Safaviylar davlatining barham topishi.
18-asrdan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlandi. Buning asosiy sababi, yer egaligining tiyul shakli miqdorining ko’payib borganligi oqibatida davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi edi. Bu hoi davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishiga olib kelgan. Buning oldini olish uchun keyingi hukmdorlar dehqonlar to’laydigan soliq miqdorini oshirganlar. Bu esa, o’z navbatida, dehqon xo’jaliklarini xonavayron qilib, savdogarlar va hunarmandlar ahvolini ham yomonlashtirgan. Buning ustiga, jon solig’i ((jizya) miqdori ham оshirilgan.
Natijada dehqonlar uchun ijaraga olib tirikchilik qilishdan manfaat qolmagan. Endi ularning tirikchilik ilinjida boshqa joylarga ketishdan boshqa ilojlari yo’q edi. Biroq shoh Sulton Husayn bunga yo’l qo’ymaslik
uchun 1710-yilda dehqonlarning yemi tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqargan. Dehqon xo’jaligining xonavayron bo’lishi ichki savdoning keskin kamayishiga olib keldi. Buning ustiga, yevro-paliklarning Hindistonga boruvchi dengiz savdo yo’lidan tobora ko’proq foydalanishi Eronning tashqi va vositachilik savdosiga katta zarar keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |