O’zini-o’zi ajratib qo’yish.
Tokugava Xidayosining xristianlikni ta’qib etish siyosatini davom ettirdi. 1614-yilda syogun xiistian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian dinini imperiya dushmani deb e’lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi talab etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi.
Bu hoi Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga ta’sir etmay qolmadi. Natijada Yaponiya tashqi dunyodan о’zini-o’zi ajratib qo’ydi. Xo’sh, bunday siyosat yuritilishiga nimalar sabab bo’ldi? Avvalo, Tokugava xonadoni bunday siyosat tufayli markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilayotgan kuchlar harakatiga barham berib, Yaponiyani birlashtirish ishini nihoyasiga yetkazish mumkin, deb hisoblardi. Ayni paytda bu siyosat Yevropa bilan savdo-sotiq ishlarini to’la о’z qo’llariga olgan va shu tufayli markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan kuchlarning iqtisodiy qudratini sindirishi ham kerak edi. Syogun o’zini-o’zi ajratib qo’yish siyosati yo’li bilan Yaponiyaning yevropaliklar mustamlakasiga aylanib qolish xavfining oldini olish maqsadini ham ko’zlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |