Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi.
17-asrning о’rtalaridan boshlab Turkiyadagi ichki ahvol yana keskinlasha boshladi. Davlat budjetida muntazam ravishda taqchillik holati yuz berdi. Endi Turkiyaning kuchsizlanishi jarayonini to’xtatishning oldini olish mumkin bo’lmay qoldi.
Og’ir ahvolda qolgan hukumat Yevropa madadiga tayanishni lozim kо’rdi. Yevropa davlatlari savdogarlariga juda katta yengillik va imtiyozlar berila boshlandi. Masalan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona to’lovi joriy etildi. Natijada Turkiya bozoriari Yevropa tovarlariga to’ldirib tashlandi. Bu esa mahalliy sanoatga о’nglanmas zarba bo’lib tushdi.
Turkiya tashqi siyosatda borgan sari, birinchi navbatda, Angliya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular Turkiyaning Rossiyaga qarshi kurashida ittifoqchilari bo’lishlari kerak edi. Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud vaziyatdan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib qolish ishtiyoqi bilan yondilar. Ularning madadidan umidvor bo’lgan Turkiya 18-asrda Rossiya bilan bir necha bor urushga kirdi, biroq bu urushlarda Turkiya yengildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |