgatish tizimi hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ayniqsa uning: 1. so’zdan ma’lum bir tovushni topish; 2. Berilgan tovush qatnashgan so’z tanlash; 3. so’zni bo’g’in va tovushga ajratish; 4. tovushlardan so’z tuzish; 5. so’zdagi bir unli yoki undosh tovushni boshqasi bilan almashtirish (don, non, ko’z, kuz, aka, uka) 6. so’zning boshi yoki oxiriga tovush qo’shib yangi so’z hosil qilish (osmon – somon, ko’z – ko’za, tilak - kalit) kabi ish usullaridan hozirda ham keng foydalaniladi. Tovushli analiz – sintez metodi K.D. Ushinskiyning shogirdlari tomonidan takomillashtirildi. Metodistlardan A.V.Yankovskaya, S.P.Redozubovlarning ilmiy ishlarida ushbu metodika ilmiy jihatdan asoslanib mukammal ishlab chiqildi. Ushbu metodikaga asoslangan holda sobiq sovet davlatining barcha respublikalarda milliy darsliklar, metodikalar yaratildi. O’zbek tilida xat – savodga o’rgatish ishlarini takomillashtirishda alifbeshunos O.Sharofiddinov, Faxri Kamol, Y. Abdullaev. O.Omilxonov, Qumri Abdullayeva, X. G’ofurova, T. G’afforova va boshqalarning hissasi katta. Hozirgi kunda savod o’rgatishda tovush analiz – sintez metodi ao’llanmoqda. Analiz – tahli, sintez – tarkib, biriktirish jarayonlari savod o’rgatish usulining asosidir. Nutqdan gaplarni, gapdan so’zlarni, so’zdan bo’g’inlarni, bo’g’indan tovushlarni ajratib olish, tahli va aksincha tovushlardan bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan jumla, jumlalardan matn tuzish – sintez asosida olib boriladi. O’zbek lotin yozuvida har bir jonli nutqdagi tovushning yozuvdagi mustaqil belgisi harfi mavjud. Ammo so’zlarda tovush bilan harf har vaqt ham mos kelavermaydi. Savodli o’quvchi so’zdagi tovushlarni harfga almashtirib yozadi, o’qiganda esa aksincha harflarni tovushga aylantiradi. Savod o’rgatish ishlarini to’g’ri uyushtirish uchun tovush bilan harf o’rtasidagi farqni aniq bilish zarur. Tovush bilan harf o’rtasidagi munosabat turlicha bo’ladi. Biroq ba’zi soxalarda tovush soni harf sonidan kam. Yangi o’zbek alifbosida lotin yozuvida 26 ta harf bor, uchta nutq tovushi esa harflar birikmasi bilan ifodalanadi. “Maktab ta’limida o’zbek alifbosida 29 harf bor” ifodasidan ham foydalanish mumkin. Shu harflardan 6 tasi unli tovushlarni, 23tasi esa undosh tovushlarni ko’rsatadi. Unli nutq tovushlarining 5 tasi 5 xil harf bilan ifodalanadi (e ,a, o, i, u, o’). bittasi esa o’ harfiga ko’chish belgisini qo’shish bilan ko’rsatiladi. Matnlarda esa harfning o’ng tomoniga yuqori qismi “teskari vergul” ishorasi shaklida bo’ladi. Undosh 18 tovush 18 harf bilan belgilanadi. Yozuvda ikkitasi ikki nutq tovushini bildiradi. Savod o’rgatishda o’qituvchining dastlabki vazifasi bolalarni tovushlarni bir – biridan ajrata olishga o’rgatish, fonematik eshitishni rivojlantirishdan iboratdir. Bu ishlar turli xil o’qituv vositalari yordamida amalga oshiriladi: rasmlar, shartli belgilar, kesma harflar, bo’g’in so’z, gap jadvallari va boshqalar. Aqli zaif bolalar ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olmoqdalar. Ushbu turdagi maktabning o’quv rejasida eng ko’p soat ona tili darslariga ajratilgan. Ona tili darslarida ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari o’qituvchi aqli zaif bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini izchillik bilan korreksiyalab, tuzatib borishi lozim. Bu ishlar oligofrenopedagogika fanining tamoyil, usul hamda tashkiliy formalari asosida, oligofrenopsixologiyaga tayangan holda amalga oshiriladi. Yordamchi maktab o’quvchilari bilish faoliyatining rivojlanish xususiyatlari oligofrenopsixologiya fanida mukammal o’rganilgan. S.Sh. Aytmetovning “Ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilarining psixik rivojlanish xususiyatlari” nomli kitobida aqli zaiflikning yengil darajasidagi o’quvchilarning tafakkuri, idroki, xotirasi, diqqati, nutqi, tasavvuri va bilish faoliyatining boshqa tomonlari batafsil yoritilib berilgan. Muammoning psixologik asoslari B.G. Anan’ev, D.N.Bogoyavlenskiy, L.S.Vigotskiy, V.L.Davidov, F. Talizina, D.V.Elkonin, S.Ya.Rubinshteyn, L.R.Luriya, V.G.Petrova kabi va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida o’zining aniq ifodasini topgan. Ularning fikricha aqliy rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim – tarbiya ishlarini tashkil etish, takomillashtirish mumkin. Aqli zaif o’quvchilarning bilish faoliyati o’zgacha bo’lsada, uning ichki potentsial imkoniyati baland. To’g’ri tashkil etilgan korreksion rivojlantiruvchi ta’lim – tarbiya jarayonida ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilariga mustaqil hayotda zarur bo’lgan hajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish mumkin. Maxsus sharoitda va maxsus usullar bilan olib boriladigan ta’lim – tarbiya ishlari orqalu aqli zaiflikning yengil, o’rta darajadagi bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklari bartaraf etiladi, psixofiziologik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklari korreksiyalanadi, bartaraf etiladi.
Bola birinchi sinfga kelgach, lug’ati tezlik bilan boyiydi. Chunki, uning uchun maktabdagi hamma narsa yangi ana shularning nomini o’zlashtira boshlaydi.
2.1

Boshlang’ich sinflarda lug’at ishini keng olib borish o’quvchilarning savodxonligini oshirish uchun, grammatik qonun-qoidalarni puxta bilish uchun, nutqni o’stirish uchun va mantiqiy fikrlash malakasini egallashda muhim ahamiyatga egadir. Lug’at ishi bolalarni ko’p gapirtirish, o’qiganlarni ongli ravishda o’zlashtirish, shuningdek, sinonim, omonim, antonim jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lishini ayniqsa, bog’lanishli matnlarda so’zlarning yangi-yangi ma’no kasb etishini tushunishga o’rgatiladi. Dasturning bunday murakkab talablarini amalga oshirishda, o’quvchini juda yoshligidan boshlab so’z ustasi qilib etishtirish uchun alifbe davrida olib boriladigan lug’at ishlarini o’qish darslarida murakkab tarzda davom ettirish kerak. Bu esa o’qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi darslik bilan ishlar ekan, so’zlar ifoda va iboralar ustida ishlab berish orqali tizimli ravishda amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf dasturida lug’at ishiga katta e’tibor beriladi. Chunonchi, o’quvchilarning har bir so’zini tushungan holda o’qishlari va o’z nutqlarida bu so’zni o’rinli ishlatishlari uchun birinchi sinfdanoq lug’at ustidagi ishlar avval og’zaki, o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, jadal ravishda yozma ifodalab borilishi kerak, o’quvchilar shakl jihatidan turlicha bo’lgan so’zlar bir xil yoki yaqin ma’no bildirishini ba’zi so’zlarning ma’no jihatidan bir-biriga qaramaqarshi bo’lishini, ayniqsa, bog’lanishli matnlarda so’zlarning yangi-yangi ma’no kasb etishini tushunishga o’rgatadi. Dasturning bunday murakkab talablarini amalga oshirishda o’quvchini juda yoshligidan boshlab so’z ustasi qilib etishtirish uchun, alifbe davrida olib boriladigan lug’at ishlarini o’qish darslarida murakkab tarzda davom ettirish kerak. Bu esa o’qituvchidan yuksak maxorat talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi maktabga kelar ekan, u sinfdagi ko’pgina buyumlarni ko’radi, lekin ularning ayrimlarini nomi nima, qanday belgisi bor, turmushda qanday ahamiyat kasb etadi, ayrim narsalar hakida aniq tasavvurga ega bo’lmaydi. Bunday narsalar o’qituvchi tomonidan shu kunning talabi asosida astasekinlik bilan o’rgatib boriladi. Og’zaki suhbat jarayonida tushunishi o’yin notanish so’zlar, so’z birikmalari tushuntirib beriladi. Masalan, o’qituvchi sinf xonasidagi stol, stul, parta, doska, shkaf va turli xil stendlarda aks etgan ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga lug’at ustida ishlash imkoniyatlari yaratiladi. Shu bilan birga o’quvchilarni so’z boyligini oshirishda tarqatma materiallardan unumli foydalanish yangi uchraydigan so’zlarni lug’at daftariga yozib qo’yish, ma’nosini izohlash, yangi uchraydigan so’zlarga gaplar tuzish, ma’no va mohiyatini anglab etish orqali o’quvchilarda lug’at boyligi oshib boradi. O’quvchi to’g’ri yozish malakasini egallagach, ularga o’rgangan predmetlarining nomlarini notanish va noaniq so’zlarni lug’at daftarga qayd ettirib boriladi. Kun sayin o’zbek tilimiz yangi-yangi so’z va iboralar bilan o’z davrasini kengaytirib bormoqda. Shakli har-xil bo’lsa ham, ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlarni katta, buyuk, ulug’, qarama-qarshi ma’noli so’zlarni baland-past, kattakichik, yosh-qari, oq-qora, yaxshi-yomon, achchiq-shirin kabi so’zlardagi grammatik qonun-qoidalar bilan isbotlash uchun o’quvchilarga misollar topish o’rgatib boriladi. Biroq yuqoridagi fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tushunarli bo’lavermaydi. Shuning uchun lug’at ustida ishlash talab qilinadi. Lug’at ustida ishlash og’zaki va yozma shaklda olib boriladi. Og’zaki shakldagi mashg’ulotda o’quvchi uchun o’qish, yozish qiyin bo’lgan so’zlarning mazmuni tushuntiriladi, talaffuzi va yozilishi o’rgatiladi. O’quvchilar ana shu so’zlardan foydalanib, mustaqil gap tuzib o’rgatiladi. Yozma shakldagi mashg’ulotda esa, qiyin so’zlar ustida yozma ishlar olib boriladi. Matnni diqqat bilan kuzatish natijasida tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ajratib olinadi. Yangi, qiyin so’zlarni yakka-yakka yozdirish, ularni konteks ichida qo’llash yo’li bilan shu so’zlarning imlosi o’rgatiladi. Lug’at ustida ishlash jarayonida o’quvchilarning bilim doirasini hisobga olish matndagi murakkab so’zlarni belgilash zarur. Masalan: ulgurji, marketing boj, valyuta, ayriboshlash, raqobat, auktsion, a’yon, sarbon, karvon, qofiya, xavf va boshqalar. Shu so’zlar ishtirokida ikki uchta gap tuzib o’tilgan mavzuga bog’lab tushuntiriladi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darsi tashkil etilgandan so’ng, hilma-xil mashqlar, savol javoblar orqali qiyin so’zlarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari tekshirib ko’riladi. O’quvchini doskaga chiroyli avvalgi darslarda o’tilgan so’zlardan ikki uchtasining ma’nosi qanday o’qilishi so’raladi. Bunda kesma harflardan foydalaniladi. O’quvchi notanish so’zni aytganda o’qituvchi va sinfdagi barcha o’quvchilar so’zning talaffuzini dikkat bilan eshitadilar. Doskadagi o’quvchi so’ralgan ikki uch so’zni ikkilanmay dadil misollar bilan aytib bersa o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi. Ikkinchi o’quvchidan so’ralganda, so’zlarni ikkilanib aytsa avval noto’g’ri aytib, so’ngra uni o’zi tuzatib to’g’ri talaffuz qilsa o’qituvchi uning u yoki bu so’zda ikkilanganligini eslatib kelgusi darsga puxta o’zlashtirib kelishni topshiradi. O’qituvchi o’quvchilarning notanish so’zlarni qanday o’zlashtirib borayotganliklarini tekshirib turadi. O’quvchilarning notanish so’zlarni qanchalik o’zlashtirganliklari tekshirilganda, ularning diqqatini lug’at ustida ishlashga jalb etish va bu ishga ularni qiziqtirishga e’tibor beriladi. Matnda uchragan notanish so’zlar ishtirok etgan gaplardan ko’rgazmali qurol tayyorlanadi. Notanish so’zlarni faol lug’at fondiga aylantirish uchun har-xil izchil usullardan foydalaniladi. So’zlarni yodlab bilib olish ham notanish so’zni bilib olishga yordam beradi. O’quvchilar lug’atining boyib borishini hisobga olish va baholab berish zarur. Lug’at ishi orqali o’qishning ongli bo’lishi va imloni o’zlashtirish ta’minlanadi, o’quvchining dunyoqarashi shakllanadi, unda vatanparvarlik hissi tarbiyalanadi, o’quvchining dunyoqarashi shakllanadi, unda vatanparvarlik hissi tarbiyalanadi. Alifbe davrida va undan keyingi o’qish darslarida matndagi tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlarning ma’nosi tushuntiriladi. Matndagi obrazli ifodalar, qarama-qarshi ma’noli, ma’nosi bir biriga yaqin bo’lgan so’zlar o’quvchilarga toptiriladi va shu so’zlardan o’z nutqida foydalanishga o’rgatiladi. O’qituvchi o’quvchilar bilan lug’at ustida ish olib borganda quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 1. Har bir so’zning tallaffuzini analiz qilish ifodali o’qish o’qitilgan matnni reja asosida o’quvchilarga kichik-kichik savol berib so’zlatish. 2. Sinonim, antonim, omonim asl va ko’chma ma’noli so’zlar bilan ishlash. 3. Matndagi tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlarga o’quvchilar diqqatini tortish, matndagi so’zning ma’nosini tushuntirish va og’zaki nutqdagi to’g’ri foydalanishga o’rgatish. 4. O’quvchilarning adabiy til normalariga, qonun-qoidalariga bo’ysundirilgan nutqda so’zlashini ta’minlash. 5. O’quvchilar nutqida mahalliy shevalar ta’sirining bo’lmasligiga erishish. 6. O’quvchilarni barcha uchun tushunarli qilib so’zlashga va noo’rin (innaykeyin, shunday qilib, haligi-haligi) so’zlardan yiroq bo’lishga odatlantirish. 7. O’quvchining matndagi har bir so’ziga shaxsiy munosabatni bildirib borishga o’rgatib borish. Masalan, 1-sinf o’quvchisi «alifbe» dan yu harfi va tovushi bilan tanishtirilayotganda «buyuk» so’zini o’qiydi shakli har bo’lib ma’nosi bir-biriga yaqin so’zni topishni o’quvchi o’rtog’idan so’raydi. Agar o’quvchi «buyuk» so’zidan avvalroq o’qigan «katta» so’zini topa olsa bu 1-sinf o’quvchisi uchun katta yutuqdir. Bolalar iloji boricha, mustaqil holda so’zning ma’nosini, talaffuzini tushunishga harakat qilishsin. Agar tushunilishi qiyin bo’lgan so’zni yoki fikrni o’qituvchi yoramida bilib olaversa, unda o’quvchining ijodiy fikrlash qobiliyati, tafakkuri o’smay qolishi mumkin. 8. O’quvchi o’tilganlarni hikoya qilib berganda talaffuziga, urg’usiga alohida e’tibor berishga odatlantirish zarur. Agar biror so’zni noto’g’ri talaffuz etsa, uni bir necha marta takrorlatish hatto yodlatish ham mumkin. Ma’lumki o’qituvchi bir darsni zamon talabi asosida o’tkazish uchun jud ko’p adabiyotlar bilan tanishish, o’quvchilarning bilim darajasini, yoshi psixologik xususiyatlarini, iqtidorini hisobga olish zarur. O’qituvchi nafaqat lug’at ustida ishlashni, balki ularni estetik tarbiyasini, e’tiqodini ham shakllantirib borish kerak. Shunda biz kutgan natijaga erishamiz.

2 2


Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:

1. Aqli zaif o’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek,

bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona

tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta

yangi so’zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar

ma’nosini o’zlashtirishi lozim.

2. Aqli zaif o’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi:

1) o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni

shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonim tanlash

yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini,



ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralarini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini
o’zlashtirish.
3. Lug’atni faollashtirish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o’z
nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish.
Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi, ular
o’qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol
lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib
qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida
qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi.
Adabiy til me’yori degan tushunchani o’zlashtirgach, o’quvchilar yuqorida
izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy
tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so’zlar, so’zlashuv
tilida ishlatiladigan sodda so’z va iboralar o’quvchilarning faol lug’atidan chiqib keta
boshlaydi.
Aqli zaif o’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va
takomillashtiriladi:
1. Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati,
bolalarniig o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat
qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va
hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Bu
ekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi,
ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Aqli zaif o’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy
asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda,
G’.G’ulom, H.Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P.Mo’min, Q.Muhammadiy,
Sh.Sa’dulla, Z.Diyor kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek
tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar lug’ati
ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy
tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard,
jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida
ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noda ishlataladigan so’zlarni, ba’zi
frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta,
jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil
o’qish va unga rahbarlik shakllari o’quvchilar lug’atini boyitishning, nutqini
o’stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina
so’z va atamalarni o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilar predmet, belgi, harakat,sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o’quvchilar lug’ati

tartibga solinadi, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tarkibi,

so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan esa lug’atga aniqlik kiritiladi;

ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari

faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham

boyiydi, tartibga tushadi.

Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari, o’qituvchi

va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari

ham o’quvchilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Aqli

zaif o’quvchilarning lug’atini boyitishda turli lug’atlar juda foydali qo’llanmadir.

Aqli zaif o’quvchilaruchun «Imlo lug’ati» mavjud. O’qituvchi ma’lumot uchun ham,

material tanlash uchun ham turli lug’atlardan (o’zbek tilining sinonimlar, antonimlar,



frazeologik lug’atlaridan, turli terminologik lug’atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi



Download 113.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling