Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi
Sanoat to’ntarishining tugallanishi
Download 185.41 Kb.
|
8-sinf jahon tarixi
Sanoat to’ntarishining tugallanishi.
19-asrning 60-yillari oxiriarigacha bo’lgan davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilmfan taraqqiyoti yangi bir hodisa sanoat to’ntarishi tugallanishining ro’y berishiga olib keldi. Sanoat to’ntarishining tugallanishi bu mashinalarning o’zini endi boshqa mashinalar yordamida ishlab chiqarish boshlandi, degani edi. Buyuk Britaniyada esa bu hodisa Х10-asrning 50-yillarida yuz berdi. Sanoatda bug’ mashinasi asosiy kuch bo’lib qoldi. Toshko’rnir yoqilg’ining eng muhim turiga aylandi.
Buyuk Britaniya parlamenti 1825-yilda ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar о’rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan. Natijada parlament islohoti о’tkazish masalasi zaruratga aylandi. Bu jamiyatda yetilgan muammolami tinch yo’1 bilan hal qilish, degani edi. Oxir-oqibatda 1832-yilda parlament islohoti o’tkazildi. Islohot parlamentga saylov tartibini о’zgartirdi. Unga kо’ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 о’rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham hukmronligini mustahkamladi. Islohot parlamentning yuqori va quyi palatalarining vakolatlari masalasini ham chetlab o’tmadi. Chunonchi, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o’rni oshirildi. U mamlakat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo’yildi. Quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’fo berishga majbur bo’ladigan tartib o’rnatildi.1832-yilgi parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to’xtata olmadi. 1836-yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga uch marta xartiya (chartiya)-yorliq topshirdi. Umumiy saylov huquqi uchun boshlangan bu harakat tarixga chartistlar harakati nomi bilan kirdi. Bu harakat garchand yengilgan bo’lsa-da, keyingi parlament islohotlariga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi.1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o’tkazildi. Unga ko’ra, shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. Buning natijasida saylovchilar soni 1832-yildagi 600 ming kishidan bir yo’la 2 mln ga yetdi. Download 185.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling