Qojarlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi.
Nodirshoh halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga bo’linib ketdi. Eronda turli qabilalar o’rtasida toju taxt uchun kurash avj oldi. Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o’ynadi. Ular o’rtasidagi toju taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g’alabasi bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik qildilar.
Butun o’tgan davr turli qabilalar toju taxt uchun kurashi davri bo’ldi. Bu kurashda zcndlarning asosiy raqibi qojarlar g’alaba qozondi. Bu qabila rahnamosi Og’a Muhammadxon 1796-yilda o’zini Eron shohi deb e’lon qildi. Shu tariqa Eronda yangi sulola Qojarlar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehran shahriga ko’chirildi. Og’a Muhammad о’zini shohanshoh deb e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |