Mavzu: 0 soni va raqami


Download 0.8 Mb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1208535
1   2   3   4   5
Bog'liq
0 soni MOHINUR SAIDOVA

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b)navbatchi axboroti;
d)tovush mashqi: Dd tovushi talaffuzi
d-d-d-d-d-d-d
Bo‘g‘inlarda:
da-do-du-di-de
ad-od-ud-id-ed
ada-odo-udu-idi-ede
So‘zlarda:
do‘lana, don, dutor, doska.
Gaplarda:
Dilshod 4 ta do‘lana yedi.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Uyda vazifani so‘rash: (O‘tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi.)

-Sakkizdan keyin qaysi son keladi?
-To‘qqiz.
-Sakkiz sonining qo‘shnilarini ayting
- 7 va 9
-To‘qqiz sonining qo‘shnisini ayting.
-Sakkiz.
- 1 dan 9 gacha to‘g‘ri va 9 dan 1 gacha teskari sanang.
- O‘quvchilardan 9 soniga doir masalalar so‘raymiz:
Namuna: Dilshodbekda 9 ta olma bor edi. 2 ta olmasini ukasiga berdi. Dilshodbekda nechta olma qoldi?
Yechish:
9-2= 7 (ta) o.
Javob: Dilshodbekda 7 ta olma qoldi.
b) 1-topshiriq: “Tarkibni top” o‘yini. O‘tgan mavzuni va avvalgi mavzularni ham bir esga olib, bilimingizni tizimlashtiramiz. Maxsus topshiriqlar kitobchasi tarqatiladi. (Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.)

Tez va to‘g‘ri topgan guruh rag‘batlantiriladi.
III.Yangi mavzuga zamin hozirlash:
- “Nechta” usuli. Sinfdan bir o‘quvchi doskaga chiqariladi. Qo‘liga 9 ta o‘quvchilar nomi yozilgan daftar beriladi. O‘quvchi daftarning umumiy sonini birma-bir, o‘quvchilarga ko‘rsatib sanaydi. Keyin birin- ketin egalariga beradi. Har bir daftar egasiga topshirilgach, o‘quvchi qo‘lida nechta daftar qolganligi, qolgan o‘quvchilar bilan birga sanab aytiladi. Shu tariqa barcha o‘quvchilar daftarlarini hammasini olgach, o‘quvchi qo‘lida hech narsa qolmagani, bu esa NOL deb aytilishi o‘quvchilarga tushuntiriladi. (Axborot bilan ishlash kompetensiyalarining elementlarini shakllantirish.)
-Demak, bolajonlar, bugun siz bilan NOL soni, uning yozilishi va u ishtirokida misol, masala yechamiz.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling