Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi.
1598-yilda Xidayosi vafot etdi. Uzoq kurashlardan so’ng syogunlik hokimiyatini Tokugava Iayasu egalladi. Shu tariqa 1603-yilda Yaponiyada uchinchi syogun sulolasi Tokugava xonadoni hukmronligi boshlandi. Bu sulola Yaponiyada 1867-yilgacha hukmronlik qildi va Yaponiyani birlashtirish ishini tugalladi. Mamlakatda Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati о’matildi. Biroq bu sulola nomiga bo’lsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi. Shuning uchun ham imperator hokimiyatini bekor qilgandan kо’ra, uning nomidan о’z siyosatini yuritish oson kechardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |